2-Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati Reja
O’zbekistonlik jangchilarning jang maydonidagi jasoratlari hamda vatanparvarlik harakati tarixining yoritilishi
Download 27.07 Kb.
|
2 Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati
3. O’zbekistonlik jangchilarning jang maydonidagi jasoratlari hamda vatanparvarlik harakati tarixining yoritilishi
1941-1945 yillarda urushning barcha jabhalarida O’zbekistonlik jangchilar qahramonlik va mardlik mo’jizalarini ko’rsatdilar. Umuman ikkinchi jahon urushi har jabhada Turkistonlik jangchilar, shu jumladan o’zbekning an'anaviy urush qobiliyatlarining saqlanib qolganligini ko’rsatdi. Jami bo’lib ikkinchi jahon urushiga O’zbekistondan 1 million 433.230 kishi safarbar bo’lgan. Bu o’sha davrdagi O’zbekistondagi urushga yaroqli aholining 50-60 foizini tashkil etar edi. Fashistlar Germaniyasi sovetlar Ittifoqi hududida urush harakatlari boshlaganlaridan bir necha kun o’tar-o’tmas O’zbekistonlik mard o’g’lonlarning afsonaviy Brest qal'asini himoya qilishdagi jasoratlaridan guvoxlik beruvchi xatxabarlar birin-ketin yetib kela boshladi. Brest qal'asini himoya qilishda jasorat ko’rsatganlar orasida O’zbekistonliklardan N.Sodiqov, A.Abdullaev, A.Arslonbekov, S.Boytemirov, A.Aliev, T.Xidirov, U.O’taev va boshqalar bor edi. Mo’min Karimov va Ismoil Adhamxo’jaev SSSR g’arbiy chegaralarida birinchilar qatorida dushman bilan jangga kirdilar. Mo’min Karimov keyinchalik uch marta Shuhrat ordeni nishondori bo’ldi. Butun O’zbekiston Moskva uchun oyoqqa turdi. 1941 yil noyabridan 1942 yil mart oyiga qadar O’zbekistonda harbiy qismlar tashkil etildi. Fashist kallakesarlarini Moskva ostonalaridan uloqtirib tashlashda qahramonlik mo’'jizalarini ko’rsatganlar orasida O’zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar 44-kavaleriya diviziyasi, 21-kavaleriya diviziyasi, 259 o’qchi diviziyasining jangchi va komandirlaridan 106 kishi SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlandi. 21-kavaleriya diviziyasi jangda ko’rsatgan qahramonliklar uchun 14-gvardiyasi kavaleriya diviziyasiga aylantirildi. 259 o’qchi diviziyasi gvardiyachi diviziya nomini oldi. Moskva uchun jang qilgan I.V.Panfilov nomidagi mashhur 8 gvardiyachi diviziyaning shaxsiy sostavida O’zbekistonlik bahodirlar Zarif Ibroximov, G`ulom Abdukarimov va boshqalar jasorat ko’rsatdilar. Yovuz dushmanga nafrat hatto O’zbekistonlik ayollarimizni ham qo’lga qurol olib jangga otlantirdi. O’zbekistonlik Zebo G`anievaning Moskva himoyasi uchun ko’rsatgan jasorati tillarda doston bo’ldi. Zeboxon xalq ko’nggillilari safida Moskva mudofaasiga otlandi. U o’z hayotini bir necha bor xavf ostida qoldirib razvedkachilar safida 12 marta “til” (dushmanning rejalari-planini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kelish) operatsiyasida ishtirok etib shuhrat qozondi. Zebo G`anieva jang maydonlarida 28 fashist jallodni yer tishlatdi. Qizil bayroq ordeni bilan mukofatlandi. Jami bo’lib, Moskva himoyasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan O’zbekistonlik askar va ofitserlardan 1753 kishi SSSR Oliy Sovetining Farmoni bilan “Moskva mudofaasi uchun” medaliga sazovar bo’ldi. O’zbekistonlik jangchilar Stalingrad ostonalarida fashistlar Germaniyasining quyoshini botirishda jangning oldingi saflarida bo’ldilar. O’zbekistonning 2788 jangchisiga «Stalingrad mudofaasi uchun» m edali topshirildi. O’zbekistonlik mard jangchilardan 1706 kishi “Berlin olinganligi uchun”medali bilan mukofotlangan, Germaniya ustidan g’alaba qilib fashistlar Germaniyasi bu urushda sharmandalarcha yengildi va 9 mayda so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi shartnomaga imzo chekdi. O’zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida qahramonlik va jasorat namunalarini ko’rsatdi, ular kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan och-yalong’och holda juda og’ir va qiyin sharoitlarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida sidqidildan va astoydil mehnat qilib urushni g’alaba bilan yakunlash maqsadida front manfaatlari uchun turli-turlimahsulotlar ishlab chiqardilar O’zbekistonlik jangchilar front chiziqlarining oldingi saflarida mardlik va qahramonlik mo’'jizalarini namoyish qildilar, dushman o’qiga o’z ko’kraklarini qalqon qilib rus, ukrain, belorus, Boltqbo’yi yerlarini fashistlar Germaniyasidan ozod qilishda faol qatnashdilar va umumiy dushman ustidan qozonilgan g’alabaga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. 2 jahon urushi fronti jang maydonlarida o‘zbek o‘g‘lonlaridan Sobir Rahimov, Ahmadjon Shukurov, Qo‘chqor Turdiyev, Vois Ergashev, Mamadali Topiboldiyev, Abdusalom Dehqonboyev, Tojiali Boboyev, Ostonaqul Shokirov, Elboy Qoraboyev va boshqa yuzlab mardu maydonlar jang maydonlaridagi ko‘rsatgan jasoratlari uchun «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga ega bulib yurtimiz dovrug‘ini ulug‘ladilar. Frontga safarbar qilingan 1 million 433.230 kishidan 263.005 kishi halok bo’ldi, 132,670 kishi bedarak yo’qoldi va 60452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib qaytdi. Bu hisobga urush yillarida ochlik-yalong’ochlikdan qirilib ketgan mingminglab vatandoshlar ham qo’shiladigan bo’lsa, xalqimizning boshiga tushga dahshat va fojeaning nechog’lik og’ir bo’lganligini ko’z oldimizga keltira olamiz. Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz tarixining eng og’ir va qora dog’li davridir. Bu urushni har qanday sharoitda ham xalqimiz chetlab o’taolmas edi. Chunki O’zbekiston ikkinchi jahon urushining asosiy aybdorlaridan biri hisoblangan qizil saltanatning mustamlaka asoratida edi. Bas, shunday ekan xalqimiz cheki va peshonasida bo’lgan va bosib o’tilgan bu tarixiy davrni ch etlab ham o’taolmaymiz, uni inkor ham etaolmaymiz, tarixiy haqiqat bilan istaymizmi uni yo’qmi bundan qat'iy nazar hisoblashishga majburmiz. Shu ma'noda Islom Karimovning quyidagi so’zlari diqqatga loyiqdir: “Takrorlab aytaman: Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida xalok bo’lganlarni o’z umrlarini bevaqt hazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unitishga hech kimning haqi yo’q va bunga yo’l ham bermaymiz.Urush yillari-O’zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix-bizniki uni unitishga hech kimni haqqi yo’q”. Download 27.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling