2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari


Download 146.3 Kb.
bet9/20
Sana23.02.2023
Hajmi146.3 Kb.
#1224913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
5-маъруза

NORMA funksiyasi. Bu bitta hisoblash davri uchun foizli stavka qiymatini aniqlaydi. Yillik foizli stavkani olish uchun olingan qiymatni yillik davriy hisoblash soniga ko’paytirish kerak.
Sintaksisi: NORMA(kper;vыplata;nz;tip;predpolojeniye).
NORMA funksiyasining qiymati – bu (12.43) formuladagi r argumentdir.
NORMA funksiyasi ketma-ket yaqinlashish usuli hisoblanadi va yechimga ega bo’lmasligi yoki bir nechta yechimlarga ega bo’lishi mumkin. Agar 20 iterasiyadan keyin stavkani aniqlashdagi xato 0,0000001 dan katta bo’lsa, u holda NORMA funksiyasi #ChISLO! Xato qiymatni qaytaradi. Bu holda boshqa jimlik qoidasiga ko’ra 10% ga teng argument-taxmin berib ko’rish kerak (ko’p hollarda u berilmaydi).
Bu funksiyani amaliy qo’llash variantlarini ko’rib chiqamiz.
nz joriy qiymat, bs davriy qiymat, kper davrlar soni ma’lum bo’lsa, (12.45) formula bo’yicha foizli stavkani hisoblash kerak bo’lsin. Bu formula Excel da quyidagi ko’rinishga ega: NORMA(kper;;nz;bs;predpolojeniye).
Excel da hisoblash davrining foizli stavkasini (12,46) va (12,47) formulalar bo’yicha fiksirlangan zaruriy va oddiy davriy to’lovlarni hisoblash quyidagi ko’rinishda yozilishi mumkin: NORMA(kper, vыplata,, bs, tip, predpolojeniye).
Muntazam davriy to’lovlar bilan bir xil to’lash bilan nz hajmidagi kredit bo’yicha foiz stavkasini hisoblash va ssudani to’liq to’lash sharti NORMA (kper, vыplata,, bs, tip, predpolojeniye) shaklida bo’ladi.
Masala. Faraz qilaylik, X kompaniyaga ikki yildan keyin 100 000 ming rubl kerak bщlsin. Kompaniya birdaniga 500 ming rubl omonatga qo’yib, keyin har oy 2500 ming rubldan qo’shib bormoqchi. Ikkinchi yil oxirida kerakli miqdorni olish uchun investirlangan vositalarga qancha foiz qo’yilishi kerak?
Yechimi. 100 000 ming rubl (NORMA funksiyasining bs argumenti) 5000 ming rubl va fiksirlangan oylik to’lovlar miqdoridagi omonatga o’tkazish hisobiga shakllanganligi uchun NORMA ning ikkala argumentini ko’rsatish kerak: vыplata = -2500, nz = -5000. Foizlarni hisoblash dvrining umumiy soni 12.3-jadval bo’yicha aniqlaymiz: KPER = 2  12, uni hisoblash formulasiga qo’yib, quyidagini olamiz:
NORMA(24;-2500;-5000;100 000) = 3,28%.
Keyin yillik foiz stavkasi 3,28  12 = 39,36% bo’ladi, ya’ni qo’yilgan pul miqdorining foizi bu qiymatdan kam bo’lmasligi kerak.
Masala. Faraz qilaylik, X kompaniya oylik to’lovlarni rad qildi (oldingi masalaga qaralsin) va bugun depozitga 40 000 ming rubl qo’ymoqchi. Bu holda minimal yillik foiz stavkasi qanday o’zgarishi aniqlansin.
Yechimi. Stavka (r argument) (12.43) formuladan aniqlanadi. 100 000 ming rubl summasi boshlang’ich omonatni bo’lajak vaqtiga keltirish hisobiga shakllanadi: 12*NORMA(24;;-40 000;100 000;) = 46,7%,
ya’ni bu holda berilgan bo’lajak qiymat erishadigan minimal yillik foizli stavka 46,7% gacha ko’tariladi.
Masala. Qarz to’liq qaytarilishi sharti bilan oylik 250 ming rubldan so’ndiriladigan 700 ming rubl miqdoridagi to’rt yillik qarz uchun foizli stavka hisoblansin.
Yechimi. 250 ming rubl miqdoridagi oylik to’lovlarning bo’lajak qiymati to’rt yildan keyin foizli qarz miqdoridan iborat bo’lishi kerak, ya’ni qarz to’liq so’ndirilishi kerak. Shartga ko’ra qarzning joriy qiymati 7000 ming rublga (argument nz = 7000) teng. Qarz bo’yicha foiz 4  12 davr mobaynida hisoblanadi. Bu shartlar bo’yicha oylik foizli stavka quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
NORMA(48;-250;7000) = 2,46.
Keyin yillik foizli stavka 2,46  12 = 29,5% bo’ladi.
EFFEKT va NOMINAL funksiyalari mos ravishda samarali va nominal foizli stavkalarni hisoblash uchun mo’ljallangan. Kombinasiyadan keyingi nominal stavka bilan bir xil rentabellikni ta’minlaydigan yillik stavka samarali foiz stavkasi hisoblanadi. Nominal va samarali foizli stavkalar moliyaviy natijalar bo’yicha ekvivalent va (12.22) formula bo’yicha hisoblanadi.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling