2-laboratoriya ishi (4 soat) Mavzu: Ish joylardagi zaharli gazlar turlari, me’yorlari va uni o’lchash vositalari Ishning maqsadli


Download 92.24 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi92.24 Kb.
#1172634
  1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya mahg\'uloti MMQ 3 kurs 4-soat


2-laboratoriya ishi (4 soat)


Mavzu: Ish joylardagi zaharli gazlar turlari, me’yorlari va uni o’lchash vositalari


Ishning maqsadli: Universal UG-2 gazanalizator yordamida havodagi benzin (ammiak, serovodorod va boshqalar) aralashmasini aniqlash usulini o‘rganish.
Кerakli asbob-uskuna va jixozlar.
Universal UG-2 turdagi gazanalizator va unga tegishli reaktivlar (dorilar, materiallar, elektr plitka).
Ishni bajarish tartibi.
1. Ishni bajarishda xavfsizlik choralarini bilish;
2. UG-2 gazanalizatorni tuzilishi, ishlashi va o‘lchashni o‘rganish;
3. Gazanalizator yordamida xonadagi (yoki kameradagi) havo tarkibidagi benzin aralashmasi miqdorini aniqlash;
4. O‘lchangan benzin bug‘i yig‘ilishiga ruxsat etilgan chegaraviy miqdor (PDК) bilan taqqoslab xona havosini sanitar me’yorga mosligini aniqlash.


Umumiy malumotglar

Ayrim ishlab chiqarish xonalarda zararli gaz yoki suyuqlik bug‘lari uzuluksiz ajralib chiqib havoni ifloslaydi va odam organizimiga yomon ta’sir etadi.


Chorvachilik xonalarida ammiak, ekis uglerod ko‘p ajralib ta’mirlash ustaxonalarida traktor va avtomobil dvigatellari ishlaganda benzin chiqish kuzatiladi.
Silindrlarda yonish aralashmasi yomon alangalanishi natija-sida dvigateldan ekis uglerod gazlari ko‘p zaxarlashga va ularni ish qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Shuning uchun xonalarni havosi doim toza bo‘lishi va zararli aralashmalar qiymati. PDК miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Zararli moddalarni havodagi ruxsat etilgan chegaraviy yig‘imini (konsentratsiyasini) qiymatlari GOST 12.1.005-76 “Mehnat xavfsizligi davlat standarti. Ish mintaqasidagi havo. Umumiy sanitar-gigiyenik talablar”, bo‘yicha 1-jadvalda keltirilgan.
Chuqurliklar oralig‘i ma’lum surish hajmiga ega. Turli gazlar uchun ma’lum surish hajmini belgilangan (1-jadvalga qarang).
Har bir gaz hajmi uchun o‘zini o‘lchash bo‘linmalari belgilangan. Havoni tekshiruvchi hajmini qiymati shtokda ko‘rsatilgan. Har bir shtok to‘rtta chuqurlangan ariqchasi bo‘lib, tekshirish uchun to‘rtta turli hajmlar belgilangan. Asbob komplektiga 4 ta shtok kiradi. Ular yordamida gazlarni qo‛yidagi surish hajmlarini olish mumkin: 30, 60, 100, 120, 150, 220, 265, 300, 325, 350,400 ml.



  1. Download 92.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling