2-joriy nazorat savollari


Download 28.01 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1082718
  1   2   3
Bog'liq
Yoqubjonov Sardorbek falsafa2


2-JORIY NAZORAT SAVOLLARI:

1.Bilish nazariyasining predmeti


Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning , tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, “odam” tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.
Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. 19-asr va 20-asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi.[
Metod” va “metodologiya” tushunchalari. Metod (yunon. Metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
2.Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati
"Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha- madinalik, yaniy shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.
Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan.
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil.
Madaniyat atamasini ilm fanga birinchi bo’lib E.Teyler 1871 yilda kiritgan. O’sh davrda madaniyatning 7 ta’rifi bo’lgan. XX asrning 50 yillariga kelib madaniyatning 150 da ortiq 1970 yillarda esa 250 tadan ortiqroq ta’rifi bo’lgan. Madaniyat sohasi shu darajadi keng va qamrovliki,unga yagona barcha uchun ma’qul bo’lgan ta’rifni berish ancha mushkul hozirgi kunda uning ta’rifi 500 da ortib ketdi.
Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda “madaniyat” so’zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko’rsatkich sifatida foydalanilgandek tuyuladi. Lekin madaniyat so’zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e’tibor beradigan bo’lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko’plab qarashlar, nazariyalar va g’oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo’llanishini anglab yetamiz.
XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klavixonlar o’zlarining “Madaniyat: tushuncha va ta’riflar” nomli asarida madaniyatning 164 ta ta’rifi mavjud ekanligini ko’rsatib o’tadilar. Hozirgi paytda “madaniyat” atamasining 400 da ortiqroq ta’rifi mavjud Agar ularga e’tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo’lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko‘ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta’rif berish juda mushkul.
Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta’rifu talqinlari mayjudligini ko‘ramiz, chunonchi: «inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi»; «moddiy va ma’naviy qadriyatlar»; «inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat»; «insoniy faoliyat mahsuli»; «ijodiy faoliyat»; «ijodiy faoliyat mahsuli»; «jamiyatning ma’naviy hayoti»; «insonning ma’naviy dunyosi»; «insonning axloqiy fazilatlari»: «insonning ichki va tashqi olami»; «axloqiy sifatlar yig’indisi»; «jamiyat faoliyati»; «shartli belgilar tizirni yig’indisi»; «shartli tasvirlar»; «ramziy ishora va belgilar»; «me’yorva andazalar» va shu kabilar.
«Kultura» atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, uni birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnografolim E.Taylor kiritgan. Uning ko‘rsatishicha, o‘sha paytda bu tushunchaning bor-yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo’lgan. Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha. Shu boisdan ham yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, uning 400 dan ortiq ta’rifi mavjuddir.
E.Taylor o’zining «Ibtidoiy madaniyat» nomli asarida «kultura» («madaniyat») tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «kultura yoki sivilizatsiya keng ko‘lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a’zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e’tiqodiari, san’ati, axloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig’indisidir». Albatta, hu ta’rifda E.Taylorning «kultura» («madaniyat») tushunchasiga etnograf sifatida yondashuvi ko‘zga tashlanadi.
Arxeologlar, faylasuf va madaniyatshunoslar «kultura» («madaniyat») tushunchasiga ta’rif berishganida, E.Taylor singari madaniyatni ma’naviy hodisa sifatida olib qarash biian birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek, inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.
Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, ya’ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o‘lja va mevalarni terib iste’mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug‘uilangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bo’lmagan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkoiiik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya’ni uning ongi va tafakkuriga ta’sir etish orqali jamiyat manfaatlariga mos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo bo’lgan davrlarga kelib «madaniyat» va «kultura» atamalarining mazmun-mohiyati o‘zgaradi.
3.Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari

Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling