2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shma (birikma) undoshlar (affrikat)
Sirg‘aluvchilar (frikativ)
Xitoy tilidagi barcha sirg‘aluvchilar ([s, z (r)] dan tashqari) juftsiz undoshlar sanaladi. Ular hech qanday farqlanish turiga ko‘ra juft hosil qilmaydi: jarangli-jarangsiz, nafasli-nafasli bo‘lmagan va h.k. Asosiy akustik xususiyati, ya’ni, biron bir frikativlar boshqasidan farqlanish xusisiyati bu – mos frikativ undoshlarning talaffuzidagi shovqinning ishtrokidir. Adabiyotda [z] undoshi frikativ [s’] undoshining juftligi emas taxminlari mavjud. Bu masalani biz [s’, z] undoshlarini ta’riflayotganimizda ko‘rib chiqamiz. Xitoy tilidagi barcha sirg‘aluvchi tovushlar kuch bilan talaffuz qilinadi. [f] xitoy tovushi shovqinli, lab-tish, sirg‘aluvchi. Zamonaviy xitoy tilida [f] undoshining jarangli jufti yo‘q, ammo, qadimgi xitoy tilida [v] undoshi shu o‘rinda qo‘llanilardi. [s] xitoy tovushi shovqinli, til oldi, milk undoshi, jarangli undosh. [s’] xitoy tovushi shovqinli, til oldi, tanglay oldi, jarangli undosh. [h] xitoy tovushi shovqinli til orqa, sirg‘aluvchi jarangsiz undosh. [x] xitoy tovushi shovqinli til o‘rta, jarangsiz. Qo‘shma (birikma) undoshlar (affrikat) Xitoy tili tovushlar tizimida affrikatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Xitoy tili affrikati ham qorishiq-portlovchilar singari nafasning ishtroki bilan farqlanadi. Tovush paychalarining ishtroki ahamiyatli emas: nafaslilar singari nafasli bo‘lmaganlar ham jarangsizdir. Xitoy tili affrikatlarining hosil bo‘lish o‘rnini va ularning asosiy farqlanish xususiyatini bilish uchun affrikat bu - tilda mavjud 2 mustaqil tovushni qo‘shilishidan emasligini, balki, 1 murakkab tovushning talaffuzida qo‘shma boshi va sirg‘aluvchi yakuni bor tovush ekaniga ahamiyat berish kerak. Ya’ni tovush bir yerda (masalan: tilning oldi qismida) hosil bo‘ladi. Xitoy tilida ba’zi affikatlarning 2 qismi bo‘lib, mustaqil ham, alohida ham bo‘laolmaydigan tovushlar xizmat qiladi. Masalan: [z] va [j]tovushlari til oldi va til o‘rta sirg‘aluvchilar bo‘lsada, Pekin shevasida bunday tovush yo‘qituvchi. [z] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangli. [c] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangsiz, kuchli. [z’(zh] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangli. [c’(ch)] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangsiz, kuchli. [j] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til o‘rta, jarangli, nafasli bo‘lmagan. [q] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til o‘rta, jsarangsiz, kuchli Sonantlar Bu guruh undoshlarga musiqiy jarangdorligi shovqindan balandroq bo‘lgan tovushlar kiradi. Ularning talaffuzida tovush paychalari hardoim titraydi; ammo xitoy tilida sonorlar hech qachon bo‘g‘in hosil qilmaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling