2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- [ p ] undoshi
- [k k] undoshi
Rus tilidagi an’anaviy talaffuzda uning paydo bo‘lganidan hozirgi kungacha nafasli bo‘lmagan tovushlarni ifodalash uchun jarangli undoshlar, nafasli bo‘lganlar uchun esa – jarangsiz undoshlardan foydalaniladi. Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida nafasli tovushlarni biror belgi bilan belgilab qo‘yishga harakat qilingan bo‘lsa-da, harflarning qo‘llanilish tartibi buzilmagan. Ammo bu, rus xitoyshunoslari xitoy tilidagi harfni rus tilidagi jarangli va jarangsizlar bilan tenglashtirgan degani emas. N.Ya.Bichurin rus tilida ifodalanuvchi b, g, d xitoy tili tovushlarini quyidagicha ifodalagan: “B, g, d tovushlari ozgina yumshatilib bp, gk, dt, kabi talaffuz etilishi kerak. Professor Polivanov xitoy tilidagi b, d, g portlovchi nafasli bo‘lmagan tovushlarni (p+b)/2 formula bilan aniqlab, rus tilidagi mos tovushlarning o‘rtacha talaffuzi deb ta’kidlaydi. Bichurin va professor Polivanovlar tomonidan taqdim etilgan bu tovushlarning umumiy ta’rifini ko‘rib chiqar ekanmiz, xitoy tilidagi nafasli bo‘lmagan tovushlarni rus tilidagi jarangli va jarangsiz undoshlar bilan tenglashtirib bo‘lmasada, uni aniq ma’lumot deyolmaymiz, chunki, ular xitoy tilidagi yarim jarangli [b, d, g] tovushlarining paydo bo‘lishi va usulining to‘liq tasnifini berolmaydi. Bu guruh xitoy undoshlarining yarim jaranglilik tabiatini ochib berish uchun qayta-qayta izlanishlar olib borilishi kerak. Bizning izlanishlarimizga ko‘ra, xitoy tilining nafasli bo‘lmagan tovushlarining yarim jarangliligi quyidagicha: ularning talaffuzida tovush paychalari faqatgina portlash vaqtida titraydi. Shu xusisisyati bilan xitoy tili [b, g, d] undoshlari rus tilidagi mos undoshlardan farq qiladi. Bundan tashqari xitoy tili nafasli bo‘lamagan tovushlari bir necha tovush paychalarining yaqinlashuvidan og‘iz bo‘shlig‘ida paydo o‘lgan havo oqimining otilib chiqishidan hosil bo‘ladi. Nutq organlari taranglashgan, til oldinda bo‘ladi. Bo‘g‘in so‘ngidagi nafasli bo‘lmagan undoshlar to‘liq talaffuz etiladi. Aslida, xitoy tilidagi ovozlilar bir turdagi tovushlar sanaladi. Hosil bo‘layotganda tovush paychalari keng ochiq bo‘ladi, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi to‘siqqa uriladi. Birdaniga urilgan havo oqimi zarba bilan otilib chiqadi. Paydo bo‘lgan shovqinli havo oqimi hosil bo‘lgan tovush va keyingi aytilayotgan tovush bilan oralig‘ida kichik to‘xtam hosil bo‘lib, buning oralig‘ida ovoz hosil bo‘ladi. Bichurin professor Polivanovga ko‘ra xitoy tili nafasli tovushlariga to‘liqroq ta’rif berib o‘tgan. Bichurin: “ kx, px, tx undoshlarida keyin yumshoq nafas bo‘ladi, huddi, k, p, t tovushlaridan so‘ng x undoshi bordek, yoki ular o‘zidan keyingi harflardan tere (-) bilan ajratilib qo‘yilgandek. Masalan: Kxay yoki k-ay “ochayapman” Pxay yoki p-ao “yuguryapman” Txen yoki t-in “og‘riyapti” 100 yil avval Bichurin tomonidan berilgan nafasli tovushlarning to‘liq va aniq ta’rifi, afsuski, xitoy fonemachi tadqiqotchilarining hech qanday diqqatini tortmadi. Zamonaviy Pekin shevasida [b, p, d, t, g, k] qorishiq-portlovchi undoshlari bo‘g‘inning boshida uchraydi. [b, d, g] undoshlar VI asrga qadar, [p, t, k] undoshlari esa VIII asrga qadar bo‘g‘in so‘ngida uchraydi. [p, t, k] undoshlarining bo‘g‘in so‘ngida qo‘llanilishi janubiy shevalarda hozirga qadar saqlanib qolgan. [b] xitoy undoshi shovqinli, lab-lab, qorishiq-portlovchi, nafasli bo‘lmagan yarim jarangli; [p] undoshi shovqinli, lab-lab, qorishiq-portlovchi, jarangsiz nafasli. [d] xitoy undoshi shovqinli, til oldi, qorishiq-portlovchi, nafasli bo‘lmagan yarim jarangli; [t] undoshi shovqinli, til oldi, qorishiq-portlovchi, jarangsiz nafasli. [g] xitoy undoshi shovqinli, til orqa, qorishiq-portlovchi, nafasli bo‘lmagan yarim jarangli; [k k] undoshi shovqinli, til orqa, qorishiq-portlovchi, jarangsiz nafasli. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling