2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari
Download 146.3 Kb.
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Servis, Podbor parametra
VNDOX funksiyasi. Bu funksiya yordamida davriy to’lovlar va tushumlarning o’zgaruvchan miqdori uchun sarmoya oborotining ichki darajasi (tushumning ichki normasi) hisoblanadi. Sarmoya oborotining qiymati NVP=0 uchun (12.10) formuladan olinadi:
qayerdaki, n – to’lov va tushumlar soni; valuei – to’lov va tushumlar qiymati; R – ichki oborot darajasi. Sintaksisi: VNDOX(znacheniya, predpolojeniye). Taxmin qiymatidan boshlab, VNDOX funksiyasi 0,00001% gacha aniqlikdagi natijani olish uchun siklik hisoblashlarni bajaradi. Agar 20 urinishdan keyin natija olinmasa, #ChISLO! xatolik qiymatini beradi. Ko’p hollarda VNDOX funksiyasi yordamida hisoblash uchun taxmin argumentini berish zaruriyati bo’lmaydi. Jimlik qoidasiga ko’ra, taxmin argumenti 0,1 (10%) ga teng deb olinadi. Agar VNDOX #ChISLO! xatolik qiymatini bersa yoki agar olingan natija kutilayotgan natijadan uzoq bo’lsa, taxmin argumentining boshqa qiymati bilan yana bir bor hisoblashga urinish kerak. V1:V6, NPZ(VNDOX(V1:V6);V1:V6) = 0 yacheykalarda joylashgan to’lov va tushumlarning bir xil qiymatlari uchun NPZ va VNDOX funksiyalari o’zaro bog’langan. Masala. Loyiha bo’yicha xarajat 500 mln rubl. Oxirgi to’rt yil davomida kutilayotgan foyda mos ravishda 50, 100, 300 va 200 mln rubl miqdorida. Agar foydaning bozor normasi 12% bo’lsa, sarmoya oborotining tezligi bo’yicha loyihaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholang. 12.10-rasm. Sarmoya oborotining sxemasi Yechimi. A1:A5 yacheykalar mos ravishda -500, 50, 100, 300, 200 qiymatlardan iborat bo’lsin. Sarmoya oborotining ichki darajasi bozor normasiga ko’ra, kam tarzda quyidagicha aniqlanadi: VNDOX(A1:A5) = 9,25%, ya’ni loyiha rad qilinishi kerak. Berilgan masalaning grafik interpretasiyasi 12.10-rasmda keltirilgan. Masala. Oxirgi to’rt yil davomida loyiha bo’yicha kutilayotgan daromadlar mos ravishda 50 000, 100 000, 300 000 va 200 000 rubl miqdorida. Oborot darajasini 10% ga ta’minlash uchun boshlang’ich xarajatlar qancha bo’lishi kerak. Yechimi. Excel da bunga mos moliyaviy funksiya bo’lmaganligidan, masalani yechish uchun Servis, Podbor parametra menyu buyruqlari chaqiradigan parametrni tanlash apparatini ishlatamiz. A2:A5 yacheykalar 50 000, 100 000, 300 000 va 200 000 qiymatlardan iborat bo’lsin. A1 yacheykaga kutilayotgan harajat qiymatini 300 000 ni joylashtiramiz. V1 yacheykaga =VNDOX(A1:A5) funksiyani kiritamiz. Kursorni V1 yacheykaga qo’yib, Excel menyusidan Servis, Podbor parametra buyruqlarini chaqiramiz va paydo bo’lgan muloqot oynasini to’ldiramiz. Natijada A1 yacheykada loyiha bo’yicha harajat qiymatini chiqaramiz: A1 = 489 339 rubl. Download 146.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling