2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet24/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

O‘tuvchi yarim unlilar
Xitoy tilida yarim unli fonemalar ikki pozisiya ko‘ri­ni­shida uchraydi: o‘tuvchi yarim unlilar (bo‘g‘indagi unlidan oldin) va bo‘g‘in oxiri unlilarda (bevosita bo‘g‘in unlisidan keyin).
O‘tuvchi yarim unli [i] bo‘g‘in boshi undosh undan oldin kelgan holatda faqat “i” harfi bilan ifodalanadi, masalan, bian, diao, jiu, qiong bo‘g‘inlarida. Agarda bu fonema bo‘g‘inni boshlab kelsa (ya’ni bo‘g‘in boshi undoshisiz), unda “u” harfi orqali beriladi, masalan yao, [iau], yong [iun] bo‘g‘inlarida.
O‘tuvchi yarim unli [u_] agar undan oldin bo‘g‘in boshi undosh kelsa, “u” harfi bilan ifodalanadi, masalan, kuang, huai bo‘g‘in­larida; agarda bu fonema bo‘g‘inni boshlasa (ya’ni bo‘g‘in boshi undoshsiz kelsa), “w” harfi bilan beriladi, masalan, wai, weng, wo bo‘g‘inlarida. Lab undoshlari [b, p, m, f] dan keyin belgi­lan­maydi: bo, po, mo, fo.
O‘tuvchi yarim unli [u`] dan oldin bo‘g‘in boshi unndosh kelsa, “u” harfi bilan ifodalanadi,; boshqa bo‘g‘in boshi undoshlar [x, j, q] bilan [u`] fonemasi “i” harfi bilan beriladi, masalan, xue, xuan, jue, juan, que, quan. Agarda bu fonema bo‘g‘inni bosh­lab bersa (bo‘g‘in boshi undoshsiz kelsa), u ikki harfli birikma “yu” bilan ifodalanadi, masalan, yue, yuan bo‘g‘inlarida.
Bo‘g‘in oxiri undoshlar va yarim unlilar
Til oldi burun undoshi [n] bo‘g‘in oxiri pozisiyasida, ya’ni bevosita bo‘g‘in unlisidan keyin kelsa, “n” harfi bilan beri­ladi.
Til orqa burun [n`] faqat bo‘g‘in oxirisida ishlatiladi vaik­ki harfli ng birikmasi bilan ifodalanadi.
Yarim unli [i] bo‘g‘in oxiri pozisiyasida doim “i” harfi bilan ifodalanadi, masalan wai, mei, dui bo‘g‘inlarida.
Yarim unli [u_] bo‘g‘in oxiri pozisiyasida [o] bo‘g‘in unli­sidan keyin “u” harfi bilan ifodalanadi, “a” bo‘g‘in unlisidan keyin esa “o” harfi bilan beriladi: hao, mao, yao.
Sonor (burun) orqa alveolyar [r] undosh faqat so‘z oxirida ishlatilib, “g” harfi bilan beriladi.
Bo‘g‘in boshi undoshlari
Xitoy tilidagi bo‘g‘in boshida ishlatiladigan 21 ta undosh­lar­dan lotin alifboli tillar kabi harf ifodalariga ega. Bu yerga lab undoshlari: [b,p,m,f], til oldi [d,t,n,l,s], til orqa [g,k,h] kiritiladi. Alveolyar frikativ undosh [s`] ikki harfli sh bi­rik­masi bilan ifodalanishi qabul qilingan. Til o‘rta frikativ undoshni “x” harfi bilan ifodalash lotin alifbosiga xos bo‘l­masada, ba’zan fonetik transkripsilarda qo‘llaniladi. Xitoy tilidagi 6 ta murakkab undosh (affrikat)lar aksariyat holat­larda bitta har orqali ifodalanadi: til oldi (milk) jarngsiz affrikat [s] “s” harfi bilan beriladi, uning ja­rang­li affri­kati [z] “z” harfi bilan beriladi, til o‘rta jarangsiz affrikat [q] undoshini ifodalashda “q” harfi ishlatiladi, jarangli af­fri­kat [j] undoshini ifodalash uchun “j” harfi qo‘llaniladi. Yangi xitoy alifbosida ikki harfli zh, ch, sh bel­gilarga mufoviq z`, c`, s` belgilarini yozish mumkin. Shu orqali bo‘g‘in boshi undoshlarni ifodalashda “har bir tovushga – alohida harf” degan prinsip to‘la amal qiladi.
Til oldi alveolyar (milk) yordamida hosil bo‘ladigan fri­kativ undosh [z] “r” harfi bilan beriladi, bu harf bo‘g‘in oxiri alveolyar sonor (ya’ni burun) undoshi [r]ni ifodalash uchun ham ishlatiladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling