2. Kichik biznesning bozor
Download 3.2 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ∆A=A a (Q ’ -Q x )
- – jadval. Zaruriy xom ashyo va materiallar sarfi miqdori jadvali.
- – jadval.
- 14.3-jadval.
- 14.4 – jadval.
- Qisqacha xulosalar
- Nazorat uchun savollar
Bh.a – xom ashyo bahosi, so’m;
Ih.a– mahsulot birligi uchun hom ashyo sarfining o’zgarish indeksi. Ih.a=(1-αx.a)bu yerda: αx.a – material sarfining kamayish foizi; Ux.a – xom ashyoning tannarxdagi ulushi. Amortizatsiya ajratmasi bo’yicha iqtisod: ∆A=Aa(Q’-Qx)bu yerda: Aa – mahsulot birligiga to’g’ri keladigan amortizatsiya ajratmasi, so’m; Q’, Qx – reja va hisobot davridagi mahsulot hajmi, ming so’m. Ish haqi xarajatlari bo’yicha iqtisod: bu yerda: I i.x. ∆IX=(1- Im.u. )*Ui.x.; Ii.x – ish haqining o’zgarish indeksi; Im.u. – mehnat unumdorligining o’zgarish indeksi; Ui.x. – ish haqining tannarxdagi ulushi. 3. Reja davri uchun tannarx aniqlanadi: Tr.=Tdas.- ∆T; bu yerda: ∆T – turlitadbirlar natijasida tannarx bo’yicha erishilgan iqtisod. Detallashtirilgan usulda xarajatlarni rejalashtirish dastlab mahsulot uchun zarur bo’ladigan xom ashyo materiallar va yordamchi materiallar sarfini aniqlashdan boshlanadi. Buni jadval ko’rinishida ham amalga oshirish mumkin. – jadval. Zaruriy xom ashyo va materiallar sarfi miqdori jadvali.
Bunda mahsulot birligi uchun xom ashyo va yordamchi materiallar sarfi soha texnologlarining ko’rsatmasi yoki maslahati asosida olinadi. Hisoblar jihozlarni harakatga keltiruvchi elektroenergiya sarfini aniqlashda davom ettiriladi. Bunda jihozni harakatga keltiruvchi elektroenergiya sarfi jihozning texnik xarakteristikasidan olinadi. Bu hisoblar jadval ko’rinishida ifoda etilishi mumkin. – jadval.Jihozlarni harakatga keltiruvchi elektr energiya sarfi.
Hisoblarni ish haqi fondini rejalshtirishda davom ettiriladi. Bunda mehnatga haq to’lash fondini rejalashtirish tartibidan foydalanish tavsiya qilinadi. Amortizatsiya xarajatlarini aniqlash tartibini qo’llash asosida bu sarflar bo’yicha mablag’lar rejalashtiriladi. Amortizatsiya xarajatlarini hisoblashda O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida xususan 144-moddasida belgilangan va quyidagi 14.3-jadvalda keltirilgan me’yorlarga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. 14.3-jadval.Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo’lgan mol-mulk amortizatsiyaning eng yuqori normalarini guruhlanishi.
Yoqilg’i xarajatlarini rejalashtirishda avvalo mavsumiylik e’tiborga olingan holda yillik mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan yoqilg’i yoki bu sarfi mexanikning tavsiyasi bo’yicha olinadi. Barcha xarajatlar bo’yicha aniqlangan miqdoriy ko’rsatkichlar quyidagi jadval havola etiladi. 14.4 – jadval.Ishlab chiqarish uchun reja kalkulyatsiyasi.
Xarajatlarni oqilona rejalashtirish mahsulot narxini pasaytirishga ta’sir ko’rsatib, korxona daromadlarini ko’paytirish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun xarajatlarni rejalashtirishda barcha resurslar bo’yicha sarf me’yorlarini to’g’ri me’yorlashtirish korxona oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Qisqacha xulosalarMahsulot tannarhi- korxonaning mahsulot tayyorlash jarayonida sarflangan xom-ashyo, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar uchun to’lov va harajatlarning pul orqali ifodalanishidir. Mahsulot tannarxining pasayishi asosida qo’shimcha moddiy resurslar yaratilib, mahsulot bahosini pasayishiga imkoniyat yaratiladi. Mahsulot tannarxini to’g’ri rejalashtirishda hisoblash va tahlil etish hamda uning pasayishi manbalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy harajatlarnigina emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish zarur. Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi xarajat guruh turlari ishlatiladi: Iqtisodiy elementlar bo’yicha Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha Harajat elementlari iqtisodiy mazmuni jihatdan bir turda bo’lgan harajatlarni birlashtirsa, kalkulyatsiya moddalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi harajatlarining alohida moddalari bo’yicha pulda ifodalanishini ko’rsatadi. Nazorat uchun savollar:Mahsulot tannarxi tushunchasini ifodalang|? Mahsulot tannarxini shakllantirish tartibini yoriting? Mahsulot tannarxi qaysi belgilarga ko’ra turkumlanadi? Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruxlash mazmunini yoriting? Kalkulyasiya turlari va ular orasidagi farqlarni izohlang? Xarajatlarni yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi? 7.Xarajatlarni detallashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi? Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling