2. Dastlabki matumotlar; Funkcional jarayon


Download 1.06 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1513270
1   2   3   4
Bog'liq
Tushuntirish xati SUD 1 binosini

D E V O R L A R

Devor konstruktsiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruktsiyalar bilan bog'lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart – sharoitlariga bog'liq. « Tuman Sudi binosini loyixalash »ning to'sib turuvchi konstruktsiyalari sifatida g'ishtli devorlar ishlatiladi.


G'ishtli devorlar qalinligi 400 mm.

bo'lib, M75 markali g'ishtdan M50 qorishmada tayyorlanadi. G'ishtin terimlar to'rlar bilan armaturalangan bo'lib, qadami 675 mm. ni tashkil qiladi. G'ishtin terimlar shtukaturkalar bilan suvoq qilinadi, hamda tarzda ishlatiladigan bo'yoqlar bilan bo'yaladi.

P A R D A D E V O R L A R


Pardadevorlar ichki vertikal to'sib turuvchi konstruktsiya hisoblanib, bir xonani ikkinchi xonadan ajratib turadi. Pardadevorlar o'z og'irligini yopmalarga yoki gruntga qurilgan pol zaminiga uzatadi.
Pardadevorlar o'rnatilgandan keyin hamma choklarini shpaklevka qilish kerak va hamma yog'och elementlarni antipiren bilan to'ydirish lozim.
Loyihalanayotgan bino g'ishtli qainligi 120mm va gips kartonli pardadevorlardan iborat.



Z I N A L A R


Zinalar qavatlar orasidagi aloqani amalga oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yuk ko'taruvchi konstruktsiyalardir, bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong'in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak. Loyihalanayotganning zinalari temir-betondan iborat bo'lib, o'zaklar va to'rlar bilan armaturalangan.

Zinalar hisobi
Zina va zinapoya o'lchamlarini bir qavati balandligiga qarab aniqlashni quyidagi misolda ko'rib chiqamiz.
Bino qavati balandligi N=3,0 m, marsh kengligi v=1,25m. zina nishabi 1:2 bo'lgan turar-joy binosi uchun ikki marshli zina o'lchamlarini aniqlash talab etiladi.
Bu masalani yechishda pillapoya o'lchamlarini 300x150 mm ga, zinapoya kengligini esa, V=2v+100=2x1050+100=2100 mm qilib olamiz. Bu yerda marshlar orasidagi tirqish kengligi -100mm (3-rasm).
Bitta marsh balandligi:
N/2=3000/2=1500 mm.
Bitta marshdagi pillapoyalar soni:
p=1500/150=10.
Bunday pillapoyalar sonini 9 ta qilib olamiz, chunki eng yuqoridagi pillapoya sahni zina maydonchasi sahni balandligida bo'lib, u bilan bir tekislikda joylashgan bo'ladi, ya'ni
p-1=11-1=10
Marsh gorizontal proektsiyasining uzunligi
a=300(p-1)=300 x 9=2700 mm.
Qavat ichidagi zina maydonchasi bilan qavat sahniga to'g'ri kelgan zina maydonchasini 1300 mm qilib olinib, zinapoyaning to'liq uzunligini topamiz: мм.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling