2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Konversiya orqali hosil bo‘lgan yasalishlar


Download 1.31 Mb.
bet28/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Konversiya orqali hosil bo‘lgan yasalishlar
Xitoy tilida konversiya deb nomlanuvchi so‘z yasalish turi keng tarqalgan. Yangi so‘z bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z tur­kumiga o‘tish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Misol tariqasida rus tilidagi “pech” (rus uylarida ovqat va non pishiradigan tandir sifat qurilma) – otni va “pech” (yopmoq, pishirmoq /nonni/) – fe’lni keltirish mumkin. Shu kabi so‘zlar o‘zlarining lug‘aviy dastlabki (ya’ni “nolinchi”) shakl­larida o‘x­shash bo‘lib, boshqa grammatik shakllarda farq qiladi. Masalan, “pech” ot sifatida son va kelishiklar bo‘yicha: “pech – pechi, pechey, na pechi “, “pech” fe’li zamon va shaxs bo‘yicha: “peku, pechyosh, pekla, pekli” kabi o‘zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Xitoy tili uchun konversiya orqali ko‘pgina fe’llar, fe’l­dan yasalgan (harakat) nomlar hosil bo‘lishi xos hodisa. Hosil bo‘lgan shakllar lug‘atdagi dastlabki shakl bo‘yicha bir xil bo‘lib, gram­matik funksiyalari bo‘yicha bir biridan anchagina farq­lanadi.
Qiyoslaymiz: 讨论 taolun «muhokama qilmoq» va 讨论 taolun «muhokama qilish», 发音fayin «talaffuz qilmoq» va 发音 fayin «talaffuz qilish» va h.k.
Chet tillaridan o‘zlashtirishlar
Xorijiy so‘zlarning Xitoy kirib borishining birinchi se­zi­larli jarayoni eramiz birinchi asrida mamlakatda buddizm­ning tarqalishi bilan boshlangan, ayniqsa, IV – IX asrlarda bu jarayon juda ham jadal sur’atlarda amalga oshgan. Hindis­ton­lik buddaviy monax (ruhoniy)lar xitoy tiliga sanskrit tilidan buddaviy adabiyotni tarjima qilishgan, va’z (nasihat)lar qi­lish­gan va shu orqali ko‘pgina sanskrit so‘zlarining xitoy ti­lida tarqalishiga va saqlanib qolishiga ko‘mak qilishgan. Odatda bu jarayon davomida ko‘p tarkibli so‘zlar xitoy tilida ikki tarkibli so‘zlar ko‘rinishigacha qisqartirilar edi.
Ba’zan transkripsiyaga uchragan so‘zning bo‘g‘inlaridan biriga ma’no berilar edi. 婆罗门 poluomen «braxmanizm» so‘zida 门 men shaklida yozilgan oxirgi bo‘g‘in «maktab, sekta, oqim» ma’nosiga ega bo‘ldi. Huddi shu prinsipda 佛fojing «buddaviy klassik­lar» so‘­zi­da oxiridagi 经 jing bo‘g‘in «kanon, qoida» ma’nosini anglatadi.
Mo‘g‘ul va manchjurlar ta’siri xitoy leksikasida uncha kat­ta bo‘lmagan iz qoldirgan; asosan mansabdor shaxslar nomini ifodalovchi bir nechta so‘zlar saqlanib qoldi:
张均科 zhangjunke «lashkarboshi, sarkarda» (mo‘g‘ulcha: Chjasak).
Boshqa tilarga qaraganda ingliz tilidan o‘zlashtirilgan so‘z­larning soni ko‘proq.
Ingliz tilidan yoki shu til orqali xitoy tiliga ko‘pgina il­miy va texnik atamalar hamda ba’zi maishiy so‘zlar kirib kelgan:

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling