2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
O‘quvchilarda modda va ularning tuzilishi, asosiy kimyoviy tushunchalarni hosil qilish, 
moddalarni tabiatda uchrashi, fizik xossalari, olinishi va xalq xo‘jaligida ishlatilishi, moddalar 
orasidagi genetik bog‘lanishlarga doir bilimlarni shakllantirish, noorganik kimyodan 
o‘quvchilarga puxta bilim berish, o‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishni hosil qilish, 
kimyoviy tajribalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma, 
malakalarni rivojlantirish, shuningdek, tajribalar natijasiga ko‘ra ilmiy xulosalar bera olish 
malakalarini hosil qilish, tabiatga va atrof-muhitga nisbatan ijobiy fazilatlarni shakllantirishdan 
iboratdir. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishda asosiy tarbiyaviy vazifalar 
o‘quvchilarda quyidagilarni shakllantirishdan iborat: 
·o‘z xalqining tarixiy an’analariga sodiq bo‘lish; 
·yashab turgan muhitini e’zozlash; 
·mahalliy sharoitda mavjud bo‘lgan tabiiy boyliklarni qadrlash va tejab-tergab 
foydalanish; 
·kelajakda o‘z xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qilish; 
· ekologik e’tiqodni hosil qilish; 
·bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini shakllantirish
·moddalar, kimyoviy jihozlar bilan ishlashda, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda 
mehnat havfsizligi qoidalarini bilish; 
·kundalik hayotda kuzatiladigan kimyoviy hodisalarning mohiyatini bilish va tegishli 
xulosalar chiqara olish; 
·darsliklar, qo‘llanmalar va turli xildagi ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalana bilish 
va tegishli xulosalar chiqara olish. 
Maktab kimyo kursi anorganik va organik kimyolarga bo‘linadi. O‘quv materialinining 
xajmi va murakkabligini optimallashtirish hamma e’tirof qilgan mezonlari ishlab chiqilmoqda. 
Masalan Y.K.Babanskiy quyidagi mezonlarni tavsiya etadi: 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling