2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet21/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Burun sonantlari
Burunli sonorlar uchun nutq a’zolarining hammasining og‘izning biron bir yerida qo‘shilishi hosdir.
[m] undoshi lab-lab, qo‘shma, burunli sonor.
[n] bo‘g‘in oldi tovushi til oldi, milk tovushi, qo‘shma, bu­runli sonor.
[l] bo‘g‘in orti tovushi til oldi, milk tovushi, qo‘shma, burunli, kuchli boshlanuvchi sonor.
[r] undoshi til orqa, uvulyar(yumshoq tanglay va kichik til ishtrokida talaffuz etiladigan tovushlar), qo‘shma, burunli sonor.
Og‘iz sonantlari
Burunlilardan farqli, qolgan hamma jarangli sonorlarni og‘iz sonorlari guruhiga qo‘shish mumkin. Og‘iz boshlig‘iga kelayotgan havo oqimiga shovqinli undoshlarga qaraganda kengroq tuynuk hosil bo‘ladi.
[l] undoshi til oldi, tanglay oldi, qo‘shma, yon sonor.
[r] bo‘g‘in orti tovushi til oldi, tanglay orti, sirg‘aluvchi sonor.
Yarim undoshlar
Sonorlar sistemasida xitoy tili undoshlarida [i_,u_,u’_] yarim undoshlari ajratiladi. Hosil bo‘lishida tilning holati ko‘p hollarda mos [i, u ,u’] unlilari bilan o‘xshashlik tomoni ko‘p. Farqi shundaki yarim undoshlarning kamroq sonorlik xusisiyati bor.
[ ] yarim undoshi til o‘rta, sirg‘aluvchi sonor........
[ ] yarim undoshi kuchli lablangan, til o‘rta, sirg‘aluvchi sonor
6-ma’ruza: Xitoy tilining fonematik tuzilishi


Reja:



  1. Xitoy tilida fonemalarni aniqlash metodikasi.

  2. Xitoy tilida undosh fonemalar

  3. Bo‘g‘in fonemalari

  4. O‘tuvchi yarim unlilar

  5. Bo‘g‘in oxiri undoshlar va yarim unlilar

  6. Bo‘g‘in boshi undoshlari

  7. Xitoy bo‘g‘inlari



Xitoy tilida fonemalarni aniqlash metodikasi. So‘z­ning fonemik tuzilishini aniqlash uchun, so‘zga kiruvchi bo‘g‘in­larning fonemalarini bilib olish zarur bo‘ladi. Xitoy tili mor­femalari uchun omonimiya xarakteri xosdir. Bir xil talaf­fuzli so‘zlar va morfemalarni tahlil qilishda omonim bo‘lib xizmat qiluvchi bo‘g‘inga teng bo‘ladi. Xitoy tilida fonemalar tuzilishi ham ularning variantlari ham bir xil bo‘ladi.
Xitoy tili fonemalarining ichida bir guruh omonimlar­ning boshqasidab farqlash uchun hamma bo‘g‘inlarni boshqasi bilan solishtirilsa bo‘ldi.
Xitoy tilida asosiy unlilar mos so‘z, omonimik-morfema va ma’nosi bilan bog‘liq tovushga ega bo‘ladi.
Bu kabi bo‘g‘in unlilari tovush fonemalarining mustaqil varianti bo‘lib xizmat qiladi. Agar xitoy tilida ma’noli bo‘lak bir tovushdan iborat bo‘lsa, u holda bu tovush mustaqil fonema bo‘lib xizmat qiladi.
Shu unli fonemalar bo‘g‘in hosil qiluvchi tovush birliklari sifatida xitoy tilida mavjud bo‘lgan boshqa barcha bo‘g‘inlar tarkibiga kiradi, bu yerda ular pozisiya jihatidan tobe fone­malar variantlarida namoyon bo‘ladi.
Unilarning tobe variantlari mustaqil ravishda alohida bo‘­g‘in­larni ifoda etolmaydi, demak, xitoy tilidagi alohida ma’­noga ega birlik (morfema)larni ifoda etolmaydi. Shuning uchun fonemalarning tobe bo‘lgan variantlari mustaqil tovush bir­liklari sifatida aniqlanmaydi, ular asosiy variant bilan yax­lit tovushli turga birlashtiriladi.
Tovushva ma’no o‘rtasidagi bevosita aloqa borligi asosida fonemalarni aniqlash usuli xitoy tilida qo‘llanilmaydi, chunki faqatgina (g) undoshi so‘z o‘zagi bilan birga bitta bo‘g‘in tarkibi­dagi suffiks rolida bevosita morfemani ifodalashi mumkin. Barcha boshqa undoshlar qandaydir ma’no anglatuvchi birliklarga qobiq vazifasini o‘tolmaydi.
Shunday qilib, xitoy tili tovushli tarkibining xususiyat­lari fonemalarning asosiy variantlarini aniqlash uchun quyi­dagi ikkita usulni qo‘llash imkonini beradi:

  1. Unlilar uchun – bevosita ma’no bilan bog‘liqlikni aniq­lash imkoniyati;

  2. Undoshlar uchun – «yagona farq» usuli, ya’ni kvaziomo­nim­larni qiyoslash.

Xitoy tilining unli fonemalari quyidagi asosiy, bir-biri­ga qarshi qo‘yiladigan belgilar bilan aniqlanadi:

  1. Qator belgisi

  2. Tilning ko‘tarilishi darajasi

  3. Lablangan-lablanmagan

Qolgan belgilar unli fonemalarni tavsiflashda muhim, biroq qarshi qo‘yishda asosiy vazifani bajarmaydi.
Tanglayga tilning ko‘tarilishi darajasiga qarab, qator bel­gisiga ko‘ra unli fonemalar oldi, o‘rta va orqa qatorga keyin­chalik oldi ortga surilgan, o‘rta oldinga surilgan va orqa oldin­ga surilgan qatorlarga taqsimlanadi.
Oldi qatordagi unlilarga [i,] [u’] kiritiladi, o‘rta qatorga - [a], [e] va orqa qator fonemalarga - [u], [o] tegishlidir.
Tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unlilar uch qatorga bo‘li­nadi: yuqori ko‘tarilish, o‘rta va past ko‘tarilish daraja­si­dagi un­lilar, o‘z navbatida har bir daraja keng va tor turga ega bo‘ladi. Yuqori ko‘tarilishning tor turiga [i], [u’], [u] unli fone­malari kiri­tiladi. Yuqori ko‘tarilishning keng turiga - [e], [o] unli fone­malari, o‘rta ko‘tarilish darajasiga [a] unli fonemasi kiritiladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling