2 I. Bob. Gandbolchilarning jismoniy taryogarligining moxiyat
Download 100.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘siq qo‘yish
- Gandbol o‘yini taktikasi
- Amaliy mashg‘ulot
To‘pni darvozaga otish
Yuqoridan, yon tomondan, pastdan qo‘lni bukkan holda, turgan joyda va yugurib kelish bilan harakatda sakrab, tayanch holatda, yiqilish bilan to‘pni otish, darvozadagi rezina yoki platka ustidan sakrab, chapga va o‘ngga qiyshayish bilan, himoyachiga qarshilik ko‘rsatish, baland territoriyada har xil holatdan, darvozabon ustidan oshirib otish, har xil holatdan (o‘ng qanot, markaziy, chap qanotdan, 7 metrli jarima to‘pini otish.) Fintlar To‘pga qaramasdan turib, sherigiga to‘p uzatish. Bir tomonga harakat qilib, to‘pni boshqa tomonga uzatish. O‘yinchining to‘p bilan va to‘psiz avval bir tomonga, so‘ng boshqa tomonga bir qadam va ikki qadam tashlash bilan chalg‘ituvchi harakatni takomillashtirish. Aldamchi silkish bilan aylanib o‘tib darvozaga otish. Chetga chiqib harakat qilish yordamida to‘siq qo‘yishni qo‘llash. Yugurish yo‘nalishini va me’yorini o‘zgartirib, raqibini aldab o‘tish. To‘siq qo‘yish To‘pni egallab olgan raqib uchun to‘siq qo‘yish. Old va yon tomondan qo‘yiladigan to‘siqlar. To‘psiz va to‘p bilan harakat qilayotgan o‘yinchiga to‘siq qo‘yish. Darvozaga otish vaqtida raqibi uchun to‘siq qo‘yish. Darvozabon o‘yin texnikasi Har xil joydan otilgan to‘pni ushlab olish. Maydon yuzasidan sapchib, qaytib uchib kelayotgan to‘pni ushlash. Qo‘l, oyoq, gavda yiqilish vaqtida dumalash, sakrab yiqilish bilan to‘pni ushlashni o‘rgatish va takomillashtirish, sakrab darvozaning ustidan va to‘siqning ustidan yiqilish bilan to‘pni urib qaytarish. Qarshi hujum uyushtirish uchun to‘pni bir qo‘lda uloqtirish. Gandbol o‘yini taktikasi Hujumda va himoyadagi o‘yin harakatlarining xarakteristikasi. Bir tomonlama va ikki tomonlama o‘tkazilgan o‘quv mashqi o‘yinining tahlili. Musobaqadan keyin o‘yinni tahlil qilish, o‘yinga ko‘rsatma berish, raqibning taktik rejasini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulot Oldin o‘rganilgan o‘yin taktikasining asosiy usullarini keyinchalik takomillashtirish. Shaxsiy va zonali himoyani takomillashtirish. Shaxsiy himoyadan zonali himoyaga o‘tishni bilish va uni tekshirish. Hujumda o‘yinchining to‘pni otishiga to‘siq qo‘yish yordami bilan tashkil etiladigan himoyadagi qarshi hujum. Tez yorib o‘tish bilan xujumni takomillashtirish. Darvozabonning maydoncha tashqarisiga chiqishi, joyni tanlash, raqibni tez yorib o‘tishda darvozabonning harakati. Himoyada - himoya o‘yinchilarini, darvozabonni, o‘yinini boshqarish. Bir va ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulot o‘yinida himoya va hujumdagi taktik harakatini takomillashtirish. Keyinchalik alohida zveno va jamoalar o‘yinida uyg‘unlikka erishish. Download 100.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling