2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli


Download 192.15 Kb.
bet2/7
Sana09.11.2023
Hajmi192.15 Kb.
#1760293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Faoliyat turi

Ananaviy korxonalar

Klasterga birikgan korxonalar

1.

Asosiy ishlab chiqarish

Qattiy ixtisoslashuv, standart maxsulotlar

Moslashuvchan ixtisoslashuv

2.

Ishlab chiqarish tarmoqlari

Koperativ ishlab chiqarish, markazlashuv

Firma faoliyatini yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirish

3.

Raqobat

Ichki bozorda, mintaqa ichida

Global va chegaralangan hudud

4.

Hududiy joylashtirish

Mintaqa ichida, mintaqalar aro

Geografik yaqin hududlar

5.

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Tarmoqlarda

Klaster tizimiga kirgan tarmoq yig‘indisida

6.

Mexnat resurslari

Mexnat resurslarini kam xarakatliligi

Mexnat resurslarini tez xarakat qilishi

7.

Davlat boshqaruvi

Tarmoq va korxonalarni tartibga solish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish

Klasterga birikgan korxonalarini boshqarishda bazi bir jixatlarini tartibga solish

8.

Birgalikda xarakat qilish mexanizmlari

Rasmiy

Rasmiy va norasmiy

Quyida ko‘rinib turgandek klasterlarning sharoitga tez moslashuvi ishlab chiqarish muassasalarini joylashtirishda aniqligi, mustaqil boshqarilish, mexnat resurslaridan tez omilkorlik bilan foydalanish va boshqa jixatlari bilan ananaviy ishlab chiqarishdan ustunliklariga ega.


Xorijiy tajribalarda klasterlarning shakllanish amaliѐtining uch modelini ajratib ko‘rish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Klasterlarni shakllanishining namunaviy modellari
Birinchi yo‘nalish italyancha model deb atalib ma’lum hududda kichik korxonalar mujasamlashuvi tufayli klaster uyushmalari tashkil etiladi. Korxonalar orasidagi xamkorlik asosan norasmiy shaklda tashkil etilgan. Ular faoliyatining davriyligi aniq emas, boshqaruv tuzilmasi ishonchsiz aksariyat shartomalar asosida ishlaydi. Ikkinchi yo‘nalish aynan ma’lum hududda boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan vertikal va hududiy birikgan korxonalar jamlanmmasidir. Bunday klasterlarda ilmiy tadqiqot institutlari klaster o‘zgini tashkil etadi. Bunday klasterlar Germaniya, Janubiy Koreya Fransiya iqtisodiyotida sinovdan o‘tgan.Uchinchi yo‘nalish esa ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq ilmiy ishlanmalarni yaratishga ixtisoslashgandir bu tashkilotlardir bu klasterlar mintaqada ishlab chiqgan yangi ishlanmalarini tarqatish xisobiga raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.Bunday klasterlar AQSh, Skandinaviya davlatlariva Shvesariyada iqtisodiyotga tadbiq qilingan.
Iqtisodiyoti rivojlangan ko‘plab xorijiy mamlakatlarda hududiy klaster tizimidan foydalanish o‘tgan asrdayoq boshlangan. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning lakamotiv tarmoqlarida klasterlar shakllangan bo‘lib, ular xattoki mamlakatlar chegara hududlarida tashkil etilib bir necha davlat iqtisodiyoti uchun katta foyda keltirmoqda. Shunday ekan, xorij tajribasini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklarini tadqiq qilish klaster tizimini yangi joriy etayotgan mamlakatimizda samarali iqtisodiy siyosat olib borishga yordam beradi.
Amerika qo‘shma shtatlari o‘z iqtisodiyotida hududiy klaster tizimini samarali joriy etgan davlatlar ichida aloxida ajralib turadi va o‘ziga xos hususiyalariga ega. Qo‘shma shtatlarida klasterlarni qo‘llab quvvatlash davlatning milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlaridan kelib chiqdi, birinchidan - o‘zak sanoat tarmoqlarini o‘zida mujassamlashtirgan aniq shakllantirilgan siyosat, ikkinchidan – klasterlarning ma’lum jihatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosat, uchinchidan- biznes va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqadorlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosatdir. AQSh da bugungi kunda bir qancha sanoat klasterlari mutloqo mustaqil faoliyat yuritmokda. Ular orasida eng tarakkiy etgani “Silikon vodiysi” bo‘lib, uning hududida bir qancha yuqori texnologiyali firmalar faoliyat olib boradi. Pittsburg, Akron, Klivlend (Ogayo va Pensilvaniya shtatlari) shaharlari – “toza” energetika texnologiyalari, Boston (Massachusets shtati) shahri – biotexnologiyalar, Ostin, Dallas (Texas shtati) shaharlari – yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan klasterlar mavjud [3]. Agar 1991 yilda AQSh hududdida 9 ta muvaffaqiyatli klaster shakli faoliyat olib borgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 20 dan ortib ketdi. Bu klasterlar xalq xo‘jaligi tarmoqlarida faol aloqalarni ta’minlab turadi. Bu AQShda klasterlar rivojlanishni yangi bosqichiga ko‘tarilganligini hamda tarmoqlararo aloqalar diversifikatsiyasi sodir bo‘layotganini anglatadi. AQShda klasterlarning katta qismi mustaqil bo‘lib, bilimlar va texnologiyalarni yaratdi hamda tarqatish tizimiga ega yani o‘z “texnologik tarmog‘i”ga ega. Klasterga birikkan sanoat korxonalari ilmiy bazaga ega bo‘lib, bu tor ixtisoslashuv imkonini beradi. Amerika sanoat klasterlarini yana bir jixati kichik biznesning egiluvchan, sharoitga tez moslashuvchan stabil ishlayotgan qismini xam o‘z ta’sir doirasiga olgan. Bu esa ichki bozorning xolati bugungi talabi xaqida xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi. AQShda klasterlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga alohida etibor qaratib 2011 yilda mamlakatda “Amerikada texnologiya, ta’lim va ilm-fan rivojlanishiga imkoniyat yaratish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mamlakatda innovatsion klasterlarni qo‘llab quvvatlovchi komissiyasi tuzilgan. Bunda klasterning boshlang‘ich mablag‘lari shtat budjetidan, so‘ngra xususiy kompaniyalar va firma mablag‘lari jalb etilgan. Davlat taraqqiy etayotgan istiqbolli klasterlarga soliqlar, xomashyo sotib olish hamda davlatga tegishli infratuzilmalardan foydalanishga va ilmiy laboratoriyalarni ijaraga olish bo‘yicha aloxida imtiyozlar beradi. Bunda imtiyozlar konkurs va grantlar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Umuman AQShda klasterlarning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar – hududiy joylashuv, ishtirokchilar orasidagi manfaatli xamkorlik mexanizimi, tarmoqlararo aloqalar, yuqori malakali ishchi kuchi va davlat ko‘magi ta’siri ostida sodir bo‘ldi [3].
Amerika qit’asida yana bir samarali klaster tizimini joriy etayotgan davlat bu Kanada bo‘lib, xo‘jaligida klasterlarni rivojlantirishda boshqaruv idoralarning barchasi ko‘maklashishga safarbar qilingan – federal, hududiy va munitsipal. Undan tashqari, Kanada hukumati tomonidan investitsiyalarni jalb qilish, jaxon bozorida ishlab chiqargan maxsulotlarni sotishga ko‘maklashish, istiqbolli ilmiy tadqiqotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ta’lim dasturlarini yaratish, intellektual mulkni himoya qilish va boshqalarga aloxida etibor karatgan. Mamlakat klaster siyosatining o‘ziga xos jihati innovatsion-texnologik klasterlar shakllantirish hisoblanadi. Kanadada federal hukumat Ilmiy tadqiqot kengashi tashkil etilgan bo‘lib, bu kengash innovatsion klasterlar bilan quydagicha yo‘nalishda ish tashkil qilgan: 1) Xududda mavjud infratuzilma bazasida klasterlar tashkil etish; 2) Xududda yangi klaster yadrosiga aylanuvchi «greenfield research center» tadqiqot markazini tashkil etish. [3]. Kengash barcha hududlarda klaster tashkil etish maqsadida “texnologik klaster tashabbuslari”ni tashkil etgan bo‘lib, ular Milliy kengashning mintaqaviy vakolatxonalari tomonidan boshqariladi. Kengashning asosiy maqsadi intellektual kapital rivojlanishini ta’minlash, innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish, klaster ishtirokchilari orasidagi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va boshqalar kiradi.
Germaniya dunyoda o‘ziga xos klaster tizimiga ega davlat sifatida boy tajribaga ega davlat. Davlatda sanoat tarmoqlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni hududiy qolaversa federal manbalar hisobidan moliyalashtiradi . Buning natijasi o‘laroq Germaniyada butun dunyoga mashhur avtomobil klasteri, «Fyoniks» innovatsion markazi, Drezdendagi “Saksoniya kremniy vodiysi” kabilar samarali faoliyat yuritmoqda [4]. Mamlakatda klasterlarni rivojlantirish yo‘li bilan orqada qolayotgan hududlarni rivojlantirish siyosati olib boriladi. Mahalliy xokimyat, oliy ta’lim, banklar va sanoat korxonalari birgalikda tashkil etgan Germaniya texnoparklari yangi innovatsion firmalarga amaliy yordam ko‘rsatadi. Yangi korxona talab darajasida rivojlansa, u bosqichma-bosqich texnopark tarkibiga qo‘shib olinadi. Eng omadli texnoparklar texnologik birikmalarga, ya’ni mamlakat ma’lum hududidagi o‘zaro bog‘liq tarmoqlar yig‘indisi, innovatsion klasterlarga birlashadi. Germaniya klaster siyosatida davlatning vazifasi davlat va hududlar miqiyosida dasturlar ishlab chiqish hamda kuchli sanoat tarmoqlarini endi rivojlanayotgan korxonalar va mintaqalar bilan hamkorlik qilish mexanizimini yaratishdan iborat.
Avstriya klaster tashkil etishda o‘zig xos tajribaga ega, hududida Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar bilan transchegaraviy klasterlarning tashkil etilganligidir. Bunday transchegaraviy klasterlar shakllantirilishi hukumat ko‘magida Avstriya iqtisodiy aloqalar instituti va Avstriya tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion-tadqiqot dasturi doirasida amalga oshirilgan. Avstriyada innovatsion markazlar quyidagi 3 strategiyadan biri asosida tashkil etilishi mumkin 1) Halqaro ahamiyatga ega markazlar tashkil etish (“K1” kategoriya); 2) Davlat ahamiyatiga ega markazlar tashkil etish (“K2” kategoriya); 3) Alohida loyiha va ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiladigan markazlar (“K3” kategoriya) [5]. Bunday uch xil masshtabda klasterlar tashkil etish Avstriya iqtisodiyotini turli bo‘g‘inlarini qamrab olishi bilan xarakterli.
Buyuk Britaniya esa klasterlar tashkil etishda davlatning roli, klasterni joylashtirish va mablag‘ ajratishga ko‘maklashishdan iborat. Qolgan tashkiliy jixatlariga davlatning roli sezilmaydi. Markazlashgan holda klasterlarni joylashgan hudud aniqlanadi hamda mahalliy boshqaruv organlari tomomnidan klasterlashtirish jarayoniga tortiladi va nazorat qilib boriladi. Britaniya iqtisodiyotida klasterlar tashkil etishning o‘ziga xos jixati, mamlakatda oliy ta’lim tizimining tarixan shakllangan kuchli sistemasi klasterlashtirish jarayoniga katta ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Buyuk Britaniyada 1980 yildan biznes va institut hamkorligiga aloxida etibor qaratgan – universitetlarda davlat nazorati ostida texnika texnologiyalarni tarqatuvchi bo‘g‘in shakllantirilgan. Bunday universitetlar qatoriga Texnologiyalar tarnsferi Edinburg markazi, Stokbrij texnologiyalar markazi (qishloq xo‘jaligi), Hudud ifloslanganligini baholash va tiklash imkoniyatlarini tadqiq etish markazi (Edinburg, Naper va Shotlandiya Universitetlari hamkorligida tashkil etilgan) va boshqalarni kiritish mumkin [6].
Finlyandiyada dastlab klasterlarning shakllanish uchun tashqi va ichki bozordagi raqobat muhiti o‘rganadi va tashkil etishni davlat boshidan o‘z qo‘liga oladi. Hukumat topshirig‘i bilan Milliy sanoat strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib uning asosiy vazifasi sanoat tarmoqlarida klasterlar tashkil etishni koordinatsiyalash va nazorat qilish hisoblangan [7]. Mavjud tabiiy resurslardan kelib chiqib, o‘rmon (yog‘ochni qayta ishlash, sellyuloza qog‘oz), energetika (ekologik toza texnologiyalar, energiya samaradorligi), oziq-ovqat, rangli metallurgiya sanoati, qurilish va sog‘liqni saqlash tarmoqlari eng istiqbolli tarmoqlarga aylandi [8]. Har bir klaster ichida ilmiy tadqiqot bo‘limlari tashkil etilib, ularning eng asosiy vazifasi ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni zamonaviylashtrish. mexnat resurslari malakasini oshirish hisoblangan. Finlyandiyadagi yirik klasterlarga «Forest klaster» boshqaruv tadqiqot kompaniyasi, “Kliin” boshqaruv tadqiqot kompaniyasi (energetika va atrof-muhit), “Energon” qayta tiklanuvchi energiya tadqiqot markazi kabilarni misol keltirish mumkin. Klasterlarning innovatsion salohiyatini o‘stirish, ishtirokchilarning innovatsion va kommunikatsion faolligini oshirishga mamlakatda tashkil etilgan innovatsion rivojlantirish fondlari katta hissa qo‘shgan [9]. Ular orasida «Sitra» milliy mustaqil innovatsiya jamoat fondi (1967 yilda Finlyandiya parlamenti qoshida tashkil etilgan), “VVI” Texnik tadqiqotlar markazi, “Tekes” texnologiyalar va innovatsiyalarni moliyalashtirish agentligi (1983 yilda Finlyandiya Savdo va sanoat vazirligi qoshida tashkil etilgan) kabilarni aloxida ajratib ko‘rsatish mumkin. 2007 yilda mamlakatda mintaqaviy innovatsion jarayonlarni boshqaruvchi OSKE (The Centre Expertise Program) dasturi ishga tushirildi [10]. Dastur maqsadlariga erishish uchun boshqaruv-tadqiqot markazlari (Strategic Centres for Sciense Technology and Innovations – «SHOKs» tashkil etildi. Markazlar ilmiy ishlanmalarni to‘plash va ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug‘ullandi. Ushbu markazlarning xarakati o‘laroq Finlandiya ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o‘rinlarga o‘tib oldi. Tanlab olingan loyihalar 1-3 yil davomida davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi, nazorat qilib boriladi. Davlat klasterlarni tajriba almashishi maqsadida ular orasida boglanish tizmini yaratgan. Masalan, mamlakatdagi barcha texnoparklar (2000 ga yaqin) Finlyandiya ilmiy parklari Assotsiatsiyasi “TEKEL”ga a’zo hisoblanadi[11]. Hozirda Finlyandiyada klasterlar rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgan bo‘lib, ularning o‘zaro birlashishi kuzatilmoqda.
Osiyo qit’asida klaster siyosatini Yevropa mamlakatlaridan andoza olgan xolda tashkil etgan davlat Yaponiya xisoblanadi. 2001 yildan mamlakatda ta’lim, fan va texnologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion klasterlar tashkil etish dasturi asosida 19 ta klaster tashkil etildi. Horijiy davlatlardagi innovatsion klasterlardan namuna sifatida foydalangan Yaponiya hukumati tavsiya etgan tuzilma universitetlar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, yirik korxona (asosiy o‘rinda) hamda bir nechta o‘rta va yirik korxonalarni o‘z ichiga oladi [12]. Yaponiya klasterlashtirishda asosiy etiborni fanni rivojlantirishga qaratdi kichik va urta biznes subektlarini bu klasterlar doirasiga tortmadi bu xolat davlatda klasterlar rivojlanishida kutilgan samara bermadi. Innovatsion tuzilmalar va klasterlarni tashkil etish uchun davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilgan bo‘lsada, klasterlarni boshqarishning samarali tizimi shakllantirilmadi [13].

Download 192.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling