2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapulyativ tur
Aniqlovchi tur
Bu tur bo‘yicha ot, sifat, fe’l, ravish so‘z turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Hosil bo‘lgan so‘zlarda aniqlovchi va aniqlanmish bo‘ladi. 火车 huŏchē «poezd» (火 huŏ «olov», 车 chē «mashina»; so‘zma-so‘z: «olovli arava»). 汽车 qìchē «avtomobil» (汽 qì «bug‘, gaz», 车 chē «arava»; so‘zma-so‘z: «bug‘li arava»). Bu turdagi so‘zlarning tarkibiy qismlari sifatida sifat, haraka va predmetlarning nomlarini ifodalovchi o‘zakli morfemalar kelishi mumkin. Masalan, quyidagi morfemalar sifat ma’nosini va predmet ma’nosini anglatuvchi morfemalarni birlashtirish orqali yasalgan: 白菜 báicài «karam» (白 bái «oq», 菜 cài «sabzavotlar»), 黑人 hēirén «negr, habash» (黑 hēi «qora», 人 rén «odam») Ko‘pgina so‘zlarda morfemalar predmet ma’nosiga ega: 工厂gōngchăn «zavod» (工 gōng «ish», 厂chăn «korxona») 药饭 yàofàn«dorixona» (药 yào «dori», 饭 fàn «uy, xona, bino») Ko‘pincha boshqa morfemalar ham uchraydi, masalan, harakat plyus predmet ma’nosini anglatuvchi morfemalar: 飞鸟 fēiniăo «qushlar» (飞 fēi «uchmoq», 鸟 niăo «qushlar»), 走狗 zŏugŏu «malay, uy xizmatkori» (走 zŏu «yurmoq», 狗 gŏu «it»). Opredelitelniy tip svyazi korney vnutri slova yavlyaetsya ochen produktivnim sposobom slovoobrazovaniya. Po dannomu strukturnomu tipu postroeno bolshoe kolichestvo slov, otnosyaщixsya k kategorii slovoslojeniya i chto osobenno vajno, po nemu obrazuetsya bolshinstvo novix slov i novix terminov. So‘z ichidagi ildiz (o‘zak)larning bog‘lanishida aniqlovchi tur so‘z yasalishidagi eng muhimlaridan sanalib, u orqali ko‘pgina yangi so‘z va yangi atama (termin)lar hosil bo‘ladi. Kapulyativ tur Bu model orqali ot, sifat, fe’l kabi so‘z turkumlariga oid so‘zlar yasaladi, bunda so‘zlar teng munosabatda bo‘ladi. 父母 fumu «ota-ona» (父 fu «ota», 母 mu «ona») 土地 tudi «yer» (土 tu «tuproq», 地 di «yer») Bu turdagi aksariyat so‘zlar sinonim morfemalarning birlashtirilishi orqali yasaladi: 朋友 pengyou«do‘stlar» 妇女 funü «ayollar» Qator so‘zlar antonim morfemalarning birlashtirishi bilan hosil bo‘ladi: 多少 duoshao «qancha?» (多 duo «ko‘p», 少 shao «kam») 天地 tiandi «olam, koinot» (天 tian «osmon», 地 di «yer») Ba’zan bu turdagi so‘zlar bitta morfemani takrorlash yo‘li bilan yasaladi: 爸爸 baba «ota», 哥哥 gege «aka», 弟弟 didi «uka» Murakkab so‘zlarning bog‘lash yo‘li bilan yasalashi xitoy tili tarixining ilk davrlarida keng tarqalgan edi. Oxirgi yuz yilliklar davomida bu usul o‘z samaradorligini ancha yo‘qotdi. Hozirgi zamon xitoy tilida ot (ismiy) o‘zaklarining takrorlanishi ko‘plikni ifodalash uchun qo‘llaniladi: 人人 renren «har bir, barcha odamlar», 件件 jianjian «har ish, hamma ishlar». Fe’liy o‘zaklarning takrorlanishi harakatning qisqa muddatligiga ishora qiladi: 看 kan «qaramoq», 看看 kankan «bir boqmoq», 说 shuo «gapirmoq», 说说 shuoshuo «suhbatlashmoq». Sifatlarning takrorlanishi ravish so‘z turkumi yasab hosil bo‘lgan so‘zlar o‘zidan keyin 地de suffiksini talab qiladi. 快 kuai «tez», 快快地 kuaikuaide «tez» (ravish) 好 hao «yaxshi», 好好地 haohaode «yaxshi» (ravish) Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling