EFFEKT funksiyasi. Agar nominal yillik foizli stavka va yillik hisoblash davrlari soni berilgan bo’lsa, harakatdagi (samarali) yillik foizli stavkalarni hisoblash uchun mo’ljallanagn.
Sintaksisi: EFFEKT(nominalnaya_stavka,kol_per).
Masala. 1000 ming rubl miqdoridagi qarz uch yilga nominal 12% foiz stavka bilan olingan. Barcha qarz va unga hisoblangan foiz qarz muddatining oxirida to’liq to’lanishi kerak. a) yarim yillik; b) har kvartalli; v) har oylik; g) har kunlik foizlarni hisoblashda qancha summa to’lanadi?
Yechim. Masalani bir nechta usullar bilan yechish mumkin. Excel da 12.-jadval va (12.45) formula ma’lumotlariga mos keluvchi hisoblashlarni bajarishga ruxsat beradigan BZ funksiya bor:
a) BZ(12%/2;2*3;;-1000) = 1418,52 ming rubl;
b) BZ(12%/4;4*3;;-1000) = 1425,76 ming rubl;
v) BZ(12%/12;12*3;;-1000) = 1430,77 ming rubl;
g) BZ(12%/365;365*3;;-1000) = 1433,24 ming rubl.
Yana samarali foizli stavkani ishlatib, qarzning bo’lajak qiymatini hisoblash mumkin. A1:A4 yacheykalardagi samarali stavkani hisoblaymiz.
a) A1 = EFFEKT(12%,2) = 0,1236 ming rubl;
b) A2 = EFFEKT(12%,4) = 0,1255 ming rubl;
v) A1 = EFFEKT(12%,12) = 0,1268 ming rubl;
g) A1 = EFFEKT(12%,365) = 0,1275 ming rubl.
Qarzning bo’lajak qiymatini hisoblash uchun V1 yacheykaga V1 = BZ(A1;3;;-1000) formulani kiritamiz va uni V2:V4 yacheykaga nusxa olib qo’yamiz. To’rtta variantning hisoblash natijalari V1:V4 yacheykalarda 1418,52; 1425,76; 1430,77; 1433,34 ming rubllarga mos holda joylashadi.
NOMINAL funksiyasi. Bu funksiya samarali stavka va yillik hisoblash davrlari soni ma’lum bo’lganda nominal yillik foizli stavkani hisoblash uchun mo’ljallangan.
Sintaksisi: NOMINAL(effekt_stavka,kol_per).
NOMINAL funksiyaning qiymati – bu (12.22) formulaning argumenti.
Masala. Samarali stavka 28% ni tashkil etadi; foizlar har y hisoblanadi. Nominal stavka hisoblansin.
Yechim. Nominal yillik foizli stavkani quyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz:
NOMINAL(28%,12) = 0,2494 yoki 24,94%.
Do'stlaringiz bilan baham: |