SpinButtonning Up tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
{
Form1->Height=Form1->Height+5;
Form1->Width=Form1->Width+5;
}
SpinButtonning Down tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
{
Form1->Height=Form1->Height-5;
Form1->Width=Form1->Width-5;
}
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Up tugmasi
bosilsa
forma oynasi balandligi va kengligi ortadi. Down tugmasi bosilsa,
forma oynasi balandligi va
kengligi kamayadi.
Borland C++ Builder 6 dasturlash muhitida CSpinEdit komponentasidan foydalanish
Ushbu bo`limda CSpinEdit komponentasi haqida ma’lumot beramiz. CSpinEdit
komponentasi tahrirlash maydoni bo`lgan sanagichli tugma hosil qiladi. Komponentda ikkita Up
va Down tugmalari hamda Editga o`xshash maydoni mavjud.
SpenEdit komponentasini
SpinButton va Edit komponentalarining birlashmasi deyish mumkin.
Komponentning asosiy xususiyatlari:
Xususiyat
Izoh
Increment
tugma bosilgandagi qiymat o`zgarish qadami
MaxLength
maydonga kiritish mumkin bo`lgan eng kata
qiymat
MaxValue
eng kata qiymat
MinValue
eng kichik qiymat
Value
joriy qiymat
Misol. Forma oynasiga ikkita CSpinEdit va bitta
StringGrid komponentalarini
joylashtiramiz. Birinchi SpinEdit komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
{
StringGrid1->ColCount=CSpinEdit1->Value;
}
Ikkinchi CSpinEdit komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
{
StringGrid1->RowCount=SpinEdit2->Value;
}
Form oynasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
{
StringGrid1->ColCount=CSpinEdit1->Value;
StringGrid1->RowCount=CSpinEdit2->Value;
}
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. SpinEdit1 tugmasiga mos
holda StringGridning ustunlar soni o`zgaradi. SpinEdit2 tugmasiga
mos holda StringGridning
satrlar soni o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: