2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati Davlat byudjeti ijrosining hozirgi holati tahlili. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar. Kirish mavzuning dolzarbligi


Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati


Download 201.9 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi201.9 Kb.
#1645305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
byudjet kurs ishi

2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:


  • tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar;


  • hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari;


  • oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi;


  • turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat;


  • mehnat qilish va bandlik sharoitlari;


  • aholining daromadlari va xarajatlari;


  • hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;


  • transport vositalari; dam olishni tashkil etish;


  • ijtimoiy ta’minot.


Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga:


-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi (1-rasm).5

1-ram.Davlat byujeti xarajatlarining mazmuniga ko’ra turkumlanishi.


So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoisohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin etishga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar quyidagilardan iboratdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir.
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi6.
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.
Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan.
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi mumkin.
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi.Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:


  • xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;


  • taraflarning o’zaro manfaatdorligi;


  • shartnoma intizomiga rioya etish;


  • taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.


Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.


Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:


  • xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;


  • xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;


  • taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi



Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida budjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo‘jalik sub’ektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko‘payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko‘ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo‘q, aksincha, budjet tomonidan moliyalashtirilishi ob’ektiv zaruriyat bo‘lgan, mohiyat jihatidan yangidan-yangi tadbirlar, loyihalar, yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularni to‘liq hajmda moliyalashtirish yanada ko‘proq mablag‘larni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndiradi. Bunday sharoitda budjet xarajatlarining budjet daromadlari bilan balanslangan bo‘lishiga har doim ham erishib bo‘lmaydi.
Davlat budjeti xarajatlari tom ma’noda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moliyaviy mazmunini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlili ko’rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko’rsatkichlarida) ortib borayotganligini kuzatish mumkin.lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keying 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012-yilda 58.3 foizdan 2015- yilda 59.1 foizgacha o’sib borgan.Ushbu holat jahondagi barcha davlat orasida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etadi. Ushbu xarajatlarning o’sib borishi bilan birga, ularning davlat budjeti xarajatlaridagi yuqori salmoqni tashkil etadi
Iqtisodiyot xarajatlari esa 2016-yilda 1938 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lib, jami budjet xarajatlarida 11.5 foizni tashkil etgan. 2019-yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat budjeti xarajatlaridagi salmog’i 10.1 foizni tashkil etgan. Lekin ushbu xarajatlar nominal mazmunda o’sib borgan. Markazlashtirilgan investetsiyalarni budjetdan moliyalashtirish uchun 2016 yilda 2037 mlrd so’m, 2017-yilda 3174 mlrd so’m, 2018-yilda 4750 mlrd so’mni, 2019-yilda 5500 mlrd so’mni va 2020-yilda 6800 mlrd so’mni tashkil etmoqda. Bu o’z navbatida ,
hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodyotni modemizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog’liq yirik va strategikahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishda budjet investetsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.
Davlat hokimyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2016-yilda jami budjet xarajatlari tarkibida 2016-yilda jami budjet xarajatlari 3.7 foizni, 2017-yilga kelib esa bu xarajatlar 3.1 foizni tashkil etmoqda. Demak, nominal mazmunda ushbu xarajatlar qariyb 2 barobardan ko’p o’sgan bo’lsada, ularning budjet xarajatlaridagi salmog’i kamayib borgan.
Yuqoridagi jadval ko’rsatkichlari budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini o’zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab - quvvatlash masalalari ustuvor ekanligi kuzatilmoqda.
Hozirgi sharoitda davlat budjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo’lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta’minlangan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o’zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog’liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat budjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko’rsatib bermoqda.
Ta’kidlash joizki, barcha davlatlar o’z funksiya va vazifalarining uzluksiz hamda to’liq ravishda amalga oshirish orqali taraqqiyotni ta’minlash uchun zarur mablag’larni shakllantirishda soliqlarga murojaat qiladi. Shu sababli bugungi kunda jahon amaliyotida davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli amalda qodlanilmagan.
O’zbekiston Respunlikasi davlat budjeti hamda maqsadli jamg’atmalar budjeti daromadlari bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i va boshqa daromadlardantashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi budjet daromadlarini yillar bo’yicha o’sish tenden siyasini ko’zatadigan bo’lsak, bunda bilvosita soliqlarning hajmi doimo yuqori bo’lgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika budjetidan xarajatlari rejalashtirilgan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot berildi
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan xarajatlari rejalashtirilgan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-apreligacha yuboradi. Hisob palatasi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatl ar guruhlari va qo‘mitalarida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqilgan yillik hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi, shundan keyingina davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to’g’risida yillik hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy web-saytiga joylashtiriladi.

Download 201.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling