2. Fermentlarning tuzilishi va uning tasnifi. Fermentlarning spetsifikligi. Allosterik fermentlar


Asosiy qism 1. Vitaminlar va ularning tasnifi o`simliklarda uchraydigan vitaminlar


Download 108.29 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi108.29 Kb.
#1570017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
faol modda 2 ferment

Asosiy qism
1. Vitaminlar va ularning tasnifi o`simliklarda uchraydigan vitaminlar.
Vitaminlar tasnifi
Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi

Tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi),


Kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut
Etiladi.

Yog‘da eruvchan vitaminlar:


1. Vitamin A, antikseroftalmik retinol.
2. Vitamin D, antiraxitik kalsiferol.
3. Vitamin E, antisteril, ko‘payish vitamini, tokoferollar.
4. Vitamin K, antigemorragik, naftaxinon.

Suvda eruvchan vitaminlar:


1. Vitamin B, antinevrit, tiamin.
2. Vitamin B2 o‘sish vitamini, riboflavin.
3. Vitamin B6, antidermatit, adermin, piridoksin.
4. Vitamin B12, antianemik,kobalamin.
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid.
6. Vitamin Bs, antianemik, folat kislota.
7. Vitamin B3, antidermatit, pantotenat kislota.
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o‘sish omili, biotin.
9. Vitamin C, kapillyarlarni mustahkamlovchi, askorbin kislota.

Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan Vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhida Tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu oddalarni Vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga holin, lipoat kislota, Vitamin B15(pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, Paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linolen kislotlari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) va qator qush, kalamush, jo‘ja, to‘qima


Bo‘laklari uchun o‘sish omillariga kiradi.

Fiziologik ta’siri bo‘yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:


1. Organizmning umumiy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B1,B2A,PP vaC
2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.
3. Antianemik vitaminlar: B12 , folat kislota, C.
4. Antiinfeksion vitaminlar: A, C.
5. Ko‘rishni boshqaruvchi: A, B2 C

Yog‘da eruvchan vitaminlar


Ushbu sinf vitaminlariga A, D, E, K vitaminlar kiradi.
A vitamini bolaning oʻsishiga taʼsir qiladi. Organizmninginfeksiyalarga qarshi chidamligini oshiradi. Terini va shilliq pardalarni normal holatda tutib turadi. Moddalar almashinuvida, xususan, yogʻ almashinuvida qatnashadi. A vitamini organizmga yetarli miqdorda tushib turmasa infeksiyalarga qarshi chidamlilik susayib ketadi. Teri va shilliq pardalar quruq boʻlib qoladi. Koʻzning quvvati pasayadi. Bu vitamin baliq moyida, sariyogʻda, tuxum sarigʻida, sutda koʻp boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlari (pomidor, sabzi, apelsin va boshqalar)da karotin bor. U organizmda vitamin A ga aylanadi.
D vitamini (kalsiferol) organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak toʻqimasining shakllanishiga va ijobiy oʻsishiga taʼsir qiladi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qoʻllaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, goʻsht mahsulotlari, tuxum sarigʻida mavjud. B1 vitamini (tiamin) markaziy asab tizimi faoliyati va uglevod almashinuvida qatnashadi. U sut, tuxum sariyogʻ, goʻsht, jigar, non, suli yormasi va noʻxat kabi mahsulotlar tarkibida uchraydi. B2 vitamini oqsil va uglevod almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Bu vitamin ovqatning meʼda-ichak tizimida yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Organizmning oʻsishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Uning organizmga yetarli miqdorda tushib turmasligi natijasida vazn kamayib, behollik kuzatiladi. Koʻz shilliq pardalarida oʻzgarish paydo boʻlishi, teri kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. B2 vitamining eng muhim manbalari – sut, pishloq, tvorog, tuxum, goʻsht va non hisoblanadi. B12 vitamini oqsil almashinuvida qatnashadi. Organizmning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Qon hosil boʻlishida juda katta ahamiyatga ega. B12 vitamini sut, pishloq, goʻsht, jigar, buyrak, tuxum sarigʻi tarkibida mavjud. S vitamini uglevod, oqsil va minerallar almashinuvida, organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida va qon hosil boʻlishida ishtirok etadi. S vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi va toʻqimalar hamda hujayralarning oʻsishiga yordam beradi. Shuningdek, mayda qon tomir (kapillyar)larning devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin meva-sabzavotlar tarkibida koʻp boʻladi. S vitamini yorugʻlik va qaynash jarayonida tez parchalanib ketgani bois mahsulotlarni toʻgʻri saqlash va pishirish muhim ahamiyatga ega. Bolanining rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Vitaminlar moddalar almashinuvi jarayonining nazoratchilaridir. Ayniqsa, ular bolaning oʻsish va rivojlanish jarayoniga bevosita aloqador boʻladi.
Kasalliklarga qarshi chidamini oshiradi, yaʼni immunitetni mustahkamlaydi. Oʻsish davrida bolaning vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, uning kelajakda sogʻlom boʻlib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Download 108.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling