2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
-ma’ruza: Xitoy tilida so‘z yasash modellari (tarkibiy tavsif)
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
8-ma’ruza: Xitoy tilida so‘z yasash modellari
(tarkibiy tavsif) Reja: Aniqlovchi tur. Kapulyativ tur To‘ldiruvchi tur Natijaviy tur Predikativ tur. Murakkab so‘zning grammatik xususiyatlari leksik birligining so‘z yasalish modeli bilan bog‘liq bo‘ladi. Murakkab so‘zning grammatik xususiyalari ko‘pincha so‘z yasalish strukturasi bilan belgilanadi. So‘zlarning har bira leksik-grammatik sinfi (u yoki bu so‘z turkumi) unga xos bo‘lgan so‘z yasalish modellari yig‘indisiga ega bo‘ladi. Xitoy tili hozirgi zamon leksikasi o‘zining tarkibi va ma’noviy unsurlari (morfemalar) mutanosibligi bilan ko‘pgina xilma-xil turlarni shakllantiradi. Tarkibi bo‘yicha eng sodda so‘zlar – bu yasama bo‘lmagan, bitta o‘zak morfemasidan iborat bo‘lgan so‘zlardir, masalan: 人 rén «odam», 水 shuĭ «suv», 山 shān «tog‘», 马 mă «ot», 来 lái «kelmoq», 走 zŏu «kemoq», 作 zuò «qilmoq», 多 duō «ko‘p», 少 shăo «kam», 大 dà «katta», 小 xiăo «kichkina», 我 wŏ «men», 你 nĭ «sen», 他 tā «u» va boshqalar. Bu so‘zlarning hammasi bir bo‘g‘inli bo‘lib, xitoy tili lug‘aviy fondining eng qadimgi, turg‘un qismiga taalluqlidir. Yasama bo‘lmagan so‘zlarning ikkinchi turini ikki bo‘g‘inli etimologiyasiz so‘zlar tashkil qiladi, masalan: 若干 ruògān «shuncha, ma’lum miqdor», 工夫 gōngfu «vaqt, bo‘sh vaqt», 东西 dōngxi «narsa, predmet», 玻璃 bōlì «shisha», 萝卜 luóbo «turup». Mazkur so‘zlarning umumiy xususiyati shundaki, ularni tashkil qiluvchi ierogliflar ma’nosidan butun so‘zning ma’nosini chiqarib bo‘lmaydi. Masalan, 东西 dōngxi «narsa, predmet» so‘zi va 东 dōng «sharq» hamda 西 xī «g‘arb» ierogriflari o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Ehtimol, dastlabki davrda o‘zagi ikki bo‘g‘inli bu so‘z va uni tashkil qiluvchi ierogliflar so‘zning ma’noviy unsunlari tarkibiga emas, balki faqatgina talaffuziga ishora qilar edi. 工夫 gōngfu «vaqt, bo‘sh vaqt», (工 gōng «ish», 夫 fu «ishchi, erkak») so‘zlaridagi hamda 若干 ruògān «shuncha, ma’lum miqdor» (若 ruò «singari, agarda», 干 gān «qalqon, himoya qilmoq») so‘zlaridagi ierogliflar tarkibining sabablari ham tushunarsiz bo‘lib kolmoqda. Hozirgi zamon xitoy tilida etimologiyasi (ya’ni kelib chiqishi) bo‘lmagan ikki bo‘g‘inli so‘zlarning soni juda oz. Zamonaviy xitoy tilida etimologik bo‘lamagan murakkab so‘zlar ko‘p morfemali yasalgan so‘zlarga qaraganda kam. Biroq aynan shu so‘zlar so‘z yasalishida asosiy o‘rinni egallaydi. Mustaqil qo‘llaniluvchi bir morfemali so‘zlardan tashqari zamonaviy xitoy tilida mustaqil qo‘llanishi kam bo‘lgan murakkab so‘zlarning tarkida keladigan so‘zlar ham ko‘p. Misol uchun: 队dui otryad so‘zi mustaqil ravishda deyarli qo‘llanilmaydi. Bu ieroglif bilan birga turli xil ko‘p morfemali so‘zlar qo‘llaniladi. Misol uchun: 游击队 youjidui partizan otryadi, 劳动队 laodongdui mehnatkashlar otryadi, 卫生队 wèishēngduì sanitar otryadi. Yana 场 chang maydon so‘zi so‘z birikmalarining tarkibida qo‘llaniladi. 红场 hōngchăng qizil maydon (红 hōng «qizil»), 飞机场 fēijīchăng aerodrom (飞机 fēijī «samolyot»), 运动场 yúndòngchăng sport maydoni (运动 yúndòng «sport»). Ammo, maydon mustaqil ravishda zamonaviy xitoy tilida 场 chăng bir o‘zi emas balki, ikki morfemalari 广场 guăngchăng maydon (广 guăng «keng», 场 chăng «maydon») bilan ifodalaniladi. Bunday yarim mustaqil bir morfemali so‘zlar zamonaviy xitoy tilida ancha ko‘p. Ular yangi so‘z va so‘z birikmalarini hosil qilishda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi yarim mustaqil so‘zlar 子 zi suffiksi bilan qo‘llaniladi. Hech qanday leksik ma’no anglatmasa ham, faqatgina ma’lum bir formani yasaydi. 男 nan erkak, 女 nǚ ayol 村 cūn qishloq, 屋 wŭ xona odatda ikki morfemali shaklda qo‘llaniladi 男子 nánzi, 女子 nǚzi, 村子 cūnzi, 屋子 wŭzi. Yasalgan so‘zlar quyidagi semantik tarkib bo‘yicha yasalish xususiyatiga ega: Murakkab so‘zlar – ikki yoki undan ortiq so‘zlar Affiks orqali yasalgan so‘zlar Aralash yasalgan so‘zlar Abbreviatur yoki murakkab qisqartmali yasalgan so‘zlar. Konversiya orqali yasalgan so‘zlar Murakkab o‘zakli so‘zlar – xitoy tilida eng keng tarqalgan va so‘z yasalishida eng ko‘p qo‘llaniladigan usul. Bu haqda yuqorida batafsil to‘xtaldik. Murakkab so‘zlarning tarkibidagi o‘zaklarning tuzilishi ma’lum bir struktura orqali amalga oshadi. So‘zlardagi o‘zak tuzilishi bo‘yicha har bir so‘z quyidagi 5 turdan biri orqali yasaladi: Aniqlovchi tur. Kapulyativ tur To‘ldiruvchi tur Natijaviy tur Predikativ tur. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling