OBЩPLAT funksiyasi. Bu funksiya yordamida to’lovlarning ikki davri orasida har bir hisoblash davrining boshida yoki oxirida teng miqdorda so’ndiriladigan qrz bo’yicha jamg’arilgan foyda (foizlar bo’yicha to’lovlar miqdori) hisoblanadi.
Sintaksisi: OBЩPLAT(stavka;kol_per;nach_reiod;kon_period;tip).
Masala. Mulkka qarz quyidagi shartlar bilan olingan: yillik 9% lik stavka, muddat 30 yil, ssuda miqdori 125 000 rubl, foizlar har oy hisoblanadi. Ikkinchi yil va qarzning birinchi oyiga foizlar bo’yicha to’lov miqdori aniqlansin.
Yechim. 12.3-jadval bo’yicha to’lovning umumiy soni va foiz stavkasi 30 12 va 9%/12 davrlarga mos ravishda aniqlansin. To’lovning ikkinchi yili – bu 13 dan 24 oygacha bo’lgan hisoblash davri.
Ikkinchi yil uchun foizlar bo’yicha umumiy to’lovni quyidagi formuladan aniqlaymiz:
OBЩPLAT(9%/12;30*12;125 000;13;24;0) = -11 135,23 rubl.
Birinchi oy uchun foizlar bo’yicha to’lov quyidagicha bo’ladi:
OBЩPLAT(9%/12;30*12;125 000;1;1;0) = -937,5 rubl.
PLPROS(9%/12;1;30*12;125 000) = -937,5 ming rubl.
OSNPLAT funksiyasi. Bu funksiya yordamida berilgan muddat davomida har bir hisoblash davrining oxiri yoki boshida teng miqdorda so’ndiriladigan qarzlar bo’yicha asosiy to’lov (qarzdorlik to’lovi) hisoblanadi.
Sintaksisi: OSNPLAT(norma;period;kper;ts;bs;tip).
Masala. OSNPLAT funksiyasi yordamida 12.4-jadvaldan qarz bo’yicha asosiy to’lov miqdori hisoblansin.
Yechimi. Qarz bo’yicha asosiy to’lov miqdori (qarzdorlik to’lovi) fiksirlangan davriy to’lov va qarzning so’ndirilmagan qismi orasidagi farq sifatida hisoblanadi. Masalan, qarzning birinchi yili uchun asosiy to’lov quyidagicha bo’ladi:
31 680,16 – 11 900 = 19 780,16 rubl.
Excel da OSNPLAT funksiyasi yordamida qarz bo’yicha asosiy to’lov miqdori quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
OSNPLAT(17%;1;3;-70 000) = -19780,16 rubl;
OSNPLAT(17%;2;3;-70 000) = -23142,78 rubl;
OSNPLAT(17%;3;3;-70 000) = -27077,06 rubl.
Do'stlaringiz bilan baham: |