2 I. Bob. Gandbolchilarning jismoniy taryogarligining moxiyat


II.BOB. GANDBO'LCHILARNING HAR TOMONLAMA JISMONIY RIMOJLANISHI


Download 100.26 Kb.
bet5/10
Sana27.01.2023
Hajmi100.26 Kb.
#1129603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
II.BOB. GANDBO'LCHILARNING HAR TOMONLAMA JISMONIY RIMOJLANISHI.
2.1. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik.
Turgan joyda va harakatda saf mashqlarini bajarish, buyumsiz va buyumlar bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar.
“Alpomish” va “Barchinoy” nazorat me’yorlariga mos ravishda bajariladigan ertalabki badantarbiya mashqlari. Bo‘shashtirish va koordinatsiya harakatiga oid mashqlar (arqonda, yakkato‘nda, gimnastika devorida, skameykada), gimnastik tayyoqcha, bulava, arg‘amchi, 2-3 kg.li to‘ldirma to‘plar bilan bajariladigan mashqlar (o‘g‘il bolalar). Ikki kishi yoki juft-juft bo‘lib qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlar.
Akrobatik mashqlar
G‘ujanak bo‘lib oldinga va orqaga umbaloq oshish, cho‘qqayib o‘tirish holatidan, ikki oyoqda depsinib boshda tik turish, boshda tik turgan holatdan oldinga umbaloq oshish, bir oyoqda depsinib, siltanib, qo‘lda tik turish, tortilgan arg‘amchi (30-40sm.) ustidan sakrab umbaloq oshish, yon tomonga aylanish.
To‘p bilan soddalashtirilgan o‘yinlar
Basketbol, futbol, tennis, gandbol, voleybol. To‘psiz o‘ynash: “Qo‘l va to‘p”, “Qarmoqcha”. To‘p bilan tayyorgarlik o‘yinlari: “To‘p uchun kurash”, “Ovchilar va o‘rdaklar”, “To‘p kapitanga” va boshqalar. To‘psiz va to‘p bilan o‘ynaladigan estafetalar to‘pni olib yurish, to‘siqni aylanib o‘tish, to‘pni uzatish, darvozaga uloqtirish bilan bajariladigan va boshqalar.
Yengil atletika
Past va yuqori startdan qisqa (30, 60, 100m) masofalarga yugurish. 1000 metrga sun’iy va tabiiy to‘siqlardan o‘tish bilan past, baland joydan (kross) yugurish. Turgan joydan va yugurib kelib, har-xil usullarda uzunlikka va balandlikka sakrash (nazorat me’yorlari chegarasida). Tennis koptogini uloqtirish. To‘ldirma to‘pni turtish va boshdan oshirib otish. (2-3kg. li o‘g‘il bolalarga, 1-2kg. li qizlarga). Tezlikni o‘zgartirish bilan yugurish (5X30m).

Suzish.


Ko‘krakdan krol va brass usulida (25, 50, 100m) suzish. Startdan sakrash, masofada burilishlar.

Download 100.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling