2. Eritmalarning bug‘ bosimi. Raul qonuni
Binar eritmalarda eritma va bug‘ orasidagi muvozanat. Ebulioskopiya
Download 84,47 Kb. Pdf ko'rish
|
2-5 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- misol.
4. Binar eritmalarda eritma va bug‘ orasidagi muvozanat. Ebulioskopiya
∆𝑇 = 𝑇 − 𝑇 0 = 𝐸 ∙ 𝐶 𝑀𝐿1 = 𝐸 ∙ 𝑚 ∙ 1000 𝑔 ∙ 𝑚 bunda: T- eritmaning qaynash harorati; T 0 — erituvchining qaynash harorati; E- ebulioskopik konstanta yoki erituvchining qaynash haroratini molyar ko‘tarilishi deyiladi; m — erigan modda massasi; g — erituvchining massasi; M - erigan moddani molekuiyar massasi. (IV.20) formula suvultirilgan eritmalarga qo‘llaniladi. Ko‘pchilik erituvchilarning E konstantasi jadvallarda beriladi. Agar berilmagan bo‘lsa, solishtirma bug`lianish issiqligi ma`lum bo‘lgan efituvchilaming E qiymatini quyidagi formuladan hisoblanadi: 𝐸 = 𝑅 ∙ 𝑇 0 2 𝑙 𝑏 ∙ 1000 𝑙 𝑏 — erituvchining solishtirma bug'lanish issiqligi. 1- misol. 80 g benzolda 6,48 g oltingugurt eritilgan eritmaning qaynash harorati 0,81°C ga ko‘tariladi. Eritmadagi oltingugurt molekulasi nechta atomdan iboratligini aniqlang. 2- misol. Sirka kislota 118 ℃ da qaynaydi. Uni bug'lanish issiqligi 24,4 kj/mol bo`lsa, sirka kislotaning qaynash haroratini molyar ko‘tarilishi qanchaga teng? 3- misol. Suv atmosfera bosimida 99,605°C da qaynaydi. 100 g suvda 3,291 g glyukoza eritilgan bo'lsa, shu eritma necha gradusda qaynaydi? Suvning ebulioskopik konstantasi E=0,516 K/mol ga teng. 322. 106 g etil spirtida 8,01 g salitsil kislota eritilgan, eritmaning qaynash haroratini molyar ko‘tarilishi 0,320°C ga teng. Etil spirtining solishtirma bug‘lanish issiqligi 906 J/g bo‘lsa, eritmadagi salitsil kislotaning molekulyar massasi qancha bo‘ladi? 323. Benzolning qaynash harorati 353,1 K ga teng. Uning qaynash haroratidagi bug‘lanish issiqligi 30,773 kJ/mol. benzolning ebulioskopik konstantasi qancha boladi? 324. Toza CS 2 ning qaynash harorati 319,2 K ga teng. Tarkibida 0,217 g oltingugurt va 19,18 g CS 2 boigan eritma 319,304 K da qaynaydi. CS 2 ni ebulioskopik konstantasi 2,37 ga teng bo`lsa, eritmadagi oltingugurt molekulasi necha atomdan iborat bo`ladi? 325. Etil spirtining qaynash harorati 351,4 K, unda biror modda eritilib, konsentratsiyasi 0,5 mol bo`lgan eritma tayyorlangan. Bu eritma 352 K da qaynaydi. Etil spirtining bug`lanish issiqligini aniqlang. 326. Quyidagi jadvalda benzol gomologlarining qaynash haroratlari berilgan: Uglevodorodlar Qaynash harorati,K Bug`lanish issiqligi, kj/mol Benzol 353,30 30,68 Toluol 383,80 33,40 Etilbenzol 410,00 35,80 Propilbenzol 432,40 38,30 Butilbenzol 456,27 40,00 Berilgan ma'lumotlardan foydalanib, benzol gomologlarining ebulioskopik konstantalarini hisoblab, chiqarilgan qiymatlami jadvallarda berilgan qiymatlar bilan taqqoslab ko`ring: 327. 373 K da suvning bug`lanish issiqiigi 40,5 kJ/mol, Suvni va suv bug‘ining issiqlik sig‘imlari 75,5 va 34,2 J/mol·K bo`lsa, suvning 342; 373 va 403 K dagi ebulioskopik konstantalarini hisoblab chiqaring. 328. 373 K da suvning bug'lanish issiqligi 40,5 kJ/mol. Suv va suv bug‘ining issiqlik sig'imlari 75,5 va 34,2 J/mol-K bo‘lsa, suvning 343 K dagi ebulioskopik konstantasi va 0,5% li glyukoza eritmasining qaynash haroratining molyar ko‘tarilishi qanday bo‘ladi? 329. Benzol va toluol aralashmasini ideal eritma deb hisoblang. 353,1 K da benzolning bug‘ bosimi 1,013·10 5 Pa ga teng. Toza toluolning esa 0,4776·105 Pa. Benzol massasiga nisbatan 20% li toluol tutuvchi suyuqlik bilan muvozanatda bo`lgan bug‘ tarkibi 353,1 K da qanday bo`ladi? Download 84,47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling