2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash


Download 435 Kb.
bet4/13
Sana27.10.2023
Hajmi435 Kb.
#1725958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ogabek kurs ishi

Ko’rsatkichlar

A

V

Jami

1.

Sotishning hajmi, dona

100000

20000

120000

2.

1-dona uchun narxi, so’m

2000

3000

-

3.

Sotishdan tushgan daromad, ming so’m

200000

60000

260000

4.

1-donaga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, so’m

1600

1900

-

5.

Sotishning butun hajmiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, ming so’m

160000

38000

198000

6.

Marjinal daromad, ming so’m

40000

22000

62000

7.

Doimiy sarflar, ming so’m

x

x

30000

8.

Sof foyda, ming so’m

x

x

32000

V mahsuloti 1-donasining sotishiga A mahsulotining 5 donasi to’g’ri keladi. Keyinchalik V mahsulotning x dona kritik nuqtasi va 5x- A mahsulotining miqdoriga shartli ravishda yo’l qyiladi.


Joyiga qo’yishda quyidagilarga ega bo’lamiz:
(2000 x 5x) + 3000x - (1600x5x) - 1900x - 30000000 = 0
10000 = 3000x - 8000x - 1900x - 30000000 = 0
3100x = 30000000 so’m,
x = 9677 dona - V mahsuloti
9677 dona x 5 = 48385 dona- A mahsuloti,
9677 dona + 48385 dona = 58062 dona V va A mahsulotlari.
Sotish hajmining kritik nuqtasi - 58062 dona, shundan 9677 dona V mahsuloti va 48385 dona A mahsuloti hisoblanadi.
Aytaylik, sotilgan mahsulot tizimining quyidagi o’zgarishlari sodir bo’ldi (9.2-jadvalga qarang).
9.2-jadval
Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil



Ko’rsatkichlar

A

V

Jami

1.

Sotishning hajmi, dona

80000

40000

120000

2.

1-dona uchun narxi, so’m

2000

3000

-

3.

Sotishdan tushgan daromad, ming so’m

160000

120000

280000

4.

1-donaga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, so’m

1600

1900

-

5.

Sotishning butun hajmiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar, ming so’m

128000

76000

204000

6.

Marjinal daromad, ming so’m

32000

44000

76000

7.

Doimiy sarflar, ming so’m

x

x

30000

8.

Sof foyda, ming so’m

x

x

46000

Mahsulot tizimini taqqoslashda yuqori marjinal daromad bilan mahsulot hissasining ko’tarilganligini ko’ramiz, shuning uchun sof foyda ko’tarildi. Bunda, kritik nuqtani topamiz:


(2000 x 2x) + 3000x - (1600 x 25x) - 1900x -30000000 = 0,
4000x + 3000x - 32000x - 1900x – 30000000 = 0,
1900x = 30000000,
x = 15790 dona - V mahsuloti, 15790 dona x 2 = 31580 dona- A mahsuloti,
15790 dona 31580 dona 47370 dona V va A mahsulotlari.
Sotish hajmining kritik nuqtasi 47370 dona, shundan 15790 dona V mahsuloti va 31580 dona A mahsuloti hisoblanadi. Natijani oldingi hisob bilan taqqoslab kritik nuqtaning hajm kamayishi tomoniga qarab 1015 donaga o’zgarganini belgilaymiz. Bu holda tabiiy holatdagi hajmi o’zgarmasdan qolganligi e’tiborni jalb qiladi.
Demak, sotuvning umumiy hajmini nazorat qilishda ham tizimli siljishlarni tahlil qilish kerak, chunki u haqiqiy foydaning rejalashtirilganidan chetga chiqishini ko’rsatadi. Mahsulotni sotishni maksimallashtirish resurslar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan ham ko’riladi. Qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlari foydasiz bo’lishi mumkin.
Marjinal daromad usuli- tenglama usulining har xilligi quyidagi formulaga asoslanadi:

Marjinal daromad

=

Sotishdan tushgan daromad

-

Sotishning hajmiga sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar

Bunda kritik nuqta,





Kritik nuqta

=

Umumiy summadagi doimiy sarflar
Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad

Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi:


30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona,
62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m.
Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo’qmi?
Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir mahsluotning marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi. Bizning misolda:
A mahsuloti = 4002000 x 100 = 20 %,
V mahsuloti = 11003000 x 100 = 36,7 %.
Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir.
Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi mukofotlarning miqdorini o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa marketing muomalalar bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi.
Grafik usul zararsizlik bo’yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab chiqarish hajmiga nazariy bog’liqligini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o’sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning asosida narxlarning pasayishini sotish hajmining o’sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang).



Daromad va sarflar, m.s.

A

V


S


D
K
























0

Ishlab chiqarishning hajmi

chizma. Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi

AD chizig’i- yalpi xarajatlar- AV bo’lagi ishlab chiqarishning katta bo’lmagan hajmida ularning o’sishini ko’rsatadi, VS bo’lagida yalpi xarajatlar chizig’i tenglasha boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni to’laroq ishlatishi mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo’lakda yalpi xarajatlar chizig’i o’sa boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan yuqoriroq ishlatilishini ko’rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish jarayoni grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi boshqa hodisalardan iborat.


AK chizig’i ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan doimiy xarajatlarning hajmini ko’rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo’lgan narxlarni ko’rsatuvchi OS chizig’ida ko’rsatilgan.
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi holatlarida o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi ta’sirni ajratadilar: masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri.
Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning ko’proq unumliroq darajasida tenglashadi.
Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali darajasidan tashqarida tezda o’sib ketadi.
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi xarajatlarning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli grafigidir. Тahlil uchun asos bo’lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o’nga va chapga tarqaladi (9.3-chizmaga qarang).



Yalpi daromad va sarflar, m.s.













Daromad




S






















D








V





































A



















K

















doimiy































0

Mahsulot biriligi va sotish hajmi







Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda































chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli


Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq maydoni (diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi xarajatlarni ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS- mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi.


Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy hajmiga bog’liq.
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy taqchillik va boshqalarga bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan iborat:

  • yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy belgilangan va chiziqli hisoblanadi;

  • hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi;

  • doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida mustaqil bo’lib qoladi;

  • o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi;

  • ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar o’zgarmaydi;

  • tizimli siljishlar yo’q;

  • ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p emas.

Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi.



Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling