2-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Borland C++ Builder Win32 va Samples komponentalar palitrasidan foydalanib dastur tuzish
Borland C++ Builder dasturining Win32 komponentalar palitrasi
Download 442.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Win32 komponentalar palitrasidan foydalanib ilovalar yaratish
Borland C++ Builder dasturining Win32 komponentalar palitrasi
Win32 komponentalar palitrasida umumiy komponentalar joylashgan bo`lib, Windows 95/98 va NT usulidagi ilovalarni yaratish uchun mo`ljallangan. Ular quyidagilar: TabControl – qismlarga bo‘lingan yozuv daftarini yaratish. PageControl – ko‘p varaqli dialog paneli. ImageList – tasvirlarni saqlovchi maxsus joy. RichEdit – matnlarni kirituvchi va tahrirlovchi oyna. Memo dan imkoniyati keng. TrackBar – maxsus boshqarish elementi. ProgressBar – jarayonni kuzatish elementi. UpDown – yuqoriga va quyiga boshqarish elementi. HotKey – aktiv (bosilgan) tugmachani nomlarini ko‘rsatuvchi element. AniMate – animatsiya (harakat) qiluvchi ob’ektlar. DateTimePicker – yil, oy va kun sanalari bilan ishlash. MonthCalendar – kunlar bilan ishlovchi alohida oy kalendari. TreeView – ma’lumotlarni ierarxik, ya’ni daraxt ko‘rinishida ko‘rsatuvchi oyna. TListView – ma’lumotlarni to‘liq qatorda ko‘rsatuvchi oyna. HeaderControl – ob’ektlar uchun boshqaruvchi konteyner. StatusBar – holat satri (quyi hoshiya)ni o‘rnatish. ToolBar – tugmachalarni boshqarish paneli (qurollar paneli). U orqali tugmachalarni o‘lchami va ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin. CoolBar – CoolBand ob’ektlari uchun konteyner. PageScroller – kichkina boshqarish paneli. ToolBar ga o‘xshash. Win32 komponentalar palitrasidan foydalanib ilovalar yaratish Misol. Forma oynasiga UpDown1, Edit1, DateTimePicker1, TrackBar1, MonthCalendar1, Timer1, ProgressBar1, ProgressBar2 komponentalarini joylashtiramiz. Forma oynasi Timer1 komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: void __fastcall TForm1::Timer1Timer(TObject *Sender) { ProgressBar1->Position += 5; ProgressBar2->Position += 5; } UpDown1 komponentasining Associate xususiyatiga Edit1 ni moslaymiz, Increment xususiyatiga 5 ni kiritamiz. Loyihani xotiraga saqlab F9 tugmasini bosamiz va ilova ishga tushadi. Ilova oynasi Misol. RichEdit komponentasidan foydalanish. RichEdit komponentasi matn muharrirlari (Word, WordPad …) ning ishchi sahifasi vazifasini bajaradi. RichEdit komponentasidan foydalanib oddiy matn muharriri ilovasini tayyorlaymiz. Quyidagi tartibda Forma oynasini tayyorlaymiz. Forma oynasi va unda joylashgan komponentalar Download 442.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling