2. Kichik biznesning bozor
Bozorlar va solishtiriladigan
Download 3.2 Mb.
|
2.Mahsulotga narx belgilashNarx marketing imkoniyatlari va muammolari bozor va raqobat tipiga qarab o’zgarib boradi. Umuman, asosan narxlarni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan boliq usullarini yaratadi. Narx bilan boliq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. Yuqori narxlar belgilashda bozorda yaxshi va noyob tovari yoki xizmati bilan shuhrat qozongan firmalar o’z mavqeyidan foydalanadi. Mahsulotga narx qo’yishga raqobat tazyiqi muhim ta’sir ko’rsatadi. Korxonalar o’z raqiblari tovarlarining narxi va sifatini o’rganadi, o’z mahsulotlariga o’xshash mahsulotlarining qiyosiy tahlilini o’tkazadi, har bir tovar haqida xaridor fikrini tadqiq etadi. Olingan ma’lumotlar xususiy narx belgilashda o’z tovari uchun raqiblar taklifiga nisbatan andoza olinadigan tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, raqobatli narx belgilash istaklar qondirilishining muqobil vositasi tarzida narxlarni tenglashtiradi. Narx belgilash usullari. Firma talab chizmasi (grafigi)ga asoslanib, xarajatlarning hisobiy miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o’rganib, o’z mahsulotiga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin. Narxni formulalarda belgilash. Ko’pgina korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Bunday formulalar yalpi olganda ishlab chiqarish xarajatlarining jami bandlariga yoki bu bandlarning ayrim qismlariga alohida ma’no beradi. Ular oyat oddiy bo’lishi mumkin. Masalan, bir firma ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarida o’z xodimlariga kundalik to’lanadigan ish haqini belgilab, uni uchga ko’paytirdi. Shunday qilib, uning 1/3 qismi maslahatchilar ish haqini qo’lashga, yana bir qismi — qo’shimcha xarajatlarga ketadi, uchinchi qismi foyda tarzida yonga qoladi. Ishlab chiqarish to’liq xarajatlarining barcha bandlari murakkab formulalarda yaxshiroq hisobga olinadi. Firmalar narx belgilashda formulalardan foydalanib, o’zlarining noyob yondashuvlarini ishlab chiqadi, ammo bu sohada ham o’ziga yarasha qiyinchiliklar bor. Formulalarga ko’ra narx belgilash, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi, ya’ni bozor shu mahsulotga belgilangan narxni to’laydimi?— buni u inobatga olmaydi, shuningdek narxni pasaytirishga qaratilgan raqiblik harakatlarini ham hisobga olmaydi. "O’rtacha xarajatlar plyus foyda" prinsipi bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Sotuvchilar xaridorlar oldida ular qo’ygan narx tannarx bilan sarflangan kapitaldan olinishi lozim bo’lgan adolatli foyda normasi yig’indisiga teng ekanligini e’lon qiladilar. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi (bizning tovarlarimizga qo’yiladigan ustama bunga misoldir). Shuningdek tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard iste’molchiga yetib borishiga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi. Ustama narxlar negizida narxlarni hisoblash usuli ishlab chiqaruvchilar o’rtasida eng keng tarqalgan, sababi bunda narx belgilash muammosi soddalashadi, agar tarmoq bozorida sotuvchilarning ko’pchiligi shu yondashuvdan foydalanadigan bo’lsa, narx raqobati minimumga keltiriladi. Ammo standart ustamalarni qo’llash joriy talabning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olmaydi va raqiblar tashlama bilan narx belgilagan hollarda xavfli bo’lib qoladi. Shu sababli eng maqbuli — talab darajasi va tabiati aniq bo’lgan hollarda, shuningdek muayyan miqdorda va kelishilgan narxlarda tovarlar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish kontraktlari tuzilganda narxni "o’rtacha xarajatlar plyus foyda" prinsipi bo’yicha belgilash hisoblanadi, negaki ayrim mahsulotlar iste’moli yillar davomida turun bo’lib, narxlarning o’zgarishiga ta’sirchan bo’lmay qoladi. "Ko’zlangan foyda normasi" olishni ta’minlaydigan narx belgilash. Bunday yondashuvni qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi, investitsiyalangan kapital uchun kutiladigan qaytim foizi doimiy xarajatlarga qo’shiladi va xarajatlarning bir qismi hisobiga o’tkaziladi, so’ngra o’rtacha xarajatlar miqdori to’iladi, endi orzudagi foydani ham o’z ichiga olgan narx belgilanadi. Agar kom’aniya rejalashtirilgan hajmda o’z tovarini sota olsa, u ko’zlangan foyda normasini oladi. Agar savdo hajmi kam bo’lsa, unda mahsulot bosilib qoladi, komp’aniya investitsiyalangan kapital uchun "salbiy foyda" bilan zarar ko’radi. Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash. Bunday yondashuvni qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qo’lanadi, foyda amalga oshmaydi. Narxni belgilashning bunday strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin. Bundan tashqari, “narxlar urushi”ga tortiladigan firmalar raqiblarini yo’ldan olib tashlashda ushbu usuldan foydalanadi. Nihoyat savdoda magazinlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, "jalb etuvchi" narxlar yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. Narx belgilashning yuqorida ko’rib o’tilgan usullari xarajatlarini hisoblash, to’liq, to’g’ri, o’rtacha, standart va chegaraviy xarajatlar haqidagi axborotlardan foydalanishga asoslanadi. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, chet ellarda qabul qilingan narx o’sishining xarajatlar usullari bizning korxonalarimizda qo’llaniladigan usuldan katta farq qiladi, chunki mamlakatimizda narxlar jahon tovar bozorlariga xos bo’lgan narxlardan oyat farq qiladi. Shu sababli korxonalar mahsulot eksportida tashqi savdo narxlarini ma’muriy yo’l bilan, narx belgilashning odatdagi bozor prinsiplariga tayanib, joriy qiladi. Aksariyat shu turdagi (tarmoq) tovarlarining o’rtacha bozor narxlariga, bozorda eng katta hissaga ega, narx yetakchisi bo’lgan tovarlar narxlariga nisbat beriladi. Ehtiyojlarga qarab narx belgilashdan kamroq foydalaniladi, chunki bunda talab jadalligini doimiy kuzatish, qulay bozorlar yoki yangi bozor segmentlarini izlashga to’ri keldi. Narxlarni turlariga qarab, quyidagicha tasniflash mumkin: ishlab chiqaruvchi belgilagan narx: preysko’rant, kontrakt, hisobiy narxlar; bozor narxi: jahon, monopol, kartel, taklif, talab narxlari; xaridor narxi: iste’mol, ulgurji, chakana, ma’lumotnoma narxlari; statistik narx: o’rta statistik, eksport, joriy import; o’zgarmas narxlar. Jahon narxlari — bu jahon bozoriga chiqqan tovarlar internatsional (baynalminal) qiymatining puldagi ifodasidir. Milliy qiymat miqdori har bir mamlakatda muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zarur abstrakt mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Xalqaro qiymat asosida esa jahon miqyosidagi o’rtacha mehnat jadalligi, ijtimoiy zarur ish vaqti turadi. Yirik eksport-import muomalalari jahon bozori narxlarida tovar bozorlari uchun odatiy hol bo’lgan shartlar asosida, amalga oshiriladi. Ular jahon bozorlaridagi muntazam bitishuvlarda foydala- niladi, to’lovlar esa erkin muomaladagi valyuta hisobida olib boriladi. Jahon bozoridagi narxlar haqida axborot manbalari: oddiy tijorat bitishuvlarida chet el firmalari o’rtasida erkin muomaladagi valyuta hisobida olib boriladigan hisob-kitob narxlari haqida ma’lumotlar; xalqaro tovar birjalari tomonidan e’lon qilinadigan xom ashyo tovarlari (don, kauchuk, mis va boshqalar)ga kotirovkalar; axborotnomalar, narxlar to’risida ma’lumotlar e’lon qiladigan tarmoq jurnallari, xalqaro uyushmalar, yetakchi agentliklar va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning davriy nashrlari; mamlakatdagi importyorlar kontraktlari; tashqi savdo tashkilotlari qo’llaydigan narxlar to’g’risida axborotlar; bitim tuzishdan oldin tayyorlanadigan va ko’zda tutilgan shartnoma narxlari aks etadigan taklif (ofert) lar, faktura-varaqalar, niyatlarto’g’risidagixatlar; preyskoprantlar, kataloglar, BMT va hukumat tashkilotlarining chizmaviy hujjatlari, bojxona statistika ma’lumotlari va boshqa manbalar. Narx belgilash siyosati — korxonalar o’zlarining umumiy maqsadlariga muvofiq narxlar bo’yicha qaror qabul qilganidan keyin kundalik faoliyatida rioya qiladigan umumiy qoidalardan iboratdir. Narx belgilashda firmalar yagona narx siyosati bilan o’zgaruvchan narxlar siyosatining birini tanlashi mumkin. Bir narx siyosatida marketolog mahsulotga yagona narx belgilaydi va uni hamma xaridorlarga har qanday sharoitlarda bir xil taklif etadi. O’zgaruvchan narxlar siyosatini o’tkazish bir xil tovarning o’zini turli iste’molchilarga bozor vaziyatiga qarab, har xil narxlarda sotish imkonini beradi. Shunday qilib, yagona narx siyosatida firmaning oliy rahbariyati narxlarni shakllantirishning metodologik prinsiplarini ishlab chiqadi, ular- ning tarkibi va darajasini tashqi shartnomalar bilan munosabatlar uchun ham, ichki mahsulot yetkazib berishga nisbatan ham belgilaydi. Firma rahbariyati o’zgaruvchan narxlar siyosatini qo’llab, narx belgilashning standart metodolgiyasini ishlab chiqadi hamda har bir buyumga yagona narx joriy etadi, ammo bozor sharoitlari taqozo etgan hollarda bu narxlarda o’zgarishlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikki asosiy siyosati mavjud, bu "qaymoini olish" siyosati va "kirib olish" siyosa- tidir, shuningdek bu yondashuvlarning ayrim turlari ham uchraydi. "Qaymog`ini olish" siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb etish maqsadida narx pasayti- riladi. Shunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi. "Qaymog’ini olish" siyosati samaradorligini bir qator sharoitlar belgilaydi. Bunday yondashuv juda maqsadga muvofiq: birinchidan, mahsulotga bo’lgan talab narxlarga qisman ta’sirchan, ikkinchidan, xaridorlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan kam xabardor va shu sababli belgilangan summani to’lashga tayyor. Uchinchidan, bozor doirasida narx segmentlari mavjud bo’lib, ular mu- ayyan chegaralarda narxni o’zgartirib turishga imkon beradi. Nihoyat, "qaymog’ini olish" siyosati bozorda raqobat bo’lmaganda va shuningdek u bozorda yaqin orada kutilmagan hollarda yaxshi natija beradi. Ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan "qaymoini olish" siyosati bir qator afzalliklarga ega: birinchidan, olinadigan daromad ishlab chiqarish xarajatlarini, garchi ular yangi mahsulotga nisbatan katta bo’lsada, tezda qo’lash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, agar firma dastlab mahsulotni tajriba asosida ishlab chiqarib, keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni rejalashtirsa, "qaymog’ini olish" siyosati yalpi ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilguniga qadar talabni chegaralash maqsadlarida qo’llanilishi mumkin. Yana yuqori narx tovarning yuqori sifati bilan hamohang yuradi, bu esa firmaning shuhratini oshirishga xizmat qiladi. Nihoyat, marketologlar iste’molchilarning narxlarning navbatdagi oshirilishiga nisbatan qarshiligiga duch kelishdan ko’ra dastlabki narxni pasaytirish osonroq ekanligini hisobga oladilar. O’zining jami afzal tomonlariga qaramay, "qaymog’ini olish" siyosatining bir qator kamchiliklari ham bor: birinchidan, yuqori narxlar yuqori foyda beradi va raqiblarning faol qiziqishini uyotadi. Dastlabki narx qanchalik yuqori bo’lsa, bozorda raqiblarning tez paydo bo’lishi ehtimoli ham shu qadar ko’proq. Ikkinchidan, yuqori narxlarni joriy etishda muqobil mahsulotlar narxlarning o’rtacha darajasi nuqtai nazaridan qiyinchiliklar uchraydi. Mabodo yangi mahsulot narxi o’ziga o’xshash mahsulotlarga qiyosan oyat yuqori bo’lsa, bunday mahsulot bozorda yaxshi o’tmasligi mumkin. Uchinchidan "qaymog’ini olish" siyosati marketing strategiyasi va strukturasida o’zgarishlar qilib turishni nazarda tutadi. Masalan, narxlarning pasayib borishiga qarab, keng reklama yakkalab sotishning o’rnini oladi, taqsimlash strukturasi ixtisoslashgan yirik magazinlardan keng iste’mol tovarlari sotiladigan savdo shoxobchalariga qarab suriladi. "Qaymog`ini olish" siyosati qo’llanilgan ayrim hollarda narxlar juda tez pasayib ketgan hollar ham kuzatilgan (cho’ntak kalkulyatorlari va ro’zg’or kompyuterlari bilan shunday bo’lgan edi). Yana boshqa bir holda "poleroid" kor’oratsiyasi bir zumda fotosurat uchun patent sotib oldi va patent muddati amal qilgan vaqt davomida firma yuqori foyda olib keldi, dastlabki narxlar ham unchalik pasaygani yo’q. "Kirib olish" siyosati "qaymog`ini olish" yondashuviga zid bo’lib, past narxlarni joriy qilish va katta hajmli tovar oborotini amalga oshirishga chorlaydi. Bu yondashuvga izdosh bo’lgan firmalar arzon narxlar jozibasi mahsulot sotish hajmini juda oshirib, tovarni yuqori narxlarda sotishga qaraganda ko’proq to’liq daromad keltiradi, deb faraz qiladi. "Kirib olish" siyosati ko’proq bozor narx segmentlariga bo’linmagan va yuqori narxli mahsulotlarni xarid qilishga tayyor bozor "elita"si ("oqsuyaklari") bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Shu sababli bunday siyosatni ijtimoiy ko’zga tashlanmaydigan ("ko’zni o’ynatmaydigan") va ijtimoiy mavqeni, qiyofa ramzini bermaydigan yangi mahsulotlarga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, talab narxga nisbatan ta’sirchanroq va arzonroq narxlar yanada ko’proq tovarni sotishga imkon beradigan sharoitlarda bu siyosatning samarasi ko’zga yaqqol tashlanadi. Nihoyat "kirib olish" siyosati raqobat bo’lgan yoki raqobatchilar bozorga yengilgina kirib oladigan hollarda qo’llaniladi. Marketing rejasida iste’molchilar uchun baholardan chegirishning xususiy tizimi haqida ma’lumot berilishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Baholardan chegirishning maqsadi iste’molchini jalb qilishdir. Baholardan chegirishning eng sodda usuli naqd to’lov evaziga chegirma berish hisoblanadi. Bundan tashqari chegirishlar sotib olinayotgan mahsulot hajmini oshirganligi uchun navbatdagi mavsumning (qishloq xo’jaligida) boshlanishidan avval mahsulot sotib olinganligi uchun qo’llaniladi. Barcha chegirishlarning asosida banklarga to’lovlarni qisqartirish, mahsulotlarning yirik partiyalarini tayyorlash davomida jihozlarni tez-tez qayta sozlashni kamaytirish, ombor xarajatlarini qisqartirish hisobiga sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi xarajatlarini iqtisod qilish yotadi. Inflyasiya hisobiga baholarni korrektirovka qilinishi ham marketing rejasida qayd etilishi lozim. Bu quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling