331. 45% li metil spirtining suvdagi eritmasi necha gradusda muzlaydi?
332. Tarkibida 14.6% kremniy bo`lgan temir - kremniy qotishmasi necha gradusda
qotadi? Temimi suyuqlanish haroratining molekulyar pasayishi 13,18°C va sof temiming
suyuqlanish harorati 1530 K ga teng.
333. Sof temirning suyuqlanish harorati 1530 K va temimi suyuqlanish haroratining
molekulyar pasayishi 13,18°C bo`lsa, tarkibida 3,6% C boTgan temir-uglerod qotishmasi necha
gradusda qotadi?
334. Suyuqlanish harorati 504,61 K, qotish haroratining molyar pasayishi 34,61°C bo`lgan 440
g qalayda 1,5163 g Cu metalli eritilgan qotishmani harorati 502,692 K ga pasaygan. Qalayda
erigan misning molekulyar massasini aniqlang.
335. Toza benzolning muzlash harorati 278,5 K bo`lib, 30,55 g benzolda 0,2242 g kamfora
eritilgan eritma 278,254 K da qotadi. Benzolda erigan kamforaning molekulyar massasi
qanday bo`ladi?
336. Eritmaning 291 K dagi osmotik bosimi 2.1077T05 Pa bo`lishi uchun 250 g suvda 7,31 g
osh tuzi eritilgan. Eritma necha gradusda muzlaydi?
337. Noelektrolit eritma 269,5 K da muzlaydi. 298 K da toza suvning bug‘ bosimi 3167,2 ga
teng bo`lsa, shu haroratda eritmaning bug‘ bosimi qancha va erituvchi necha gradusda
qaynaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |