2. Dastlabki matumotlar; Funkcional jarayon


Download 1.06 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1513270
1   2   3   4
Bog'liq
Tushuntirish xati SUD 1 binosini

QAVATLARARO YOPMALAR

Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko'taruvchi va to'sib turuvchi gorizontal konstruktsiyalar bo'lib, binoning balandligi bo'yicha qavatlarga bo'lib turadi. Qavatlararo yopmalar o'zining xususiy og'irligini, vertikal to'sib turuvchi konstruktsiyalar yukini, undan tashqari, inter'erda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko'tarib bu yuklarni binoning yuk ko'taruvchi devoriga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta'minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko'ra bino devorlari kabi muhim va ma'suliyatli konstruktsiya hisoblanadi.


Loyihalanayotgan qavatlararo yopmalar konstruktsiyalari temirbetondan yig'ma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm.


Binoni ustki qismini tashqi muhitdan tomlar va yopma himoya qiladi.

Tomlar shakli, nishablarning qanday qiyalikda bo'lishi binoning

tarxdagi o'lchamlariga va ko'rinishiga, tom yopmasining materialiga, suvni tushirish usuliga, iqlim sharoitiga, texnika-iqtisodiysharoitlariga hamda bino arxitekturasiga oid mulohazalarga bog'liqdir.

Tom yopmalari binoning boshqa qismlaridan fakrli o'laroq doimiy ravishda tashqi ta'sirlar ostida ishlaydi.

1. Doimiy ta'sir etuvchi vertikal kuchlar;

2. Vaqtincha (qor, yomg'ir va x.k.) ta'sir etuvchi vertikal kuchlar;

3. Shamol ta'siri;

4. Сhordoqdagi havoning surilishi

5. Muhit namligi

6. Muhit xarorati

7. Quyosh radiyatsiyasi

8. Muxitdagi kimyoviy birikmalarning ta'siri;

9. Issiqlik oqimi;

10.Bug' diffuziyasi.

Tom va tom yopmalari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

- mustahkamlik

- tashqi muhit ta'siriga chidamlilik

- uzoq muddat xizmat qilish

- iqtisodiy talablar


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling