2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Kompyuter to‘sig‘i (barer)
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Kompyuter to‘sig‘i (barer). Ieroglifik yozuvning eng asosiy qiyinchiligi minglab sanalayotgan belgilarning mavjudligidandir. Eramizning boshida paydo bo‘lgan “Sho ven” birinchi to‘liq xitoycha lug‘atda 9 mingdan ortiq ierogliflar bo‘lgan edi. Xitoy tili tarixida eng ko‘p ieroglifik belgilar soni, 53 mingdan ortig‘i 1037 yilda yaratilgan “Szi yuan” lug‘atida to‘plangan edi. Zamonaviy “Sinxua szidyan” lug‘ati 11 mingga yaqin ierogliflarni qamrab oladi. XXRda zamonaviy matbuot nashrlari uchun ishlab chiqarilgan ruyxatda 7 mingta ieroglif belgilangan, oliy ma’lumotli odamlar o‘rta hisobda 3500 tadan 4500 tagacha ierogliflarga egadir.
Ierogliflarning sonini eslab qolish ham, ularning yozilishi, ma’nosi va o‘qilishini ham tekshirish mushkuldir. Lug‘atlarda ierogliflar joylashishi va qidirib topishning an’anaviy grafik tizimlari juda murakkab, ularni faqat o‘qimishli odam o‘zlashtirishi mumkin. Zamonaviy fonetik tizimlarda ierogliflar Pekin talaffuzi (o‘qilishi)da lotin harflar bilan yozib olingan alifbo tartibida joylashgan. Bu tizimdan o‘z lahjasiga ega bo‘lgan tumanlar aholisi foydalana olmaydi. Pekin talaffuzi (o‘qilish)ni hattoki poytaxtda ko‘p yil yashagan va oliy filologik ma’lumotga ega bo‘lganlardan ham bilmaydi. Kompyuter asri boshlanishi bilan ieroglifik lug‘atlarni yaratuvchi mualliflar va ulardan foydalanuvchilar oldida o‘sha-o‘sha an’anaviy muammolar paydo bo‘ldi. Xitoy tili uchun ierogliflarni kodlashtirishning bir necha usullari mavjud. Ikkita asosiy tizim bir biridan bog‘liq bo‘lmagan holda XXR va Tayvanda yaratilgan edi. Ular bir biriga mos kelmaydi, lekin ekrandagi matnlarni ko‘rish va bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish uchun maxsus dasturlardan foydalanish mumkin. Har bir tizimda ham to‘liq, ham qisqartirilgan belgilarni, hattoki ierogliflarni qadimiy yozilishini ham ishlatish imkoniyati bor. Kompyuterda matnni terish jarayonida ieroglif har xil – grafik va fonetik usullarda chiqariladi. Xitoy foydalanuvchilarining fikricha, o‘zlashtirish uchun murakkab bo‘lgan grafik usullar xitoy tili uchun fonetik usullarga qaraganda ancha qulay. XXRdagi ierogliflarni kodlashtirish standart tizimi 6673 belgiga mo‘ljallanadi. Bir qiziq fakt, bu belgilarning orasida hozirdagi xitoy premeri (bosh vaziri) Chju Junszining ismida ishlatiladigan jun ieroglifning yozilish varianti topilmabdi. Buning natijasida Sinxua agentligining axborot berishicha, bosh vazir (premer)ning ismidan keyin qavs ichida belgicha paydo bo‘ldi – “jun ieroglifiga “metall” grafik elementini qo‘shing”. Kopyuter asriga ierogliflarning moslashtirishidagi yutuqlar jahon Internet tarmog‘ini axborot agentliklari va ko‘plab gazetalarning xitoy tilidagi materiallari bilan to‘ldirish imkoniyatini yaratdi. Xitoyning eng yirik ommaviy axborot vositalari (OAV), shular qatorida “Chjungo sinnyan bao” ommabop yoshlar gazetasi, o‘zining faolitini elektron versiyasiga keluvchi kundalik murojaatlarni tahlil qilish bilan bog‘laydi. 1997 yilning yoz oyida XXRda Internet tarmog‘iga atigi 40 mingta foydalanuvchi ulangan edi. 1998 yilning ikkinchi yarmida turli ma’lumotlarga ko‘ra, bu son milliondan besh milliongacha yetar edi. Tayvanda Internet tarmog‘idan aholining har o‘ninchi kishisi foydalanadi, ya’ni hozirda foydalanuvchilar soni bu yerda ikki milliondan ortiqdir. Xitoy tilidagi ma’lumotlarning hajmi tobora ko‘payib borishi hamda Tayvan va XXRda ieroglifik qidiruv tizimlarining yaratilishi bilan Internet tarmog‘ining ommmabopligi usib boryapti. XXRdan tashqarida Internet tarmog‘ida xitoy tili bilan ishlovchi ko‘pgina firmalar uning ulkan bozoriga chiqish istagida edilar. Bu yilda bunday kompaniyalarning birisi – “Xitoy tarmog‘i” Sinanet Pekindagi SRS provayderi bilan bu boradagi harakatlarini birlashtirdi. Yaqin kelajakda Tayvan va AQShda yashovchi xitoyliklarga mo‘ljallangan Sinanet va XXR va Gonkongga mo‘ljallangan SRS kompaniyalari ieroglifik asosida bo‘lgan yangi yagona tarmoqni yaratadi. Ushbu tarmoqning yangi nomi ham mavjud – Sina. Ieroglifik yozuvning “kompyuter to‘sig‘i”dan muvaffaqiyatli o‘tishi yozuvning oldida keng istiqbollarni ochadi. Xitoy ierogliflaridan dunyoning deyarli har to‘rttinchi odami foydalanadi. “Ieroglifik” mintaqaning demografik, iqtisodiy va texnologik yutuqlari bu mingyillikda jahondagi ancha oldinga ketuvchi geostrategik va lingvistik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ehtimoldan xoli emas, kibermakonda ierogliflarning unifikatsiyasi (yagona standartlarga keltirish)ga erishilib, natijada xitoy yozuviga asoslangan Sharqiy Osiyo sivilizatsiyasiga mansub bo‘lgan davlatlarning yangidan yaqinlashish jarayoni ro‘y beradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling