2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Kalitlar
Ma’lum guruhga oid so‘zlarni ifodalash uchun xitoy ieroglifida murakkab ieroglif tarkibida shu guruhni ifodalovchi belgilardan foydalanildi va bular kalitlar yoki semantik determinativlar deb ataldi. Masalan, o‘simliklarga oid barcha so‘zlar tarkibida 木 mu “daraxt” belgisi bor. Ma’lum buyumning yasalishida xom-ashyoning o‘zgarishi bilan shu so‘zning kaliti ham o‘zgaradi. Masalan, 抢 qiang ieroglifi qurol-aslaha so‘zini so‘zini ifodalaydi, faqat yog‘ochdan yasalganini. Zamon taraqqiyoti bilan qurollar metalldan yasala boshlandi va 木 mu “daraxt” kaliti jin kaliti bilan almashtirildi. Natijada, bugun qurol ma’nosini ifodalovchi, bir xil oxangga ega ikkita so‘z mavjud. Bu so‘zlardagi ma’noviy farq esa kalitdan anglashiladi. Kalit sifatida oddiy ierogliflardan foydalaniladi. Kalit va fonetiklar miqdorining aniq hisobi turli manbalarda turlicha va bu tilga ilmiy yondashuvlarning o‘zaro farqlari bilan bog‘liq. Shuni takidlash kerakki, kalitlarni hisobga olib borish katta ahamiyatga ega, zero lug‘atlarda so‘zlarni aynan kalitlarga qarab joylashtirish qulay hisoblanadi. mil. avv. I asrda Syuy Shen tomonidan tuzilgan “shuowenjiezi” lug‘atida ham ierogliflar 540 ta kalit bo‘yicha tartiblangan. VI asrda Gu Ye Van tomonidan tuzilgan “语 篇 yupian” lug‘atida 542 ta kalitdan, XI asrda taniqli davlat arbobi va olim Sima Guan(1019-1086) tomonidan tuzilgan “类篇 leipian” lug‘atida shu miqdordagi kalitlardan foydalanilgan. Vaqt o‘tishi bilan til ustida katta mehnat qilindi va kalitlar soni kamayib bordi. Xitoy ieroglif tizimida muhim ahamiyat kasb etgan lug‘at 1633 yilda nashr etilgan “自会 zihui” lug‘ati bo‘lib, “zengzitong” nomi bilan 1705 yilda ham bosilgan. Unda kalitlar soni 214 tagacha qisqartirilgan bo‘lib, aynan shu kalitlar tizimi ommaviy qabul qilinib, to bugungacha o‘zgartirilmay foydalanib kelinmoqda. Ieroglif lug‘atlari ham shu kalitlar asosida tuzilib nashr etilmoqda. Fonetiklar Fonetiklar murakkab ierogliflar tarkibida kelib, ieroglifning talaffuzini belgilab beradi va ular taxminan mingtadan ko‘proq. Fonetik bo‘yicha lug‘at tuzishga bo‘lgan urinish dastlab 1823 yilda bo‘ldi va bu lug‘atda u yoki bu fonetik guruhga mansub bo‘lgan ierogliflar o‘z navbatida kalitlari bo‘yicha ham tartiblangan edi. Fonetik guruhlar bo‘yicha tartiblangan lug‘atlar ommalashmadi, biroq ilmiy doiralarda, tarixiy izlanishlarda va ayniqsa, tilning tovush tizimi bilan bog‘liq izlanishlarda keng qo‘llanildi. Shved olimi sinolog B. Karlgren keng miqyosda olib borgan ishlarini “Grammar-ta Serica”(1940) asarida bayon etadi. U 1260 ta fonetikni keltirgan. Til taraqqiyoti bilan so‘zlarning talaffuzi o‘zgargan, xos tovushlar yo‘qolgan, boshqalari yangidan paydo bo‘lgan, so‘zlarning ohangdorligi o‘zgargan. Lekin ierogliflarning grafik strukturasi asrlar davomida o‘zgarmasdan qolavergan. Oqibatda zamonaviy xitoy tilida bir xil fonetikka ega bo‘lgan so‘zlar ma’nosi butunlay farq qilmoqda. Masalan, hozirgi zamon xitoy tilida gong ofnetikli ieroglif quyidagicha o‘qiladi: 功 gong «yutuq», «jasorat» 空 kong «bo‘sh», «bo‘shliq» 红 hong «qizil» 江 jiang «katta daryo» 项 xiang «band», «paragraf» Zhao fonetikli ierogliflar quyidagicha o‘qiladi: 兆 zhao «festonlar bilan bayroq» 桃 tao «shaftoli» 跳 tiao «yuqoriga sakramoq» 挑 tiao «xodada yuk tashimoq» 眺 tiao «diqqat bilan qaramoq» Tovushlarning, xususan, bo‘g‘in boshi undoshlarning o‘ziga xos o‘zgarishi xitoy tilidagi tovushlardagi tarixiy o‘zgarishlarning qonuniyatlarini aks ettiradi. Ba’zi bir fonetiklar ieroglifning bir xil bo‘lgan o‘qilishiga ko‘rsatib turadi. Shunday qilib, bin ieroglifi sikl belgisi, «yong‘in, olov», bin «yorqin», «aniq» yoki uning grafik variantlari uchinchi ohang (ton)ga tegishli, lekin bin ieroglifi «dastak», «qo‘lda ushamoq», «kasallik», «ziyon yetkazmoq», bin «qattiq», «mustahkam» to‘rttinchi ohang (ton)ga tegishlidir. Ohangdagi farqlanishlarni inobatga olgan holda, shunday «turg‘un» fonetiklarning soni nisbatan ko‘p emas, shu bois ierogliflarni o‘qishda fonetiklardan amaliy foydalanish qiyinchilik keltiradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling