2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet20/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Sirg‘aluvchilar (frikativ)
Xitoy tilidagi barcha sirg‘aluvchilar ([s, z (r)] dan tashqari) juftsiz undoshlar sanaladi. Ular hech qanday farqlanish turiga ko‘ra juft hosil qilmaydi: jarangli-jarangsiz, nafasli-nafas­li bo‘lmagan va h.k.
Asosiy akustik xususiyati, ya’ni, biron bir frikativlar bosh­qasidan farqlanish xusisiyati bu – mos frikativ undoshlar­ning talaffuzidagi shovqinning ishtrokidir.
Adabiyotda [z] undoshi frikativ [s’] undoshining juftligi emas taxminlari mavjud. Bu masalani biz [s’, z] undoshlarini ta’riflayotganimizda ko‘rib chiqamiz. Xitoy tilidagi barcha sir­g‘a­luvchi tovushlar kuch bilan talaffuz qilinadi.
[f] xitoy tovushi shovqinli, lab-tish, sirg‘aluvchi. Zamo­na­viy xitoy tilida [f] undoshining jarangli jufti yo‘q, ammo, qadimgi xitoy tilida [v] undoshi shu o‘rinda qo‘llanilardi.
[s] xitoy tovushi shovqinli, til oldi, milk undoshi, ja­rang­li undosh.
[s’] xitoy tovushi shovqinli, til oldi, tanglay oldi, ja­rang­li undosh.
[h] xitoy tovushi shovqinli til orqa, sirg‘aluvchi jarangsiz undosh.
[x] xitoy tovushi shovqinli til o‘rta, jarangsiz.
Qo‘shma (birikma) undoshlar (affrikat)
Xitoy tili tovushlar tizimida affrikatlar ko‘pchilikni tash­kil etadi. Xitoy tili affrikati ham qorishiq-portlovchilar sin­gari nafasning ishtroki bilan farqlanadi. Tovush paycha­la­ri­ning ishtroki ahamiyatli emas: nafaslilar singari nafasli bo‘lmagan­lar ham jarangsizdir. Xitoy tili affrikatlarining hosil bo‘­lish o‘rnini va ularning asosiy farqlanish xususiyatini bilish uchun affrikat bu - tilda mavjud 2 mustaqil tovushni qo‘shi­lishi­dan emasligini, balki, 1 murakkab tovushning talaf­fuzida qo‘shma boshi va sirg‘aluvchi yakuni bor tovush ekaniga ahamiyat be­rish kerak. Ya’ni tovush bir yerda (masalan: tilning oldi qismida) hosil bo‘la­di. Xitoy tilida ba’zi affikat­lar­ning 2 qismi bo‘lib, mustaqil ham, alohida ham bo‘laolmaydigan tovushlar xizmat qila­di. Masa­lan: [z] va [j]tovushlari til oldi va til o‘rta sirg‘aluv­chilar bo‘l­sada, Pekin shevasida bunday tovush yo‘qituvchi.
[z] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangli.
[c] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangsiz, kuchli.
[z’(zh] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangli.
[c’(ch)] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til oldi, tanglay oldi(alveolyar), jarangsiz, kuchli.
[j] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til o‘rta, jarangli, nafasli bo‘lmagan.
[q] xitoy undoshi shovqinli qo‘shma, til o‘rta, jsarangsiz, kuchli
Sonantlar
Bu guruh undoshlarga musiqiy jarangdorligi shovqindan ba­landroq bo‘lgan tovushlar kiradi. Ularning talaffuzida to­vush paychalari hardoim titraydi; ammo xitoy tilida sonorlar hech qachon bo‘g‘in hosil qilmaydi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling