2-Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati Reja


O‘zbekistonlik jangchilarning Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida hamda uni ozod etishda faol ishtiroklari


Download 27.07 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi27.07 Kb.
#1038730
1   2   3   4
Bog'liq
2 Jaxon urushi davrida O`zbekistonlilarning ko`rsatgan jasorati

4. O‘zbekistonlik jangchilarning Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida hamda uni ozod etishda faol ishtiroklari.

Ursuh yillari o‘zbek jangchilari nafaqat SSSR miqyosidagi balki Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida ham faol qatnashib, nemis-fashistlari ustidan qozonilajak g‘alabaga va Yevropa xalqlarining ozod bo‘lishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.


Polsha, Yugoslaviya, Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik armiyalari safida, partizanlar tuzilmalarida ishtirok etgan, 40 mingdan ortiq sovet fuqarolarining orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Masalan, Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasida 260 dan ko‘proq o‘zbekistonlik bo‘lgan. L. Kolantarov, U. Xolmaboyev, A. Mamajonov, O. Berbiyev, R. Rahimov, H. Jabborov, H. Ismoilovlar qarshilik ko‘rsatish harakatida faol ishtirok etgan hamyurtlarimizdir.
Hozirgi kunda “Turkiston legioni” to‘g‘risida turli fikrlar mavjud bo‘lib, bu masala mufassal bir tadqiqotni talab qiladi. Ma’lumki, Stalin boshliq sovet hukumati Kommunistik Internatsional a’zolari, umuman chet el kommunistlaridan Yevropadagi mavjud siyosiy hukumatga muxolif kuch sifatida foydalangan. Gitler ham “oq“ muhojirlardan sovetlarga qarshi kuch sifatida foydalanishga harakat qilib, 1941 yil dekabrda asir olingan sovet generali Lukinga harbiy asirlardan stalinizmga qarshi kurash olib borishni tashkil etuvchi ruslarning muxolif hukumatini tuzishni taklif etadi. Bunday taklif 1941-1942 yillar bo‘sag‘asida milliy vakolatxona tuzish uchun intilayotgan quvg‘indagi Turkiston milliy ziyolilariga ham qilindi. Natijada 1942-yil noyabrda Vali Qayumxon rahbarligidagi “Turkiston milliy qo‘mitasi” tashkil topdi. Bu qo‘mita 1941-yil kuzida tashkil topgan Turkiston batalyoni bazasida harbiy asirlardan “Turkiston legioni”ni tashkil qilish to‘g‘risida 1942-yil dekabrda Vermaxtning Oliy qo‘mondonligi rasman farmoyish e’lon qildi. Shuningdek, bu davrda “Arman”, “Gruzin” legionerlari ham tuzilib, A.A. Vlasov rahbarligidagi rus ozodlik armiyasi tarkibiga kiritildi. Lekin bu, milliy ”tuzilmalarga urushning oxiriga kelib 1 mln. ga yaqin kishi yozilgan bo‘lsa ham, ular gitlerchilar kutgandan zarbdor kuchga” aylanmadilar. Chunki bu tuzilmalarga ko‘pincha majburan yozib qo‘yilgan harbiy asirlar frontga yuborishsa, o‘zimiznikilar tomonga o‘tib olamiz degan umid bilan qarar, buni sezgan nemislar har bir rotaga asosan nemis zobitlarini qo‘ygan edilar.
Haqiqatdan ham “Turkiston legioni”da tashkil topgan yashirin guruhlar qarshilik harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqa bog‘lab, nemis-fashistlarning bir qancha rejalarini barbod qilganlar. 1943 yilda Desna daryosi yonidagi Kupchixa qishlog‘i hududida jang qilayotgan 74-dviziya tomoniga Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘la qurollangan, 370 kishidan iborat Turkiston batalyoni o‘tgan. Keyinchalik sovet qo‘mondonligining ishonchsizligi bilan ular frontdan chetlatiladi. 1944 yilda Chernogoriyaga yuborilgan “Turkiston legioni” birlashmalari fashist komandirlarini o‘ldirib, tog‘dagi partizanlar oldiga chiqib ketishgan. O‘zbekistonliklar partizan otryadlari va qarshilik ko‘rsatish harakatlarida faol qatnashib, dushmanni tor-mor qilishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Urushnng dastlabki kunlaridayoq sovetlar davlatida avj olib ketishiga umid bog‘lagan gitlerchilar turli xil milliy tuzilmalar tuzish, sovet xalqlari orasida soxta tashviqotlar olib borib bunga asos hozirlashga intilgan bo‘lsa, Stalin boshliq sovet siyosiy rahbarlari ham milliy kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘larlik xalqlarni majburan ko‘chirish, butun-butun xalqlarga “sotqin” tamg‘asini bosishdek choralarni amalga oshirganlar. Shunday tamg‘a bilan 1944 yil mamlakat bo‘ylab 2.230.500 kishi majburan ko‘chirilgan. Shulardan O‘zbekiston hududiga Qrimdan-151604 qrim tatarlari, Gruziyadan-110 mingga yaqin mesxeti turklari, Shimoliy Kavkazdan 20 mingdan ortiq ingush, 4,5 ming arman va greklar ko‘chirib keltirilgan.
Urush yillarida asirga tushgan 6,2 mln. kishidan 4 mln. kishi halok bo‘lgan, 1 mln. kishi “Vlasovchilar”ga qo‘shilgan, tirik qolgan 1 mln. kishi esa nemis lagerlarini sovet lagerlari bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. Ular orasida nohaq jazolanganlardan yurtdoshlarimiz ham bor bo‘lib, S. Abdullayev, L. Popov, K. Abramovich, P. Rustamov va boshqalar shular jumlasidandir.
1945-yilga kelib mamlakatda yaxshilik sari qat’iy o‘zgarishlarni kutayotgan xalq yana mustabid tuzum asoratida qoldi. Ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar yashirinib barqarorlik vujudga keltirdiki, ular bu tuzumning muqarrar qulashini ko‘rsatardi.
Katta qurbonlar evaziga bo‘lsa ham o‘zbekistonliklar insoniyatni fashizm balosidan qutqarishga munosib hissa qo‘shdilar. Urushda halok bo‘lganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida “Xotira” kitoblari tuzildi, poytaxtimiz markazida Xotira maydoni va motamsaro ayol yodgorlik majmuasi tiklandi. Bu ishlarga boshchilik qilgan yurtboshimiz farmoni bilan 9 may “Xotira va Qadrlash kuni» deb e’lon qilindi. Hozirgi kunda hayot bo‘lgan mehnat va urush faxriylardan yosh avlod hamisha minnatdordirlar.
Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling