2 I. Bob. Qarag'aytoifa o'simliklar bo'limi
Download 1.44 Mb.
|
QARAG\' AYTOIFA
Qarag’aylar turkumi
1.2.Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda odatdagidek, ancha katta megaspora taraqqiy etib, urg‘ochi gametofit – birlamchi endosperm, unda esa bir qadar reduksiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi. Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, keyinchalik o‘sayotgan urug‘murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib, urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar uzayib, generativ hujayradan hosil bo‘lgan ikkita spermiydan biri tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘lina boshlaydi, undan boshlang‘ichbarg, poya va ildizga ega bo‘lganmurtakshakllanadi. Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi. Changlanishdan urug‘lanishga qadar ancha vakt o‘tadi, qarag‘ay urug‘i faqat ikkinchi yilda to‘liq pishib yetiladi, qubbalari cho‘ziq-tuxumsimon. Urug‘i qanotli, kuzga yaqin pishib yetiladi (99-rasm). Oddiy qarag‘ayning yog‘ochi qurilishda, mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu turkumning Sibirda Sibir qarag‘ayi, Karpatda va Alp tog‘larida Yevropa qarag‘ayi, Qrim va G‘arbiy Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi, Gruziyada Eldar qarag‘ayi va boshqa turlari tarqalgan. Turiningko‘pligijihatidanbuoila ninabarglilar orasida engkattasihisoblanib, ularning 560 dan ortiq turi ma’lum. Nina bargli o‘simliklar uchlamchi davrda ham yer yuzida keng tarqalgan. Ular 10 ta oilaga bo‘linib, uchtasi (Lebaxiyadoshlar – Lebachiaceae, Voltsiyadoshlar – Voltzriaceae va Xeyrolepidadoshlar – Cheirolepidiaceae) qadimiy, oddiy tuzilishli, yo‘qolib ketgan. Hozirgi paytda faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan 7 oila vakillari hozir yer yuzining turli joylarida yovvoyi holda keng tarqalgan. Shulardan 3 tasi – Zarnabdoshlar (Taxaceae), Qarag‘aydoshlar (Pinaceae), Sarvdoshlar (Cupressaceae). Biz quyida ular to‘g‘risida batafsil fikr yuritamiz. Podokarpdoshlar (Podocarpaceae) oilasi. Oilaning vakillari asosan janubiy yarim sharlarda, tropik va qisman subtropik iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Uning 9 turkumi va 130 turi ma’lum. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling