2. Impuls momenti va uning saqlanish qonuni. Qattiq jismning deformasiyasi
Download 151.5 Kb.
|
2. Impuls momenti va uning saqlanish qonuni. Qattiq jismning def
3. Deformatsiya va uning turlari.Biz hozirgacha absolyut qattiq jism tushunchasidan foydalanib keldik. Lekin tabiatda absolyut qattiq jism yo`q va barcha jismlar ozmi –ko`pmi deformatsiyalanadi. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida o`z shakli va o`lchamlarini o`zgartirishiga deformatsiya deyiladi. Tashqi kuchning ta’siri tugagandan so`ng jism o`zining dastlabki shakli va o`lchamlariga qaytsa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi .Chizg’ichning qayrilishi , rezinkaning cho`zilishi va hokazo . Tashqi kuch ta’siri tugagandan so`ng ham saqlanadigan deformatsiyaga plastik deformatsiya deyiladi. Shisha, quruq cho’pning sinishi va hokazo . Nisbiy deformatsiya.Deformatsiyalarning aksariyati ikki xil cho`zilish va siqilish deformatsiyalariga keltiriladi Birlik ko`ndalang kesim yuzaga to`g’ri keluvchi kuchga kuchlanish deyiladi. Deformatsiyalanish darajasining miqdoriy xarakteristikasi sifatida nisbiy deformatsiya tushunchasi kiritiladi. Cho`zilish va siqish nisbiy deformatsiyasi. yoki Ular orasida qo`yidagi munosabat mavjud -modda xususiyatiga bog’liq bo`lib, unga Puasson koeffitsienti deyiladi. Ingliz fizigi Guk kichik deformatsiyalar uchun nisbiy uzayish va kuchlanish orasida qo`yidagi munosabat mavjudligini aniqladi. bundan cho’zilishni topaydigan bo’lsak yoki oxirgi ifoda yordamida Guk qonunini boshqacha ko’rinishda ifodalash mumkin.. . Qattiq jismning muvozanati deb uning barcha nuqtalari qaralayotgan sanoq sistemasiga nisbatan harakatsiz bo`lgan holatiga aytiladi. Aylanma harakat qilmaydigan jism unga qo`yilgan kuchlarning geometrik yig’indisi nolga teng bo`lgandagina muvozanat holatida bo`ladi. Osib qo`yilgan jismga ta’sir etayotgan og’irlik kuchi va ipning taranglik kuchlarining geometrik yig’indisi nolga teng. Aylanma harakat qilayotgan jismning muvozanati. Qo`zg’almas o`q atrofida aylanma harakat qilayotgan jism, unga qo`yilgan barcha kuch momentlarining geometrik yig’indisi nolga teng bo`lgandagina muvozanat holatida bo`ladi. Motorning tortish kuchi momenti va qarshilik kuchi momenti k ta’sirida g’ildirak harakatsiz turadi. Xulosalar: Kuch momenti - Vektor kattalik kuch jismlar va maydonlar mexanik ta’sirining o`lchovi bo`lib natijada jism ma’lum tezlanish oladi Impuls momentining saqlanish qonuni Agar sistema yopiq bo`lsa unda tashqi kuchlar momenti nolga teng bo`ladi Qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida o`z shakli va o`lchamlarini o`zgartirishiga deformatsiya deyiladi. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash: Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar: Kodoskop, slaydlar,turli massali aravachalar, plakat, kartochkalar,enersiya hodisasini o’rganuvchi qurilma,richag. O’qitish uslublari: Tushuntirish-namoyish etish metodi. O’ylab top, Evrika usuli. Adabiyotlar: A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 45-53 bet. X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil Sinov savollari: Kuch momenti deb nimaga aytiladi? Inertsiya momenti deb nimaga aytiladi? Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini yozing. Qattiq jismlarning deformatsiyasi. Qattiq jismlarning muvozanati. Statika elementlari. Aim.uz Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling