2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
Download 192.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqichda
- Uchinchi bosqichda
Birinchi bosqichda mahalliy ta’sirga ega kichik klasterlar shakllanadi. Mazkur klasterlarni tashkil etishda, hududning asosiy xo‘jalik tarmog‘i tanlanadi va davlat tomonidan huquqiy, moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Klaster ta’sischilari tomonidan asosiy o‘zak korxonalar atrofida ularga bevosita va bilvosita aloqador infratuzilma sharoitlari o‘rganilib chiqiladi. O‘rganish natijalari asosida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi, korxonalarning eksport va import faoliyati soddalashtiriladi. Ushbu bosqichdagi klasterlarga birikkan korxonalarga mahalliy xom ashyoni iloji boricha pastroq narhlarda yetkazib berish, zamonaviy texnika va dastgohlar bilan ta’minlash, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratishda davlat organlarining roli katta bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda respublika ta’siriga ega bo‘lgan yirik klasterlar paydo bo‘ladi. Bu bosqichda esa hududda infratuzilma talab darajasiga olib chiqiladi. Lekin, ishlab chiqarish jarayoni muttasil ortib borishi tufayli tarmoqlarda diversifikatsiya jarayoni ketadi. Shu sababdan qo‘shimcha infratuzilmalarni yaratish davr talabiga aylanadi. Ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalarga alohida e’tibor berish, xalqaro talablar negizida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Uchinchi bosqichda mintaqa ta’siriga ega yirik klasterlar vujudga keladi. Bu klasterlar mintaqada o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lib, ular hudud bozorini o‘rganish uchun marketing ishlarini jadal rivojlantiradi, fan-texnikaning eng so‘nggi yutuq va yangiliklariga ko‘proq e’tibor qaratadi. Mazkur tipdagi klasterlar ko‘proq transchegaraviy hududlarida tashkil etilib, ikki va undan ortiq davlatlarning xo‘jaliklari bilan integratsiyalashadi. Iqtisodiy imkoniyatlari va hududiy qamrovi kengayishi xalqaro miqyosda faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Bugungi egiluvchan va tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida yangilikni birdaniga yirik masshtabda joriy qilish o‘rinli emas. Chunki, har bir tarmoq murakkab tizim hisoblanadi, va ayni paytda, klasterlarda bir qancha tarmoqlarning mavjudligi ularni boshqarish, o‘zaro manfatli sharoitlarni yaratish, mavjud tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liq muammolarni bosqichma-bosqich hal qilish imkonini beradi. Klasterlar tashkil etishda tarmoqlarni biri-biri bilan muvofiqlashtirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bu vazifani asosan klasterning o‘zak korxonalari bajarishi va davlat organlarining faol ishtiroki bo‘lishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda, o‘zak korxonalar quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi: klaster tizimini shakllantirish; tarmoqning boshqa korxona, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi, hamkor tashkilot va davlat organlari bilan kelishuvlariga erishish; tarmoqdagi korxonalarga tizimli ravishda investitsiya, subsidiya, kreditlar berishni tashkil etish; boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish; klasterga birikkan korxonalar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan istiqibolli loyihalar tayyorlash; ilmiy tadqiqot muassasalarini tashkil etish yoki mavjudlari bilan hamkorlik o‘rnatish va boshqalar. Shu o‘rinda, Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, quyidagi uch bosqichli klaster siyosatini olib borish lozim, deb hisoblaymiz: 1. Aniq o‘zak sanoat tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan; 2. Tarmoqlar orasidagi manfaatli hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan; 3. Oqsayotgan sohalarni rivojlantirishga qaratilgan[5]. Jahon tajribasidan ma’lumki, klasterlar tashkil etishning dastlabki bosqichida hukumat faollik ko‘rsatishi zarur. Ayniqsa, yuridik jihatdan asoslangan xujjatlarni yaratishda. Bunda yuridik xujjatlar hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda yaratilishi lozim. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2687 sonli Qarori paxta-to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoatida klasterlashtirish jarayonini tashkil etish va rivojlantirishda dastlabki huquqiy asos sifatida xizmat qildi[1]. Ushbu Qaror qabul qilingandan keyingi davrda iqtisodiyot tarmoqlarida klasterlar iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tashkiliy tuzilmalaridan biriga aylandi. Har bir hudud klasterlar tashkil etishda o‘zining huquqiy asoslariga ega bo‘lishi va mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda klasterlarni takomillashib borishi lozim. Bunday hududlarga oid huquqiy asoslarni mahalliy hokimliklar va ta’sischilar hamkorlikda ishlab chiqishlari maqsadga muvofiq. Klasterlarni an’anaviy ishlab chiqarish tarmoqlaridan farqli jihatlaridan biri ilmiy tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish orasidagi kooperatsion bog‘langanligidir. Buyuk Britaniya tajribasidan kelib chiqib katta ilmiy salohiyatga ega ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi faol mexanizmni yaratish davr talabidir. Mazkur mexanizmga ko‘ra, har bir klaster: texnologik jarayonning borishi va kelajakda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va kelgusidagi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan mahsulotlar yuzasidan tavsiyalar tayyorlash; ekayotgan ekin turlari va ular yuzasidan kelgusidagi yo‘nalishlarni aniqlash; boshqaruv tizimini tashkil etish tartibi va uni takomillashtirish yuzasidan yo‘nalishlarni ishlab chiqish; onlayn bazalar yaratish, ularni doimiy yangilash va takomillashtirish uchun yuqoridagi har bir yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar e’lon qilib borish zarur. Xulosa qilganda har bir tizimni samarali boshqarish ishlab chiqarish jarayonida yarim yutuqga erishish bilan barobardir. O‘zbekiston sharoitida klasterlar tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishda muayyan muammolar paydo bo‘lishi tabiiy holdir. Ulardan biri klasterlar tashkil etishning siyosiylashtirilishidir. Aksariyat holatlarda klasterlardan hududlar zamonaviy brend sifatida foydalanmoqda. Bunday klasterlar davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi hisobiga ularning faoliyati bir tomonlama tahlillar chiqarishga olib kelmoqda. Natijada, bugungi kunda klasterlar rivojlanishining muhim sharti bo‘lgan iqtisodiy raqobat ustunligiga ega bo‘lmaydi. Afsuski, bunday toifadagi “psevdoklasterlar” yoki soxta klasterlarga imkoniyat berilmoqda, aslida erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday klasterlarning rivojlanishi qiyin kechadi. O‘zbekiston sharoitida klasterlarni tashkil etishda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: Kanada tajribasidan kelib chiqib, boshqaruv organlari tomonidan klasterlar har tomonlama qo‘llab quvvatlanishi lozim. Negaki, klasterlar tashkil etishning dastlabi bosqichida davlat ko‘magi muhim o‘rin tutadi. Bu esa klasterlarni davlat tomonidan boshqarishni talab etadi. Shu sababdan klasterlarni markazdan yoki mahalliy hokimliklar tomonidan nazorat tizimini aniqlab olish lozim; mintaqada logistika markazlarini tashkil etish hamda transport- geografik o‘rnini baholash; mamlakat va uning hududlarida iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani qay darajada rivojlanganligini o‘rganish; mamlakatning tabiiy, iqtisodiy imkoniyatlarini aniqlash; mehnat resurslarining malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib borish; mintaqada muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning kelajak rejalari va boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish klasterlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, klaster tizimiga yirik korxonalar bilan birga, balki stabil ish olib borayotgan kichik korxonalarni ham kiritish mumkin. Natijada, hududiy ishlab chiqarish klasterlari kichik va yirik korxonalar o‘rtasida integratsiyasni vujudga keltiradi. Geograflar tomonidan har bir davlat bir butun organizm, deb qaraladi. Shunday ekan, bir butun organizmning hamma organlari me’yorida ishlashi kutilgan natijaga tezroq yetib borish imkonini beradi. Germaniya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan mintaqalarni klaster tizimiga tezroq tortish va ularga alohida e’tibor qaratish muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida taraqqiyotdan ortda qolayotgan mintaqalarning tabiiy, iqtisodiy va demografik imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun klasterlar tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi. Aynan O‘zbekiston iqtisodiyotida to‘qimachilik sanoati maxaliy xom ashyodan qo‘shimcha qiymatli maxsulot yaratadi, axolini ish bilan ta’minlaydi, hudud imkoniyalarni to‘la namoyon qilish imkoniyatini beradi. To‘qimachilik klasterlar tashkil etish qanday afvzalliklarga ega va tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish lozim. Qishloq xo‘jaligiga bozor munosabatlarini unumli joriy etish va boshqa tarmoqlardan orqada qolib ketmasligini ta’minlaydi va orqada qolayotgan qishloq hududlarni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. O‘sish qutublarini shakllantiradi; Qishloq maxsulotlarini qayta ishlash xamda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishda mutannosiblikni ta’minlaydi. Qo‘shimcha qiymatli maxsulot yaratish xisobiga davlatning eksport salohiyatini yuksaltiradi; To‘qimachilikdagi kichik korxorxonalar zamon talabiga mos texnika va texnoliyalar sotib olishda, marketing siyosatini yurg‘azishda, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishda imkoniyatlari cheklangan. Shu sababdan ichki bozorda muvaffaqiyatli ish olib borsada lekin jaxon miqiyosidagi raqobatda yengib chiqa olmaydi bu kamchilikni klasterga birikgan yirik tadbirkorlik amalga oshira oladi; Boshqaruv tizimida ma’muriy tizim emas balki iqtisodiy tizimni joriy etilishi ishlab chiqarish subektlari orasidagi stabil manfaatli xamkorlikni ta’minlaydi. Boshqaruvda va ishlab chiqarishdagi boqimanda ish o‘rinlari qisqaradi. Mexnat intizomi yangicha bosqichga ko‘tariladi ya’ni xamma mexnati va iqtidoriga yarasha xaq oladi va eng muximi vaqt tejaladi; Klasterni barcha bo‘g‘inida resurslardan foydalanishada sof iqtisodiy tizimni joriy etish ulardan tejamli foydalanish imkoniyatlarini beradi; Kadrlar malakasini oshirishda ularni qayta tayyorlashda bevosita yangi kadrlar tayyorlashda katta imkoniyatlar yaratiladi. Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yuzaga keltiradi. Ta’lim talab va taklif asosida shakllanadi buning natijasi o‘laroq tizim innovatsiyalar fabrikasiga aylanadi; To‘qimachilik va u bilan bog‘liq tarmoqlardagi ishlatilmay yotgan sanoat fondlarlardan foydalanish imkoniyati ortadi. Hududdagi boqimanda bo‘lib turgan korxonalarga imkoniyat yaratiladi; To‘qimachilikda, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni qayta ishlashda bugungi kunda eng katta xarajatlar bu mashinasozlik maxsulotlarini sotib olish uchun sarflanayotganligni kundek ravshan. Shu vaziyatni inobatga olib yirik birlashma o‘zining texnlogik tarmog‘iga ega bo‘lishga intilishi bu muammoni qisman yechishda bir yo‘l bo‘ladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uzoq yillar davomida paxta yetishtirishga ixtisoslashdi va bu borada katta tajriba ortirdi. Bu birinchi ustunlik bo‘lsa ikkinchi, mexnat resurslarning ko‘pligi mexnat ko‘p talab qiladigan(ayollar mexnatini)to‘qimachilik sanoati rivojlantirishdagi keyingi ustunlik xisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizga klaster tizimini joriy etish xam aynan to‘qimachilik sanoatida jaddal kechmoqda. To‘qimachilik klasterining quyidagi diagrammasida klasterning o‘zak korxonalarida vertikal integratsion bog‘lanish mavjud bo‘lib bu bog‘lanishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari mavjud bo‘ladi va bu xolatda korxonalar faoliyatidagi davomiylik va xavfsizlik ta’minlanadi. Geografik mujassamlashuv natijasida vertikal bog‘langan to‘liq siklli ishlab chiqarish yanada katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Логистика марказалари Илмий тадқиқот институтлари ва венчур корхоналар Download 192.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling