2-kurs 21. 23F guruh talabasi Davronov Shohruhning
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish
Download 1.44 Mb.
|
Yengil atletika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kuchni rivojlantirish
3.Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish
Har tamonlama jismoniy rivojlanish sog`likni mustaxkamlash va sportda muvaffaqiyat qozonmoq uchun jismoniy va ma`naviy irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur ana shu jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish eng avvalo sportchining har tomonlama va mahsus jismoniy rivojlanish prosesidir shunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikga bo`linadi Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda yengil atletikachilarning garmonik rivojlanishi ya`ni harakat muskullaturasini rivojlantirish organizm organlari va sestemalarini mustahkamlash ularning funksional imkoniyatlarini ortirish boshqara olish qobiliyatlarini yaxshilash kuchni tezkorlikni chidamlilikni rivojlantirish chaqqonlikni egiluvchanglikni oshirish qomat va tana to`zilishidagi kamchiliklarni to`zatish ko`zda tutiladi Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, hamma organlar va sestemalarning yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun tabiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko`pincha umumiy ta`sir ko`rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo`naltirilgan mashqlardan foydalaniladi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, chidamlilikni,chaqqonlikni egiluvchanglikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol uynaydi. 4. Kuchni rivojlantirish Kuch ko’paymasi sport mahoratiga etishib bulmaydi. Harakat tezligi hamda chidamlilik va chaqqonlik ko’p jihatdan muskullar kuchiga bog`lik. Ayniqsa Yangi boshlovchi yengil atletikachilarda muskul kuchini rivojlantirish birinchi navbatda o`z muskullarini boshqara olish,ularni kisqartira olish va ko’proq kuch berib kuchlantira olish hisobiga buladi. Yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli garmonik rivojlangan bulishi kerak. Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan ko’p rivojlantirish kerak bulsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak. Kuchni rivojlantirish uchun elementar mashqlardan tortib, to yaxlit yengil atletika turiga qadar har xil dinamik mashqlardan foydalaniladi. Kuchni rivojlantirishda yuk kutarish mashqlari o`z kuchidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini engib bajariladigan mashqlar eng ko’p qo`l keladi. Og`ir yuk bilan masalan,shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga, ayniqsa yirik va baquvvat muskul gruppalariga, yengil yuk bilan bajariladigan mashqlar esa ayrim muskul gruppalariga ta`sir etadi. Katta va maksimal statik kuchlanishli har qaysi mashq bir mashg`ulot mobaynida 5-6 sekunddan 2-4 marta takrorlanadi. Bu metod faqat kattalarga va jismoniy tamondan yaxshi tayyorlangan yengil atletikachilarga tavsiya qilinadi. Yangi boshlovchi yengil atletikachilar gavdadagi hamma muskullarni rivojlantirish uchun ko’proq kuch keladigan xilma-xil jismoniy mashqlar qilishlari kerak. Kuch ko’paytiradigan mashqlar trenirovkaning tayyorlov davrida ko’proq, musobaqa davrida esa kamroq qo`llaniladi. Og`irliklardan eng kattasi odatda shtanga xisolanadi. Uning vazni mashq turiga va trenirovka qiluvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab,o`zgartirib boriladi. Eng kuchli muskullarga ta`sir etish uchun, faqat shtangada klassik mashqlar bilan chegaralanish kifoya bulmaydi. Yengil atletikachiga shtangani erga quyib har xil o`tirib turishlar, engashishlar gavdani aylantirishlar, chalqancha yotgan xolatda shtangani qo`l va oyoq bilan yuqoriga ko`tarish, shuningdek, sherigi bilan har xil mashqlar ham foydalidir. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling