2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili
-jadval Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili
Download 0.71 Mb.
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymat ifodasida ishlab chiqarish, ming so’m Reja Haq.
- Reklamatsiya
5.10-jadval
Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili
5.10-jadvalga ko’ra reja 98,8 % bajarilgan, yuqori navli mahsulot ishlab chiqarish 104,9 % , birinchi navli – 90,9 %. Biroq bu navlilik bo’yicha reja bajarilganligini tavsiflamaydi. O’rtacha navlilikning rejadagi va haqiqatdagi koeffitsientlarini, shuningdek, mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosini aniqlash talab qilinadi. O’rtacha navlilik koeffitsienti: Reja bo’yicha Hisobot bo’yicha Mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosi: Reja bo’yicha Hisobot bo’yicha Sifat ortishi hisobiga o’rtacha narx 10,47 so’mga oshgan. (2379,5 – 2369,04) Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri: (2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so’m. Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlilida qo’llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin. 5.11-jadval ma’lumotlari bo’yicha ushbu hisoblashni mutlaq farqlar usulida bajaramiz. Hisoblash natijalari 5.11-jadvalda keltirilgan. 5.11-jadval Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri (qiymat ifodasida un mahsuloti)
Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo’yicha shunga o’xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi. Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo’qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi. Reklamatsiya etkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo’llash va boshqalar bo’yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi. Mahsulotlar butligi deganda tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo’lsa, iste’molchilar uchun jo’natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but bo’lmagan mahsulotlarni jo’natish va ularni hisobotga kiritishni taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot qismlari, instrumentlar va moslamalar etkazib bermaslik sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling