2. Fermentlarning tuzilishi va uning tasnifi. Fermentlarning spetsifikligi. Allosterik fermentlar
Download 108.29 Kb.
|
faol modda 2 ferment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amilaza
Hazm qilish fermentlariHazm qilish fermentlari- bu ovqat tarkibiga kiruvchi yirik molekulalarning parchalanishini tezlashtiruvchi,oqsillardir.Ular bu molekulalarni o'zlashtirilishi yaxshi bo'lishi uchun, kichikroq bo'laklarga bo'ladi.Hazm qilish fermentlarining asosiy turlari- proteazalar,lipazalar,amilazalar. Asosiy hazm qiluvchi bez-oshqozonosti bezidir. U DNK va RNK ni parchalaydigan,ko'pgina fermentlar, hamda nukleazalarni va erkin aminokislotalarni hosil qilishda ishtirok etadigan,peptidazlarni ajratib chiqaradi.Hosil bo'ladigan fermentlarning oz miqdori ham,katta oziq hajmiga «ishlov» bera oladi. Ozuqaviy moddalarning fermentativ parchalanishi natijasida,hayot faoliyati va moddalar almashinuvi jarayonlariga sarflanadigan quvvat ajralib chiqadi. Fermentlarning ishtirokisiz,bu jarayonlar juda sekin o'tardi va organizmni yetarli quvvat bilan ta'minlay olmasdi. Bundan tashqari,fermentlarning hazm qilish jarayonidagi ishtiroki,molekulalarni ichak devorlarining hujayralaridan o'tib,qonga singib ketishiga imkon beruvchi darajagacha parchalanishini ta'minlaydi. AmilazaAmilaza so'lak bezlaridan ajralib chiqadi. U ozuqaning uzun glyukozali zanjirdan tarkib topgan, kraxmaliga ta'sir ko'rsatadi.Bu fermentning ta'siri natijasida,ikkita o'zaro bog'liq glyukozali molekulalar,ya'ni fruktoza, va boshqa kaltazanjirli uglevodlardan tarkib topgan yuzalar paydo bo'ladi.Keyinchalik ular ichakdagi glyukozagacha o'zgaradi va qonga so'rilib ketadi. So'lak bezlari kraxmalning faqat bir qismini parchalaydi.So'lak amilazasi qisqa vaqt ichida, ovqat chaynalyotgan paytda,faoldir.Oshqozonga tushgandan keyin ferment uning nordon suyqligi bilan faolsizlashtiriladi.Kraxmalning ko'p qismi 12-barmoqli ichakda,oshqozonosti bezi tomonidan ajratiladigan,oshqozonosti amilazasi ta'sirida parchalanadi. 2-rasm - Amilaza kraxmalni parchalashni boshlayapti Oshqozonosti amilazasi ta'sirida paydo bo'lgan, qisqa uglevodlar,ingichka ichakka kelib tushadi. Bu yerda ular maltazalaktaza, saxarazadekstrinazalar yordamida glyukoza molekulasigacha parchalanadi.Ferment ta'sirida parchalanmaydigan to'qimalar ichakdan axlat bilan chiqib ketadi. Download 108.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling