2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet32/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

To‘ldiruvchi tur
Bu tur orqali yasalgan so‘zlar odatda fe’l so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Bu so‘zlarning ba’zilari ot so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Bu tur fe’l-ob’ektli bo‘lib, birinchi komponent harakatga, ikkinchi komponent otga yo‘nalgan bo‘ladi.
努力 nuli «harakat qilmoq» (努 nu «kuchanmoq», 力 li «kuch»), 吃饭 chifan «yemoq» (吃 chi «yemoq», 饭 fan «ovqat»)
看书 kan shu«o‘qimoq» (看 kan «qaramoq», 书 shu «kitob»)
Birinchi (fe’liy) morfemaning ob’ekt o‘rtasidagi ma’no mu­ta­nosibligi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 投 tou «otmoq, tash­lamoq» fe’li 漂 piao «bilet, chipta», 河 he «daryo», 诚 cheng «sa­do­qat, vafo» kabi so‘zlari bilan murakkab ma’nolarni ang­latadi:
投漂 tou piao «ovoz bermoq», so‘zma-so‘z: «bilet, chiptani otmoq»
投河 tou he «daryoga tashlanmoq», bu yerda harakatning yo‘nal­tirilishiga ishora qilinadi.
投诚 tou cheng «sotqinlik qilmoq, hiyonat qilmoq», so‘zma-so‘z: «sadoqatni qoldirmoq (otmoq, tashlamoq)».
Ushbu model bo‘yicha nafaqat fe’llar, balki otlar ham yasa­ladi, masalan: 革命 geming «inqilob (revolyusiya)» (革 ge «o‘zgar­tirmoq», 命 ming «hayot»)
Xitoy tilining umumiy leksikasida fe’l-ob’ekt turdagi so‘z­lar uzoq bo‘lmagan o‘tmishda taxminan 16 foizni tashkil qil­gan, biroq oxirgi ikki yuz yil davomida bu foiz ancha kamaydi. Fe’l-ob’ekt turdagi so‘z yasalishning past samarador­ligi hozir­gi zamon xitoy tilida shu yo‘l orqali yasaladigan so‘z­larning mus­tahkam bo‘lmagan konstruksiyasi bilan bog‘liq. Shu­ning nati­jasida bunday so‘zlar yangi so‘zlar – atama (termin)lar sifatida xizmat qilishga qo‘lay bo‘lmaydi.
Natijaviy tur
Bu tur orqali hosil qilingan barcha murakkab so‘zlar asosan fe’lni ifodalaydi.Ulardan bir nechtasi sintaksis transpo­zisiya tartibida otlarga xos funksiyalarni bajaradi.
Natijaviy bog‘lanish – so‘z komponentlaridan birinchisi har doim fe’l, yakuni fe’lli yoki sifatli komponent so‘z bo‘lib, o‘zida harakatning natijasi va harakatini ifodalaydi.
Birinchi so‘z komponenti tuzilishi istak, niyatni ifodalay­di, ikkinchi komponent esa, shu istakning natijasini ko‘rsatadi. Masalan, 推翻 tuifan “yiqitmoq, ag‘darmoq” so‘zida morfema ma’no va grammatik jihatdan bog‘liqdir, ya’ni, “itarib yiqit­moq” (推tui “itarmoq”, 翻 fan “ag‘darmoq, yiqitmoq”). 说明 shuo­ming “tushuntirmoq” so‘zida birinchi morfema 说 shuo gapirish harakatini, ikkinchi morfema 明 ming sifatni: “aniq”, “tushu­nar­li” ma’nosini ifodalaydi. Bu so‘z qismlaridan tushunarli qilib gapirmoq degan ma’no anglashiladi.
Ikkinchi (natijaviy) komponent o‘rnida ham morfema, ham sifatni ifodalaydigan morfema qo‘llanishi mumkin. Ikki morfemali quyidagi misollarda harakat ifodalangan:
制定 zhiding “ishlab chiqarmoq” (制 zhi “yaratmoq” 定 ding “aniqlamoq”).
打破 dapo “sindirmoq” (打 da “urmoq”, 破 po “sindirmoq, buzmoq”).
Quyidagi misollarda, ikkinchi morfemadagi so‘z sifatni ifodalaydi:
炸坏 zhahuai “portlatmoq, vayron qilmoq” (炸 zha “portlat­moq” 坏 huai “yomon”).
订正 dingzheng “to‘g‘rilamoq” (订 ding “tuzatmoq” 正 zheng “to‘g‘ri”).
Bir morfema ikkinchi komponentning o‘rniga ishtirok eta­digan natijaviy tur so‘zlar ko‘pchilik qatorni tashkil etadi. Masa­lan, 破po “sindirmoq, yirtmoq” morfemasi bilan yasalgan so‘zlar qatori:
打破 dapo «teshmoq» (打 da «urmoq»)
磨破 mopo «yo‘qotmoq» (磨 mo «yo‘qotmoq»)
撞破 zhuangpo «sindirmoq, teshmoq» (撞 zhuang «urmoq, zar­ba bermoq»)
穿破 chuanpo «ko‘ylak, oyoq kiyim kiymoq» (穿 chuan «kiymoq»)
死 si «o‘lmoq» morfemasi bilan yasalgan so‘zlar qatori:
压死 yasi «yanchib tashlamoq» (压ya «qismoq»)
淹死 yansi «cho‘kmoq» (淹yan «botmoq»)
扼死 yisi «bo‘g‘ilmoq» (扼yi «osilmoq»)
打死 dasi «o‘lgunicha urmoq» (打da «urmoq»)
杀死 shasi «o‘ldirmoq» (杀sha «o‘ldirmoq»)
饿死 esi «ochidan o‘lmoq» (饿esi «och qolmoq»)
Natijaviy tur so‘zlarida ikkinchi komponentning semantik qo‘llangan qatorlari, jumladan, 开 kai «ochmoq, ajratmoq», 见 jian «ko‘rmoq», 住 zhu «to‘xtamoq» kabilari:
拉开 lakai «tortib olmoq» (拉 la «tortmoq»)
离开 likai «vaqtincha yo‘q bo‘lmoq» (离 li «g‘oyib bo‘lmoq»)
放开 fangkai «chiqarmoq» (放 fang «chiqarmoq»), 推开 tuikai «itarib tashlamoq» (推 tui «itarmoq»)
看见 kanjian «ko‘rib qolmoq» (看 kan «qaramoq»), 听见 tingjian «eshitmoq» (听 «tinglamoq»)
找见 zhaojian «topmoq» (找 zhao «izlamoq, qidirmoq»), 撞见 zhuangjian «duch kelmoq, uchratmoq» (撞 zhuang «urmoq»)
记住 jizhu «eslab qolmoq» (记ji «eslamoq, xotiralamoq»)
抓住 zhuazhu «ushlab olmoq» (抓 zhua «ushlamoq»), 捆住 kunzhu «bog‘lamoq» (捆 kun «bog‘lamoq»)
包住 baozhu «quchoqqa olmoq» (包 bao «quchoqlamoq»)
Natijaviy bog‘lanishda mavjud bo‘lgan so‘zlar ko‘pgina ada­biy yodgorliklarda qayd etilgan, jumladan, “Shiszing” kitobida.
Zamonaviy xitoy tilida natijaviy tur orqali yasalgan so‘z birikmasi juda mahsuldor hisoblanadi. Konstruksiyaviy birikmalardan hosil qilingan bu usuldagi so‘zlar yangi so‘z terminlarini yasashda ulardan keng foydalanishga imkon beradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling