2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili
Download 0.71 Mb.
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot sifati
- Umumiy ko’rsatkichlar
10. Mahsulot sifati tahlili
Hozirgi sharoitda zamonaviy turdagi mahsulotlarni zaruriy miqdorda va yuqori sifatli ishlab chiqarish hal qiluvchi vazifalardan biri sanaladi. Mahsulot sifati – mahsulot sotish o’sishiga imkon beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxonalar raqobatbardoshligining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Mahsulot sifati – uning mo’ljallanganligiga muvofiq muayyan ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shartlovchi mahsulotlar xususiyatlari majmuidir. Sanoatning turli tarmoqlari mahsulotlari o’ziga xos sifat parametrlariga ega. Mashinasozlik milliy iqtisodiyot uchun yangi texnikalar yaratish va amaldagi texnikalarni rekonstruktsiya qilishda etakchi tarmoq hisoblanadi. Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida sifatni tavsiflovchi belgilar tovarlarning iste’mol xususiyatlarini oshirish, masalan, matolar asilligi, bo’yoq chidamliliigi, mahsulotlar mustahkamligi, kaloriyalilik va boshqalar hisoblanadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmi texnik taraqqiyot darajasini tavsiflaydi. Tabiiyki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning ilk davrida katta xarajatlarni talab qiladi, lekin bu loyiha quvvatlarini o’zlashtirish, kelgusida seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish natijasida o’zini qoplaydi. Tobora mahsulot tannarxi kamayib, mos ravishda uning ulgurji narxlari ham pasayadi. Bu ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar uchun foydali hisoblanadi. Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi sifat ko’rsatkichi deb yuritiladi. Mahsulotlar sifat ko’rsatkichining umumiy, individual va bilvosita ko’rsatkichlari mavjud. Sifat ko’rsatkichlari mahsulotlarning parametrik, iste’mol, texnologik dizayn xususiyatlarini, uning standartga muvofiqligi, ishonchliligi va chidamliligini tavsiflaydi. Umumiy ko’rsatkichlar turi va mo’ljallanganligidan qat’iy nazar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning ulushini tavsiflaydi: – umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi; – sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi; – xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi; – eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat mamlakatlariga jo’natilayotgan mahsulotlar va boshqalar. Mahsulot sifatining individual (yagona) ko’rsatkichlari uning xossalaridan birini tavsiflaydi: – foydalilik (sut yog’liligi, ko’mirning yonuvchanligi, rudada temir miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar); – ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi); – konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks ettiruvchi texnologiklik (mehnat sig’imi, energiya sig’imi va hokazo); – mahsulotlar estetikligi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling