2-Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati Reja


Download 27.07 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi27.07 Kb.
#1038730
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati


2-Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati
Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning sabablari

  2. Ikkinchi jahon urushi yillarida sanoat, fan, maorif va madaniyat.

  3. O’zbekistonlik jangchilarning jang maydonidagi jasoratlari hamda vatanparvarlik harakati tarixining yoritilishi

  4. O‘zbekistonlik jangchilarning Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida hamda uni ozod etishda faol ishtiroklari.


1.Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning sabablar.
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko'rilmagan darajada katta va dahshatli,butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron bo'lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi.
Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi.
Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo'lgan, dunyoni qaytadan bo'lishga va dunyoda hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o'rtasida o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar.
Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G'arbda, Sharqda, O'rta yer dengizida xavfli urush o'choqlari vujudga keladi. batlarni o'zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qay-tadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar.
Ularga Angliya, Fransiya va AQSH dan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o'z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo'lgan davrda fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropadahukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to'xtadi.
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o'zlarini “nasibasiz”qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosa-Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlandi. Xuddi shu kuni german qo’shinlari uch tomondanPolsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat ichida dunyodagi juda ko’pgina davlatlarni o’z domiga tortdi. 1941 yil 22 iyunda fashistlarning 191ta diviziyasi (shundan 153 tasi bevosita Germaniyaning o’ziga qarashli) SSSRning Boltiq dengizidan tortib to Qora dengiz hududlarigacha chegaralari bo’ylab yopirilib hujumga o’tdi. Ana shu tariqa jahon tarixida inson qulog’i eshitmagan va ko’zi bilan ko’rmagan dahshatli fojea boshlandi. Jahon ururshining boshlanishi, uning sabablari va aybdorlari xaqida ko’p va xo’p yozilgan. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va aybdori Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, avvalo, Adolf Gitler va Iosif Stalindir. Har ikkala bosqinchi saltanatchi davlat ham o’z oldiga bosh maqsad qilib dunyo hukmronligini qo’ygan edi. Har ikkala bosqinchi davlat ham o’zining bosh strategiyaviy maqsadini amalga oshirish uchun har xil taktik usullar bilan bordi, biri ikkinchisidan ayyorlik qilishga intildi, turli yo’llar bilan o’z ch egaralari va ta'sir hududi doiralarinin kengaytirishga harakat qildi. Ammo har ikkala tomon ham o’zaro ikki o’rtada dahshatli muhoraba bo’lishi muqarrar ekanligini yaxshi bilar edi.
Shu ma'noda 1939 yil 23 avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrob va SSSR tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o’rtasida 10 yil o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomaning tuzilishi xarakterlidir. Jahon jamoatchiligi bu shartnomani har ikki davlat tomonidan dunyoni o’zaro bo’lib olish maqsadlarini ko’zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so’ng Germaniya o’zning asosiy raqibi SSSRdan qo’lini bo’shatib oldi va oradan ko’p muddat o’tmasdan sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko’ra SSSR Germaniyani nafaqat ma'naviy tomondan balki moddiy jihatdan qo’llab quvvatlagan, amalda o’ziga qarshi oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan Shulenburg o’rtaisda 1939 yil 28 sentyabrda tuzilgan va 1941 yil 10 yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma isbotlaydi. Shartnomaga ko’ra Germaniya tomoni Boltiq bo’yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) bo’lgan da'vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7.500.000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming n emis markasi miqdorida haq to’lashga rozi bo’ladi. 31.5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR tomoni uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, 27.562.500 german markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to’lashi shart qilib qo’yildi.
1939 yil 23 avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik manfaatlariga javob berar edi, albatta. Birinchidan, SSSR ham sulh evazidan o’zining eng asosiy va xavfli raqibi Germaniyadan “ko’ngli to’q” bo’ldi. Shu bois u o’zining asosiy diqqat e'tiborini Uzoq Sharqqa qarata olar edi, “Sovet Ittifoqi uchun,-deb yozishadi G`arbiy Germaniyalik tadqiqotchilar M.Barch, X.F.Shebesh va R.Sheppelman. 1939 yilgi vaziyat og’ir edi. U ochiqdan-ochiq dushman qo’shinlari bilan o’ralgan bo’lib, butkul yakkalanib qolgan edi. Buning ustiga u Sharqdagi xavfli raqib bo’lgan Yaponiya bilan... urush holatida edi”.Ikkinchidan, SSSR Germaniya bilan tuzilgan avgust shartnomasi tufayli Shimoliy G`arbiy chegaralarini bemalaol kengaytirib oldi.
SSSR 1939 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida G`arbiy Belorussiya va G`arbiy Ukraina yerlarini egallab olgandi, shu yilning 30 noyabrida u Finlyandiyaga qarshi urush e'lon qilib 1940 yil 12 martdagi shartnomaga asosan Finlyandiya hisobidan o’zining shimoliy chegaralarini ancha kengaytirgandi va nihoyat 1939 yil kuzidan 1940 yil yoziga qadar olib borilgan janglar natijasida Boltiq bo’yi jumhuriyatlarini Qizil Armiya okuppatsiya qilganda ham Germaniya SSSRga halaqit bermadi, betaraf turdi.
Uchinchidan, SSSR 1939 yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali vaqtdan yutdi. SSSRni 1939 yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga qaratilgan imperialistik davlatlarning, birinchi navbatda Germaiyaning ittifoqchisi bo’lgan Yaponiyaning rejalarini buzib yubordi.
Germaniyaning fashistik davlat mashinasi bu taktik uslubga endi e'tibor qilmadi, nazarga ham ilmadi. SSSRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi.

Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling