2 I. Bob. Gandbolchilarning jismoniy taryogarligining moxiyat


Download 100.26 Kb.
bet1/10
Sana27.01.2023
Hajmi100.26 Kb.
#1129603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

TAYYORGARLIK DAVRIDA GANDBO'LCHILARNING HAR TOMONLAMA JISMONIY RIMOJLANISHI TAHLILI


REJA:
KIRISH………………………………………………………………........ 2
I.BOB. GANDBOLCHILARNING JISMONIY TARYOGARLIGINING MOXIYAT…………………………………………………………………....…..4
1.1. O’quvchilar organizmining jismoniy rivajlanish xususiyatlari …...…4
1.2. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik va uning xususiyati…14
II.BOB. GANDBO'LCHILARNING HAR TOMONLAMA JISMONIY RIMOJLANISHI……………………………………..…………………………21
2.1. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik……………………………...21
2.2 .Me’yorlar bo‘yicha nazorat-sinovlar………………………………….27
Xulosa………………………………………………………………….…….28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...29


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mamalakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimiga asos solindi. O’zbekiston Jismoniy tarbiya tizimi-butun tarbiya tizimining ajralmas bir qismi bo’lib, mafkuraviy, ilmiy – uslubiy, dasturiy – me’yoriy asoslar, shuningdek mamlakat fukarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilot va muassasalarning yigindisidan iboratdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismonyy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining„ O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’irisida"gi Farmonida: „Bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga jismoniy tarbiya va sport sportga qiziqtirish ko’nikma-malakalarini shakillantirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko’maklashish" lozimligi alohida ta’kidlanadi.
Shu bilan birgalikda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyaev halqimizga g‘amxo‘rlik qilish kerakligi haqida quydagicha e’tirof etdilar.
Muhtaram yurtdoshlar!
Kelgusi yillarda xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ishlarini davom ettirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Aholini kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab–quvvatlash, keksalarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va maxalla institutlariga e’tibor,ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va maqeini oshirish asosiy vazifamizdir.1 Birinchi davlat mukofotining “Sog‘lom avlod uchun” ordeni deb atalgani - bu boradagi intilishlar qanchalik qat’iy va uzoq maqsadlarni ko‘zlaganidan dalolat beradi.
Muhimi shundaki, Davlatimiz rahbari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish nafaqat bolalar va o‘smirlarni, balki, butun xalqni ommaviy sport harakatiga jalb qila oladigan, o‘ziga xos samarali tizimni shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarining uzviy va ajralmas qismi deb bildi. Bu sohadagi tadbirlarni o‘zaro uyg‘un va mushtarak tarzda tashkil etish taklifini berdi.
Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ta’limdan tashqari tizimi ham tobora rivojlanmoqda.
Bu o‘quv maskanlari va mahallalarda turli sport to‘garaklari faoliyatlarining yo‘lga qo‘yilishi, sport maydonchalari va majmualarining barpo etilishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bularning barchasi yurtimizdagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, ularning jismonan baquvvat bo‘lishlari, shu tariqa sog‘lom turmush tarzini hayotlarining ma’no-mazmuniga aylanishida o‘z aksini topayotganidan darak beradi.
Zero, sport insonning intellektual kamolotga yetishishida ham muhim ahamiyatga egadir. Sport bilan muntazam shug‘ullanuvchining jismigina emas, fikru-xayoli, tafakkuri ham yangilanadi. Shuning uchun umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni faqat dars jarayonidagina emas, darsdan tashqari vaqtlarda ham sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish lozim. Buning uchun o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlari asosida turli xil sport to‘garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Download 100.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling