2. Konsentratsion stolda boyitish. Konsentratsion stolng tuzilishi va ishlash tartibi


Download 190.41 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi190.41 Kb.
#1558662
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Ma\'ruza

11-jadval
SKP turdagi stolning texnik harakteristikalari

Ko‘rsatkichlari

SKP-15

SKP-22

SKP-30

Yuzaning umumiy maydoni, m2

15

22,5

30

Yuzalar soni

2

3

4

Bitta yuzaning maydoni, m2

7,5

7,5

7,5

Yuzaning tebranishlar chastotasi, min-1

280-350

280-350

300

Tebranishlar amplitudasi, mm

10-20

10-20

10-20

Yuzaning qiyaligi,

0-2

0-2

0-2

°Bo‘ylama ko‘ndalang

0-8

0-8

0-8

Zarrachaning o‘lchami, mm

(-ZN+0,2)

Ishlab chiqarish unumdorligi,t/soat

2-7

3-10

4-14

Elektrodvigatel quvvati, kVt

2,2

2,2

2,2

Qo‘zg‘aluvchi qismlarining og‘irligi, t

1,8

2,1

2,4

Konsentratsion stolning ishlab chiqarish unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog‘liq.


Konsentratsion stolning solishtirma ishlab chiqarish quvvatini quyidagi atash tenglamadan atash mumkin:
q= 0,2 d
bu yerda:- d boyitilayotgan mahsulotning minimal o‘lchami, mm.
Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qatlamlanishga ulgurmaydi, chunki to‘siqchalar orasidagi bo‘shliq og‘ir minerallar bilan o‘ta to‘lgan bo‘ladi va yangidan tushayotgan mahsulot suv bilan yuvilib tushib ketadi.
Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, lekin bunda stolning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan bo‘ladi (ishlab chiqarish quvvati nuqtai nazaridan).
Konsentratsion stolning afzalliklari boyitishning yuqori samaradorligi, mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish va uni darhol sozlash mumkinligidadir.
Stolning kamchiliklari esa solishtirma ishlab chiqarish quvvatining pastligi, binoning ata maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-tez ishdan chiqishi, hamma uzellarni sinchiklab sozlash kerakligi.

Savollar:


1. Ikki spiralli klassifikatorlar qanday funksiyani bajaradi?


2. G‘alvirlarni qanday turlarini bilasiz?
3. KKD, KSD, KMD, ShdP ni ma’nosi nima?
4. Granulometrik tarkib qanday aniqlanadi?
5. G‘alvirlar nima uchun ishlatiladi?
6. Kolosnikli g‘alvir nechanchi bosqichda qo‘llanadi?
7. Birinchi bosqichda qanday maydalagichlar ishlatiladi?
8. Uchinchi bosqichda maydalagichning qaysi turi ishlatiladi?
Shlyuzlarda boyitish.
Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyobmetal­­­­lar) rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi. Shlyuz - to‘g‘ri burchak shaklidagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib, uning tubiga trafaret yoki juni o‘siq mato (kigiz, tuki o‘siq movut, g‘adir-budir rezina va h.k.) to‘shaladi.
Shuningdek, metall trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab harakatlanayotgan zarrachalarga qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo‘lmasligi kerak, o‘z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulotning eng katta zarrachasi o‘lchamidan 2-3 marta katta bo‘lishi kerak.
Bo‘tana shlyuz bo‘ylab harakatlanganda minerallar aralashmasidagi zarrachalar zichligi va yirikligiga qarab ajraladi. (22-rasm).




Download 190.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling