2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Murakkab ierogliflar
Murakkab ierogliflarning paydo bo‘lishi va shakllanishi mavxum so‘z va tushunchalar miqdorining o‘sib borishi bilan izoxlanadi. Yangi so‘zlarni oddiy piktogramma va belgilar bilan yozuvda ifodalashning imkoni yo‘q edi. Yangi so‘zlarni hosil qilish piktogrammalar va belgilarni qo‘shish orqali hosil qilindi va bunda yangi so‘zning ma’nosi va yangi so‘z tarkibidagi piktogramma ma’nosi o‘rtasida bog‘liqlik bor edi. Masalan, 木 mu – daraxtni anglatadi, ikkitasi birgalikda murakkab ieroglifni tashkil etib, 林 lin (o‘rmon) morfemasini hosil qiladi, uchtasi bir ieroglifga birlashib, “changalzor” deb ataladi va soya ma’nosini beradi. 东 dong (sharq) ieroglifi 木 mu (daraxt) va 日 ri (quyosh) belgilaridan, (ya’ni, daraxtzor ortidan ko‘tarilib kelayotgan quyosh) tashkil topgan. 男 nan ieroglifi esa 田 tian (dala) va 力 li (kuch) belgilaridan (ya’ni, daladagi kuch) tashkil topgan. Ieroglif yaratishning bunday usulining yaratilishi yozuvning yanada yoqori darajaga chiqqanligini anglatadi; yozuvda ideogrammalar (会惠 huiyi) paydo bo‘ladi. Ideogrammalar murakkab sintetik belgilar bo‘lib, odatda ikkita belgidan iborat bo‘ladi va bu belgilar ma’no jihatdan ideogramma ma’nosiga aloqador bo‘ladi. Ideogrammaning ikkala qismi ham ma’no anglatadi, faqat ideogrammaning talaffuzi uning qismlarining talaffuziga bog‘liq bo‘lmaydi. Talaffuzdagi bu nomuvofiqlik xitoy ieroglifining ideogrammalariga xos xususiyat hisoblanadi. Ideogrammalar hosil qila olish mavxum so‘zlarni ifodalashda juda qo‘l keladi. Shuni aytish kerakki, doim ham ideogramma tarkibidagi belgining ma’nosi anglab olish oson bo‘lmaydi. Ba’zida murakkab ierogliflarning tarkibiy qismlarini oydinlashtirish uchun chuqur taxlil qilish kerak bo‘ladi. Ideogrammalar orqali so‘zlar yasash imkoniyati paydo bo‘lgan bo‘lsada, amalda yangi xosil qilingan so‘zlarni yodda saqlash mushkul edi. Bu odatda ma’nosi o‘xshash so‘zlarning barida asosiy so‘z ishtirokini talab qilar edi. Shu kabi ideogrammalar bilan bog‘liq murakkabliklar ieroglif yozuvida fonetik usul keng tarqalishiga olib keldi. Bunda so‘zlarning ohangidagi farqni yozuvda ifodalash uchun ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Misol uchun, 马 ma ieroglifi, “ot” ma’nosini beradi, deyarli shunga oxangdosh so‘z 吗 ma ieroglifi esa (qo‘shimcha nü (ayol) belgisi bilan) ona ma’nosini beradi, quyidagi so‘zlarga e’tibor bering: 骂 ma-“so‘kmoq” (口 kou-“og‘iz” belgisi bilan); 蚂 ma-“chumoli” (虫 chong-“hasharot” belgisi bilan). Shu bilan xitoy ieroglifi taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi – yangi hosil bo‘layotgan ierogliflar murakkab fonogrammaga ega edi. Bunda yangi hosil bo‘layotgan ierogliflarning tarkibida fonetik ko‘rsatkichidan tashqari yana qo‘shimcha belgisi – uning yangi ma’nosiga ishora qiluvchi semantik determinativi yoki kaliti bor edi. Ko‘p hollarda murakkabroq ierogliflarda fonetika va kalitdan iborat fonogrammaning o‘zi fonetika vazifasini bajarib berar edi. Fonetik yozuv rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan qoidalardan biri bu “o‘zlashtirma so‘z”lardir (xitoycha 假借 jıajıe). O‘zlashtirma so‘zlarning moxiyati shunda ediki, bunda yangi so‘zni ifodalash uchun oxangdosh bo‘lgan eski ierogliflardan xech qanday belgi-kalitlarni qo‘shmasdan foydalanildi. Masalan, piktogramma xisoblanadigan, bug‘doyning ma’lum bir turini anglatuvchi 来 lai ieroglifi “kelmoq” morfemasi uchun o‘zlashtirma bo‘lib xisoblanadi. Qaynatilgan go‘sht uchun idish ma’nosini beruvchi 豆 dou ieroglifi esa dukkakli donlarni ifodalash uchun foydalanilgan. Bu qoida bo‘yicha yasaladigan so‘zlarga chetdan o‘zlashgan so‘zlar ham kiradi. Biroq, bunda faqatgina talaffuz oxangi saqlanib, ierogliflar o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Masalan, 蒙古 menggu “Mongoliya”(蒙 meng “qoramtir” va 古 gu “qadimgi” ierogliflaridan). Bu qoidada ieroglif sof holatda fonetik belgiga aylanadi. Bugungi kunda fonogrammalar ierogliflarning eng keng tarqalgan turi bo‘lib, ierogliflarning 80%idan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Yangi ierogliflar ham aynan shu usulda yasalmoqda. Bugungi kunda ideografik usul ko‘p qo‘llanmoqda va deyarli barcha hollarda fonetik usul bilan birgalikda qo‘llanilmoqda. Biroq, bu degani xitoy ieroglif yozuvi xarfli yozuvga aylanayapti degani emas. Turli so‘zlarda ayni belgilar turlicha ohangga ega bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, yozuv hamda uning talaffuzi o‘rtasidagi bog‘liqlik juda murakkabligicha qolmoqda. Shunday qilib, dastlabki ieroglif belgilaridan bo‘lgan tasvirli belgilar va ko‘rsatkichli belgilarning birikishidan murakkab ierogliflar hosil bo‘ldi. Bular ideogrammalar va fonogrammala edi. Bu to‘rtta ieroglif turlari birgalikda xitoy ieroglif yozuvini tashkil etadi va dastlabki belgilar mustaqil ravishda is’temolda qo‘llanmasdan, balki faqatgina murakkab ierogliflar tarkibida uchraydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling