2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai


Download 28.32 Kb.
bet1/5
Sana08.10.2023
Hajmi28.32 Kb.
#1695366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, nazariy manbasi

Mavzu:Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, nazariy manbasi va ularning bugungi kundagi mohiyati, hamda metodlari



REJA:



1. Antik davr mutafakkirlari ishlarida ijtimoiy psixologik ta`limotlarining rivojlanishi.
2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
3. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi.
4. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va Sobiq Ittifokda rivojlanishi.
5. O`zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`rni va istikbollari.

ANTIK DAVR MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK TA`LIMOTLARINING RIVOJLANISHI


Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog`liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jixatdan esa, falsafiy qarashlar ta`sirida bo`lib, sof ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvoxi bo`lishimiz mumkin.
Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo`lib ajralishiga sabab bo`lgan ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o`rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik xodisalar bilan juda qiziqkanliklarining guvoxi bo`lamiz. Lekin ular bu xodisalarni o`z davri ruxida, o`z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli okimlar orasida tushunishga o`ringanlar. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o`rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning siesiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o`rganish lozim. Ilmiy manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siesiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o`zining sezilarli ulushini kushgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik goyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko`zga ko`ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog`liq deb yozgan edi.
Platon o`zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o`zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni ximoya qilgan. Unga qarama-karshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o`zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya`ni, shaxs va jamiyat o`rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo`lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs, Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Shark faylasuflaridan Beruniy, Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-karshiliklarini ilmiy asosda sharxlashga o`rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik muammo darajasiga kutara olmadi.
XIX asrning o`rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora usib borishi, turli halqlarning bir mamlakatida ikkinchisiga kuchishi-migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qo`lay shart - sharoitlar paydo bo`ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxiologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E. Teylor ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni tulik o`rganib chikdi; amerikalik etnogrof L. Morgan xindular turmush tarzini tahlil qilib chikdi, fransuz olimi Levi-BrYo`l esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o`rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik milliy, guruhning psixologiyasini, ularga madaniy-maishiy muxitning ta`sirini o`rganishga majbur bo`lishdi. Ya`ni ular alohida individ-u yoki bu Yo`llar vaqili psixologiyasi ijtimoiy jarayonlar bilan nechogli bog`liq ekanligini nazariy jixatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga aylandi. Lekin u atomistik, ya`ni alohida individ psixologiyasigina o`rganadigan fan bo`lib, u odamlarni o`zaro muloqoti jarayonida ularda ro`y beradigan sirli o`zgarishlarga e`tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab utish mumkin bo`lmay qoldi.
Lekin Ijtimoiy psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmatini kursatib utmay bo`lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy xodisalarni o`rganish uchun albatta, o`ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganmoq lozim, degan fikrni kat`iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqea da ruhiy xodisalar borligini isbot qilishga o`rindilar. Masalan, fransuz sotsiologi G. Tard har bir individda"Ijtimoiy fakt"boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taklid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o`rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo`nalish paydo bo`ldi. Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o`rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt - bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi"eki sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Shunday qilib, yo`qorida qayd qilingan ilmiy-falsafiy ijtimoiy manbalar, shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy psixologik goyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham o`xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fan Ijtimoiy psixologiyaning paydo bo`lishi uchun zamin rolini uynaydi.



Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling