2-kurs 21. 23F guruh talabasi Davronov Shohruhning


Chidamlilikni rivojlantirish


Download 1.44 Mb.
bet5/6
Sana23.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1716762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yengil atletika

5. Chidamlilikni rivojlantirish.

Chidamli bulish yengil atletikachilarga faqat musobaqalarda qatnashish vaqtida emas, balki katta xajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun ham kerak. Chidamlilik umumiy va mahsus buladi.Umumiy chidamlilik har qanday sportchining umumiy jismoniy rivojlanishning tarkibiy qismi bulib, avvalo markaziy nerv sestemasidagi yurak-qon tomir nafas olish va va boshqa sestemalardagi jiddiy ijobiy o`zgarishlarning natijasidir. Yengil atletikada yarim turlarining xususiyatlariga qarab sportchiga maxsus chidamlilik kerak. Umumiy chidamlilik yengil atletikachilarning umumiy ish qobiliyatini va ularning sog`lik darajasini belgilash bilan birga mahsus chidamlilikni rivojlantirish uchun asos bulib hizmat qiladi. U qancha yuqori bulsa shu asosida maxsus chidamlilik ham shuncha yaxshi rivojlanadi. Chidamlilikni ma`lum bir tartibda rivojlantirish kerak. Oldin umumiy chidamlilikni keyin esa maxsus chidamlilikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor berish kerak. Sakrovchilar va uloqtiruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishning asosiy yo`li tanlab olingan yengil atletika turini qisman esa maxsus mashqlarni ko’p martalab bajarishdir.


6. Tezkorlikni rivojlantirish

Harakatlarni tez bajara olish yengil atletikachining muhim fazilatlaridan biridir. Tezkorlik sakrovchining depsinishi, uloqtiruvchining siltashi, sprinterning yugurishi uchun zarur bulibgina qolmay balki tezkorlik bosh fazilat hisoblanmagan atletlarga ham zarurdir. Sportchining harakat tezligi birinchi navbatda muskullarning tarang`lashtirib va bushashtirib turadigan harakatlarni yo`lga solib va boshqarib turadigan bosh miya qobig`ining tegishli nerv faoliyati sabab buladi. Sportchining harakat tezligini uning muskul kuchini oshirish yo`li bilan ancha yaxshilash mumkin. Muskul kuchini oshirish hisobiga harakat tezligi darajasini ko`tarish avvalo juda kuch berish qobiliyatini yaxshilash hisobiga buladi. Harakat tezligini muskullarning elastiklik xususiyatidan foydalanishni yaxshilash bilan oshirish mumkin chunki kerak me`yorda cho`zilgan muskul katta kuch bilan va tez qisqaradi.


Muskullarning elastikligini yaxshilash uchun ularni cho`zadigan maxsus mashqlar bajarish kerak. Tez harakatlarni ayniqsa siklik harakterdagi harakatlarni bajarish paytida shu vaqt faol ishda ishtirok etmayotgan antogonist muskullarni bushata olish muximdir. Harakat tezligini oshirishning eng muxim tamoni yugurish sakrash va uloqtirishning mukkamal texnikasini egallashdir.
Harakat tezligi maxsus mashqlar, tanlangan yengil atletika turini tuliq bajarish va boshqa jismoniy mashqlar vositasida ortadi. Harakat tezligi bir qator boshqa fazilatlarga ham bog`liq bulgani uchun, shu fazilatlarni rivojlantirish ham tezkorlik ortishiga ta`sir kursatadi. Shuning uchun kuchni rivojlantiradigan, muskullar buginlar harakatchanligini yaxshilaydigan maxsus mashqlar qilish kerak buladi. Tezkorlikni rivojlantiradigan maxsus mashqlar turli, mumkin qadar tez harakatlardan, jumladan, sportchi ihtisos olayotgan yengil atletika turi elementlariga maksimal darajada yaqin harakatlardan iborat buladi.
Tezkorlikni oshirish uchun, yengil atletika turida mashq qilishning foydasi ko’proq. Ularni ham, mahsus mashqlardagi kabi, shu paytda turgunlashgan chegaraga yaqin tezlikda va yengillashtirilgnan sharoitda esa undan ham tezroq takrorlash kerak. Trenirvoka mashqlarini takror bajarish o`rtasidagi dam olish atlet tezlikni pasaytirmasdan xuddi usha ishni pasaytirmaydi. Sportchini favqo`lodda vaziyatda tapogonlik qilib tez va samarali harakat qilib shu vaziatdan chiqib ketishga majbur qiladigan mashqlar foydalidir. Yengil atletikachilarda chakqqonlikni rivojlantirish uchun basketbol xokkey qo`l tupi va boshqa o`yinlar tavsiya qilinadi. Ko’pgina yengil atletika turi bilan shug`ullanuvchilar ayniqsa g`ovlar osha yugurish tusiqlar Osha yugurish estafetali yugurish bilan shug`ullanish faqat tezkorlik chidamlilik va boshqa shu kabi fazilatlarnigina emas balki chaqqonlikni ham rivojlantirishga ham yordam beradi. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor berish kerak.
Chaqqonlikni rivojlantirishga trenirovkaning tayyorlov qismida eng ko’p e`tibor berish kerak. Asosan kross yugurish va ochik joylardagi mashqlardan iborat baxorgi trenirovka ham chaqqonlikni rivojlantirishg yordam beradi. Yozda va musobaqa davrida chaqqonlikga qaratilgan maxsus mashqlar uchun vaqt qolmaydi. Bu vaqtda chaqqonlik yengil atletikaning ihtisos olinayotgan turi bilan birga yul yulakay takomilllashtiriladi.
Jahon sport amaliyotida sportchilarni tayyorlashni turli komponentlarini
rivojlantirish, takomillashtirish asosida sport musobaqalariga tayyorlashga ilmiy
asosda yondashilib kelinmoqda. Albatta buning zamirida ko»zlangan natijalarga
erishilmoqda. Ammo yopiq inshoatlarda bo’lib o’tadigan turlarida sport natijasiga
erishishda texnik tayyorgarlik muxim o’rin egallaydi. Chunki, sport natijasi
sportchining texnikaviy ko’rsatkichi bilan bog’liq.
Bu esa sportchini tayyorgarligini asosiy omili hisoblanadi. Yopiq inshoatda
sportchilarning ko’zlangan maqsadga erishishi uchun, texnik takomillashgan
mashg’ulotlar va ularning samarasi alohida yondashuvni talab etadi.
Yengil atletika sport turlarini soni jihatidan ko’pligi va ularning ayrimlari
texnik jixatdan bajarilishi oson ko’ringani bilan uning maromiga yetkazib bajarish
birmuncha qiyin hisoblanadi. Shu jumladan yopiq inshoatlarda texnik harakatlarning
tashqaridan kuzatilishida insonlar uchun yengil tuyuladi lekin, startdan to marragacha bo’lgan xar bir harakatni texnik jixatdan maromiga yetkazib bajarish uchun sportchilarga kami bilan 3-4 yil bazida esa 5-6 yillar zarur bo’ladi.
Biz 2021-2022-yillarda yopiq inshoatdagi musobaqalarini natijalari asosida
tahlil qildik. Ushbu yil ham 26-27.02.2022-yil O’zbekiston Respuplikasi sportni
rivojlantirish vazirligi O’zbekiston Yengil atletika federatsiyasi yopiq inshoatda
yengil atletika bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionatini
o’tkazildi. Ushbu musobaqani tahlil qilish maqsadida ayrim turlaridagi baxslarni
kuzatdik. Bu musobaqa sportchilar o’rtasida bahsga boy bo’ldi deb aytsam xato
bo’lmaydi. Musobaqada umumiy 286 nafar sportchilar ishtirok etdi.Shulardan 184
nafari erkak,102 nafari ayol sportchilarni tashkil etadi
Bu yilgi musobaqani o’tgan yillardagi bo’lib o’tgan musobaqalar bilan
solishtiradigan bo’lsak juda katta farqni ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Albatta bu farqlardan biz faqatgina sportchilarimizning natijalarini qisman
o’sayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Misol tariqasida oladigan bo’lsak o’rta masofaga yuguruvchilarimizning
natijalarida o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. 2021-yil erkaklar o’rtasida 800m
masofaga yugurish bahslarida eng yaxshi natija Avaz Raxmatov 2:02,60 bo’lgan
bo’lsa 2022-yilda esa eng yaxshi natija Mirsaid Buxorov tomonidan 1:55,75 ga
yangilandi. Albatta bu natijalar pandimiyadan keying holat. Pandimiya ham
sportchilarimizga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Endi qizlarimizga keladigan
bo’lsak, qizlarimizda ham natijalari o’zgargan 2021-yil qizlar o’rtasida 800 m
masofaga yugurish bahslarida eng yaxshi natija Kamila Mirsalieva tomonidan
2:34,11 natijasi eng yaxshi deb olingan. 2022-yil hisobidan oladigan bo’lsak bu yilgi
eng yaxshi natija Saboxat Salimjonova tomonidan 2:15,73 natija qayd etildi.
Sportchilarimizning birgina o’rta masofa turidagi natijalarni oladigan bo’lsak ko’zga
ko’rinarli o’zgarishlar bo’lgan ,bu o’zgarishlar albatta sportchilar orasida do’stona
raqobatni kelib chiqishga sabab bo’ladi .Albatta raqobat bor joyda o’sish bo’ladi, biz
sportchilarimizdan faqat yaxshi natijalar kutib qolamiz. Bu natijalarni o’sishi bilan bir qatorda 2022-yil hisobidan yangi rekordlar qayt etildi. Bu rekordlar 4x400mga Mix estafeta yugurish va O’zbekistonda yengil atletikani oqsayotgan turlaridan biri
«langar cho’p»« bilan balandlikka sakrash turlaridan natijalar o’zgarib rekordlar
yangilanmoqda. 4x400m mix estafeta 2021-yil musobaqasida 1-o’rinni Buxoro
viloyatidan Rajabova Malika, Bakieva Fotima, Raxmatillaev Raxmatillo, Nuriddinov Abduxoliq 3:48,53 natija bilan egallagan. 2022-yilgi musobaqaga qaraydigan bo’lsak bu natijalarni solishtirganimizda ancha katta farqni ko’rdik.
3:42,43 natija bilan Toshkent viloyati sportchilari Asal Akbaraliyeva ,Irina
Levina, Shota Shalikashvili, Avazbek Raxmatovlar 1-o’rinni egalladi va rekortni
yangilashdi. 2021-yil va 2022-yil 4x400 mix estafeta musobaqalarini tahlil qiladigan.
Bu albatta sportchilarimiz yil sayin malakalari oshib boryotganini ko’rsatdi. Qizig’i shundaki bu yil «langar cho’p” bilan sakrash turida ham juda qizg’in baxslar bilan rekord o’rnatildi. Bu rekordchi juda yosh sportchimiz Samarqand viloyatidan Jasmina Mansurova ketma-ket uchta 3,40sm, 3,45sm, 3,50sm natijalar bilan rekordlarni o’rnatdi va 1-o’rin soxibasiga aylandi.
Erkaklar o’rtasida Toshkent viloyatidan Po’latov Xait Ali 3,70sm
natija qayt etdi. Ko’rinib turibdiki yengil atletikaning «langar cho’p ««bilan sakrash
turidan o’g’il bolalar o’rtasidagi bahslarning natijalari juda past. Natijalarni
yaxshilash uchun respuplikamizda yosh murabbiylarni malakasini oshirish bo’yicha
ishlar olib borilishi zarur.


Xulosa
Har tamonlama jismoniy rivojlanish sog`likni mustaxkamlash va sportda muvaffaqiyat qozonmoq uchun jismoniy va ma`naviy irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur ana shu jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish eng avvalo sportchining har tomonlama va mahsus jismoniy rivojlanish prosesidir shunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikga bo`linadi
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda yengil atletikachilarning garmonik rivojlanishi ya`ni harakat muskullaturasini rivojlantirish organizm organlari va sestemalarini mustahkamlash ularning funksional imkoniyatlarini ortirish boshqara olish qobiliyatlarini yaxshilash kuchni tezkorlikni chidamlilikni rivojlantirish chaqqonlikni egiluvchanglikni oshirish qomat va tana to`zilishidagi kamchiliklarni to`zatish ko`zda tutiladi
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, hamma organlar va sestemalarning yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun tabiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko`pincha umumiy ta`sir ko`rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo`naltirilgan mashqlardan foydalaniladi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, chidamlilikni,chaqqonlikni egiluvchanglikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol uynaydi.
Kuch ko’paymasi sport mahoratiga yetishib bo’lmaydi. Harakat tezligi hamda chidamlilik va chaqqonlik ko’p jihatdan muskullar kuchiga bog`liq. Ayniqsa Yangi boshlovchi yengil atletikachilarda muskul kuchini rivojlantirish birinchi navbatda o`z muskullarini boshqara olish,ularni kisqartira olish va ko’proq kuch berib kuchlantira olish hisobiga buladi. Yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli garmonik rivojlangan bulishi kerak. Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan ko’p rivojlantirish kerak bulsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak. Kuchni rivojlantirish uchun elementar mashqlardan tortib, to yaxlit yengil atletika turiga qadar har xil dinamik mashqlardan foydalaniladi. Kuchni rivojlantirishda yuk kutarish mashqlari o`z kuchidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini engib bajariladigan mashqlar eng ko’p qo`l keladi. Og`ir yuk bilan masalan,shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga, ayniqsa yirik va baquvvat muskul gruppalariga, yengil yuk bilan bajariladigan mashqlar esa ayrim muskul gruppalariga ta`sir etadi. Katta va maksimal statik kuchlanishli har qaysi mashq bir mashg`ulot mobaynida 5-6 sekunddan 2-4 marta takrorlanadi. Bu metod faqat kattalarga va jismoniy tamondan yaxshi tayyorlangan yengil atletikachilarga tavsiya qilinadi.
Yangi boshlovchi yengil atletikachilar gavdadagi hamma muskullarni rivojlantirish uchun ko’proq kuch keladigan xilma-xil jismoniy mashqlar qilishlari kerak. Kuch ko’paytiradigan mashqlar trenirovkaning tayyorlov davrida ko’proq, musobaqa davrida esa kamroq qo`llaniladi. Og`irliklardan eng kattasi odatda shtanga xisolanadi. Uning vazni mashq turiga va trenirovka qiluvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab,o`zgartirib boriladi. Eng kuchli muskullarga ta`sir etish uchun, faqat shtangada klassik mashqlar bilan chegaralanish kifoya bulmaydi. Yengil atletikachiga shtangani erga quyib har xil o`tirib turishlar, engashishlar gavdani aylantirishlar,chalqancha yotgan xolatda shtangani qo`l va oyoq bilan yuqoriga ko`tarish, shuningdek ,sherigi bilan har xil mashqlar ham foydalidir.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling