2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


To‘liq (butun) belgilar uchun kurash


Download 1.31 Mb.
bet15/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

To‘liq (butun) belgilar uchun kurash. 1949 yilda XXR tashkil topishi bilan lotinlashgan “omma­lar tili” “to‘rtburchakli yozuv” kabi tez unutildi. Iergolifik yozuv­ning islohoti soddalashtirilgan ierogliflar va uning gra­fik qismlarini kiritish bilan chegaralandi. Ikki mingdan or­tiq ierog­liflarga taalluqli bo‘lgan soddalashtirishlar ilgari ham tez yozuvda va ommlar tilidagi badiiy adabiyotda qo‘llanilar edi.
Xitoyda tatbiq etilgan soddalashtirilgan ierogliflar BMT tomonidan tashkilotning rasmiy va ishchi tillaridan biri bo‘lmish zamonaviy xitoy tili uchun standartlar sifatida tan olingan. Bunday soddalashtirishlar Singapur va Janubiy-Shar­qiy Osiyoning boshqa davlatlarida yashayotgan “dengiz orti xitoy­liklar” tomonidan ham ishlatilib kelmoqda.
Shu bilan birga Xitoyda o‘rta me’yordagi lingvistik yangi kiritishlar kommunistlar g‘alabasidan keyin zodagonlarning ko‘pchiligi, shu qatorda filologlar ham ko‘chib kelgan Tayvanda qabul qilinmay kelgan.
Natijada ierogliflarning kutilgan yagonalashtirish (uni­fi­katsiya) jarayoni xitoy tilida so‘zlovchi Osiyo miqyosida bo‘lib o‘tmadi. Tayvan va Gonkong “to‘liq” belgilarni qo‘llab kelishgan va qo‘llashni davom ettirmoqda, bu orada XXRda “to‘liq” bel­gi­lar faqat husnixatda va xorijiy xitoyliklar uchun bo‘lgan nashr­larda ishlatilmoqda.
50-60-yillarda, ayniqsa “madaniy inqilob” davrida, “uchta Xitoy” o‘rtasidagi muloqot juda ham pasayib ketgan edi, ierog­liflardagi farqlanish uncha sezilmagan. Den Syaopin tomonidan “ochiqlik siyosati” amalga oshirilishi hamda Xitoyga Tayvan va Gonkongdan sarmoyalarning oqimi kirib kelishi bilan 2 ta ierog­lifik tizim o‘zaro ta’sirga kirishib, ular o‘rtasida raqo­bat boshlanib ketdi.
Xitoyga, o‘zining tarixiy vataniga minglab ishbilarmonlar va sayohatchilar kela boshladi, ular o‘zlarining gazeta va jurnal­larini, texnik va rasmiy adabiyotni olib kirdilar. Ieroglif­larning bekor qilingan variantlari nafaqat qadimiy madaniyat, balki moliyaviy hujjatlarga kirib borganligi sababli, zamona­viy iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘lana boshladi. Modaga aylan­gan to‘liq belgilar “modaga kirdi” va ko‘pincha reklama va osma pesh­taxtalarda paydo bo‘lmoqda, ayniqsa xitoy poytaxtidan tash­qarida (chetda). Masalan, Shanxayning ko‘chalarida yozma husnixat­li yozuv­lar bilan birga bosma variantlari ham har qadamda uchrab turadi.
Bir milliard aholiga ega bo‘lgan qit’a Tayvanda ham yozuv­ning bu variantini inkor qilib bo‘lmadi. Soddalashtirilgan ierog­liflar qo‘ldan yozilgan norasmiy matnlarda ishlatiladi hamda xitoy tilini o‘rganuvchi chet ellik talabalarga o‘qitiladi.
Buning natijasida xitoy yozuvi bilan bog‘liq bo‘lgan murak­kab vaziyat yanada qiyinlashib bormoqda. Zamonaviy xitoy tili­dagi matnlarni o‘qish uchun (shu qatorda kompyuter ekranida ham) ikki variantdagi, ya’ni to‘liq va soddalashtirilgan belgili ierogliflarni bilish kerak.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling