2. Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]


Download 42.39 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi42.39 Kb.
#206372
Bog'liq
PQ-4126 24.01.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Davlat qo‘mitalari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

[Ko‘chirma]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:



1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 242 nafar, shu jumladan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 75 nafar etib belgilansin.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisiga:

zarur hollarda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash;

boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;

malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash;

xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash huquqi berilsin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlariga nisbatan qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi saqlanib qoladi;

Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud o‘zgartirilmaydi.

4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga:

raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2019-yil 1-iyuldan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamg‘armasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida yig‘im undiriladi.



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)

6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin:

raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi;

Oldingi tahrirga qarang.

raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘lari;



(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamg‘armasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yig‘imlar;

Oldingi tahrirga qarang.

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;



iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi;

tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi;

“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi;

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi;

Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar;

xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablag‘lari va homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

7. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga;



(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga;



(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;



(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq to‘lash chora-tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadi.

8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda:

a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda:

Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llash va ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritsin;

v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilg‘or modelini yaratish;

tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish;

raqobatni himoya qilish bo‘yicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlash tizimini joriy etish;

rag‘batlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qo‘llashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish;

raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;

raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida huquqni qo‘llashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish;

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi bo‘yicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy etish;

raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlarni joriy etish;

munosib moddiy ta’minot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish.

9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ma’muriy binolarini ta’mirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.

13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda tegishliligi bo‘yicha:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni;

ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin.

14. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.

15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini ta’minlasin.

16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 24-yanvar,

PQ-4126-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga


1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining



tashkiliy tuzilmasi



(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati

TUZILMASI



Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 75 nafar.

Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2019-y., 07/19/4126/2538-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)

Download 42.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling