2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari


Download 146.3 Kb.
bet12/20
Sana23.02.2023
Hajmi146.3 Kb.
#1224913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
5-маъруза

To’lovning umumiy miqdori, r.

Foizlar bo’yicha to’lovlar, r.

Qarz bo’yicha asosiy to’lov miqdori, r.

Yil oxiridagi qarz miqdori, r.

1

70 000,00

31 680,16

11 900,00

19 780,16

50 219,84

2

50 219,84

31 680,16

8537,57

23 142,78

27 077,06

3

27 077,06

31 680,16

4603,10

27 077,06

0

Jami

95 040,47

24 040,47

70 000,00

0

Misol uchun, 12.4-jadvalda Excel ning moliyaviy funksiyalari yorlamida hisoblangan yillik 17% bilan uch yil muddatga berilgan 70 000 rubl miqdoridagi qarzni so’ndirish sxemasi keltirilgan (hisoblashlar funksyailarni yoritish davomida tushuntiriladi).
PPLAT funksiyasi. Bu funksiya asosiy fiksirlangan davriy to’lovlar va doimiy foizli stavka asosida bir hisoblash davriga to’lov miqdorini hisoblash uchun mo’ljallangan. PPLAT funksiyasi yordamida hisoblanadigan to’lovlar o’z ichiga asosiy to’lovlarni va foizlar bo’yicha to’lovlarni oladi. PPLAT funksiyasining qiymati – bu (12.43) formuladagi pmt argumentdir.
Sintaksisi: PPLAT(norma;kper;nz;bs;tip).
Agar har bir hisoblash davrining boshi yoki oxirida hisoblanadigan fiksirlangan davriy to’lovlarning bo’lajak miqdori ma’lum bo’lsa va bu to’lovlar miqdorini hisoblash talab etilsa, PPLAT funksiyasi qo’llaniladi. (12.46) va (12.47) formulalardan pmt ni topamiz. Bu yozuv Excel da mos ravishda quyidagi ko’rinishga ega: =PPLAT(norma;kper;nz;bs;tip).
PPLAT funksiyasi yana kper davrlar soni orqali bu qarzni to’liq so’ndirish uchun zarur bo’ladigan nz miqdordagi qarz bo’yicha teng miqdordagi davriy to’lovlarda ham ishlatiladi. Bu to’lovlarning joriy miqdori qarzning joriy miqdoriga teng bo’lganligi uchun pmt argumentni (12.50) va (12.51) formulalardan, ya’ni qarzning joriy miqdori, foiz stavkasi va davrlar soni orqali aniqlanadi. Excel da bu quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: =PPLAT(norma;kper;nz;;tip).
Odatda qarzni so’ndirish har bir hisoblash davrining oxirida bajariladi. Bu holda hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega: =PPLAT(norma, kper, nz), bu tip argumenti 0 ga teng.
Agar qarz to’liq so’ndirilmasa, ya’ni uning bo’lajak qiymati nolga teng bo’lmasa, barcha to’lovlardan keyin qarzning so’ndirilmagan qismiga teng bo’lgan bs argumentni ko’rsatish kerak.
Masala. 4000 ming rubl miqdoridagi pulni uch yil davomida asosiy miqdorni har bir oy oxiriga qo’shib, jamg’arish talab etilsin. Agar omonat bo’yicha foizli stavka yillik 12% ni tashkil etsa, jamg’arilgan miqdor qancha bo’lishi kerak.
Yechish. 12.3-javdal bo’yicha foizlarni hisoblash davrining umumiy sonini va hisoblash davri bo’yicha foiz stavkasini aniqlaymiz. Bu kattaliklar mos ravishda 3  12 (KPER funksiyasi argumenti) va 12%/12 (NORMA funksiyasi argumenti) ga teng. Shartga ko’ra bu omonat postnumerando bo’lgani uchun tip argumenti nolga teng, tip = 0. U holda Excel da har oylik to’lovlar miqdori quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
PPLAT(12%/12;12*3;;4000) = -92,86 ming rubl.
Misol. Bank yillik 18% bilan to’rt yilga 200 mln rubl ssuda berdi. Ssuda yil boshida berilgan, so’ndirish esa yil oxirida bir xil to’lovlar bilan boshlanadi. Har yil so’ndiriladigan ssuda miqdorini aniqlang.
Yechish. Har yillik to’lovlarni quyidagi formuladan aniqlaymiz:
PPLAT(18%;4;-200) = 74,35 ming rubl.
E’tibor bering, banki uchun berilgan ssuda – bu manfiy kattalik, hisoblangan har yillik tushumlar esa – musbat kattalik.
Masala. 12.4-jadvaldagi to’lovlarning umumiy miqdorini hisoblang.
Yechim. To’lovlarning umumiy miqdorini quyidagi formuladan topamiz:
PPLAT(17%;3;-70 000) = 31 680,16 ming rubl.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling